So’nggi yangiliklar

22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  16 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1 22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0 22:26СПЛ. Роналдусиз "Ал Насср" "Ал Файҳа"ни енгди. Садио Манедан дубль  0 21:40Ўқинг, қизиқ! Максим Саррафнинг онаси ПФЛдан миннатдорлигини билдирди  6 21:40"Сирдарё ФА" бош мураббийи: "Кубок ўйинлари биз учун тажриба мактаби бўлаяпти"  1 21:25"Дўстлик" бош мураббийи Шуҳрат Қурбонов: "Ўзгаришларсиз футбол бўлмайди"  0 21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  8 20:44Муҳсин Низомиддинов: «Ҳар икки жамоани ажойиб ўйин билан табриклайман»  0 20:32Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон иккинчи турда Ироқни мағлуб этди  7 20:30Максим Шацких: "Захирада деярли ёш болалар ўтиришди"  6 20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  1 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  22 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  8 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1

ECHL. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda "Liverpul" "Atletiko"ni safarda taslim etdi Yangiliklar

ECHL. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda "Liverpul" "Atletiko"ni safarda taslim etdi

Evropa CHempionlar ligasining "B" guruhidan o'rin olgan "Atletiko" - "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi.

"Atletiko" — "Liverpul" 2:3
Gol:
0:1 – 8 Salax, 0:2 – 13 Keyta, 1:2 – 20 Grizmann, 2:2 – 34 Grizmann, 2:3 – 78, penalti Salax.

Atletiko – Oblak, Tripper, Kondogbia, Felipe, Ermoso, Karrasko, Koke, de Paul, Lemar, Grizmann, Joau Feliks.

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Milner, Xenderson, Keyta, Firmino, Salax, Mane.


YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI. "LIVERPUL" QIYINCHILIK BILAN "ATLETIKO" USTIDAN G'ALABA QOZONDI.

90+6. Niko Uilyamsning zarbasi noaniq ketdi.

90+5. Suares hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

90+3. ZARBA! "Atletiko" xavfli hujum uyushtirdi hamda to'p markazda turgan Korreaga kelib tushdi. U esa klubning so'nggi umidlaridan birini puchga chiqardi.

90+2. Mehmonlar tarkibida o'zgarish: Saloh o'rniga Uilyams maydonga tushdi.

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. "Atletiko" o'n kishi bo'lib oldinga tashlanmoqda, "Liverpul" esa qarshi hujum paytini poylayapti.

85. "Liverpul"da o'zgarish: Aleksander-Arnold o'rniga Jo Gomes o'yinga qo'shildi.

81. Endi "Liverpul" darvozasi tomon penalti belgilandi. Hakam VARda ko'rib chiqdi va uni bekor qildi.

81. "Atletiko"da o'zgarishlar:Korrea Joau Feliksni, Suares Lemarni, Lodi de Paulni, Lorente Ermosoni almashtirdi.

78. GOOOOOOOLLLLLLLLL!!! SALOH PENALTINI ANIQ AMALGA OSHIRDI!!! OBLAK YO'NALISHNI TOPA OLMADI.

76. PENALTI! "Atletiko" darvozasi tomon hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Ermoso jarima maydoni ichida osmonga qarab ketayotgan Jotani yiqitdi.

72. Karrasko chap qanotdan oldinga borib Felishni qulay vaziyatga chiqarishi mumkin edi, "qizillar" mudofaasi madridliklarni zararsizlantirdi.

69. "Liverpul" hujumini raqib himoyachilari bartaraf etdi. Burchakdan uzatilgan to'pga Firmino zarba berdi, ammo o'xshamadi.

63. Aleksander-Arnold raqibiga qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

63. "Liverpul"da ikki o'zgarish: Jota Manening o'rniga, Oksleyd-CHemberlen esa Milner o'rniga maydonga tushirildi.

60. ZARBA! Jarima zarbasi evaziga amalga oshirilgan kombinaciya natijasida madridliklarning zarbasi noaniq ketdi.

59. "Liverpul"da ogohlantirish: Milner qo'pollik uchun jazolandi. Madrid tarafdorlari qizil kartochka talab qilishmoqda.

57. Robertson yaqin masofadan kuchli zarba berdi, biroz noaniq.

55. "Liverpul" bir kishi ko'p qolgach, jonlandi. Jamoa burchak zarbasi ishlab oldi.

Franciyalik futbolchi butsasining tishlari bilan Firminoning boshiga zarba berib yubordi. Grizmann uning dumaloq boshini to'p deb o'yladi, shekilli. Bugun Grizmanning olmagan narsasi qolmadi. 

52. QIZIL KARTOCHKA! GRIZMANN MAYDONDAN CHETLATILYAPTI. 

49. XAVFLI VAZIYAT!!! Qarshi hujumdagi kombinaciya natijasida Karrasko darvozabon bilan birga-bir chiqib bordi hamda zarba yo'lladi. Alisson yana jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

45. Ikkala jamoada o'zgarish: Fabino Keytaning, Ximenes esa Kondogbia o'rniga maydonga tushdi.

BIRINCHI BO'LIM STATISTIKASI

To'pni egallab turish: 30-70

Zarbalar: 5-3

Aniq zarbalar: 4-2

Seyvlar: 0-2

Burchak zarbasi: 1-0

Jarima zarbalari: 3-4

Birinchi taymning esda qolarli lahzalari

Budilnik.

Kataloniyada oh urgancha, Madridda shoh bo'l.

Bu lahzalarni ko'rmaganim yaxshiroq.

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI! Dastlabki taymda bir o'yinga tatigulik dahshatli shou guvohi bo'ldik.

45. Uchrashuvga ikki daqiqa qo'shib berildi.

42. "Liverpul" futbolchilarining o'zi uchinchi golni raqibga sovg'a qilishiga bir bahya qoldi. Yaxshiyamki, to'p Alissonga qaytib keldi.

40. Grizmann xet-trikni rasmiylashtirishi mumkin edi. CHap qanotdan oldinga borib, darvoza tomon zarba berdi, posbon qiyinchilik bilan to'pni egallab oldi.

Mezbonlarning ikki o'yinchisi "Liverpul" himoyasini tilka-pora qilib tashladi. Feliksning ajoyib reydi natijasidan so'ng to'pni qabul qilib olgan Antuan bir harakat bilan Van Deykdan qochib ketib zarba yo'lladi hamda Alissonni peshonasini tirishtirishga majbur qildi.

34. GGGOOOOOOLLLLLLLL!!! GRIZMANNNNNNNNNN!!!!! DUBL!!!

33. Mehmonlar yana bir jarima zarbasini ijro etishdi, bosh bilan yo'llangan zarbani Oblak ushlab oldi.

30. "Liverpul" futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. Jarima zarbasi naf bermadi.

O'yin shunchalik shiddatli kechyaptiki, yozishga ulgurolmay qolyapmiz.

27. Alisson!!! Qarshi hujum natijasida Grizmann Alisson bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq uning zarbasi yo'liga braziliyalik posbon to'g'anoq bo'ldi.

VAR vaziyatni tekshirdi va golni inobatga oldi.

Burchak to'pi natijasida Lemar raqib himoyachisini yosh bolani aldagani singari dog'da qoldirib, pas uzatdi, himoyachilar uni bartaraf etishga urindi, jarima maydoni tashqarisidan "matraschilar" futbolchisining zarbasini Antuan oyog'i bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi.

20. GOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL! HISOB QISQARDI!!! GRIZMANN!!!

18. "Atletiko"ga uyquni qochiradigan, "Liverpul" futbolchilariga esa citramon talab etilmoqda.

Arnoldning o'ng qanotdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytaraman deb Keytaning oyog'iga qulay pasni amalga oshirdi. Nabi esa bunday tuhfani chiroyli golga aylantirdi.

13. GOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Birinchi golni hazm qilolmay turib, madridliklar ikkinchisini qabul qilib oldi. KEYTA!!!!!

O'ng qanotda to'pni qabul qilib olgan Muhammad ikki-uch futbolchini ortda qoldirib, o'z uslubida zarba yo'lladi, to'p yo'l-yo'lakay Milnerning oyog'iga tegib yo'nalishini o'zgartirgan holda darvoza to'ridan o'rin oldi. Gol Milner nomiga yozildi.

8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLL! MILNER!!!!!!

5. To'p nazorati bugungi uchrashuvni sariq libosda o'tkazayotgan mehmonlarga o'tdi.

3. "Liverpul" ham faollikni oshirdi, ammo so'nggi pas borasida noaniqliklarga duch kelishmoqda.

1. Mezbonlar shiddatli hujum bilan o'yinni boshlashdi.

1. Uchrashuvni mehmonlar boshlab berishdi.

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

Saloh maktabda jismoniy tarbiyadan beshga o'qiganligi ayon bo'lmoqda.

Bugungi uchrashuvni Daniel Zibert boshchiligidagi germaniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Lasse Kozlovski hamda Rafael Foltin ko'maklashib borishadi. Zaxira hakami sifatida Sven Yablonski ishlaydi.

Madridliklar "qo'riqchisi esa to'p tugul pashshaniyam o'tkazmayman degan fikrda maydonga chiqqan bo'lsa, ajabmas.

"Atletiko"ni bugungi uchrashuvda mag'lub eta olasizlarmi degan savolga Yurgen Kloppning reakciyasi


Uchrashuvga oid statistika bilan tanishishingiz mumkin:

"Atletiko" so'nggi 11 uchrashuvning 9 tasida mag'lub bo'lmagan

"Atletiko" "Liverpul"ga qarshi so'nggi 7 bahsning 6 tasida yutqazmagan

"Liverpul" so'nggi 11 o'yindan beri imkoniyatni boy bermay kelyapti

"Atletiko" oxirgi 5 o'yinning har birida o'rtacha 0,60 tadan gol o'tkazib yubormoqda

"Atletiko" oxirgi 5 o'yinning har birida o'rtacha 1,20 tadan gol urmoqda

"Atletiko" "Liverpul"ga qarshi so'nggi 7 uchrashuvdan buyon gol urmoqda

"Liverpul" oxirgi 5 o'yinning har birida o'rtacha 1,20 tadan gol o'tkazib yubormoqda

"Liverpul" oxirgi 5 o'yinning har birida o'rtacha 3,60 gol urmoqda

"Liverpul" so'nggi 11 o'yinda gol urgan

Oxirgi 7 bahsning 4 tasida "matraschilar" zafar quchgan, bor-yo'g'i bir uchrashuvda "qizillar"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 2 o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.


Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Navbatdagi uyqusiz 90 daqiqa davomida qiziqarli uchrashuv guvohi bo'lamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика