So’nggi yangiliklar

16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  0 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  3 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  16 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  10

"CHelsi" – CHempionlar Ligasi g'olibi! Yangiliklar

"CHelsi" – CHempionlar Ligasi g'olibi!

CHempionlar Ligasi hal qiluvchi bellashuvi matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

Manchester Siti – CHelsi 0:1  

«Dragau»

Gol: Xaverc 42'

Manchester Siti – Ederson, Stounz, Ruben Diash, Uoker, Zinchenko, Foden, Bernardu Silva (Fernandino, 64), Sterling (Aguero, 76), de Bryuyne (Gabriel Jezus, 60), Mahrez, Gyundogan.

CHelsi – Mendi, CHiluell, Jeyms, Ryudiger, Aspilikueta, Maunt (Kovachich, 80), Jorjino, Xaverc, Kante, Tiago Silva (Kristensen, 39), Verner (Pulishich, 66).

Ogohlantirishlar: Gyundogan (34), Ryudiger (57), Gabriel Jezus (88).

Bahs yakunlandi. "CHelsi" muxlislarini tabriklaymiz! Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi uchrashuvlarda g'oyibona ko'rishguncha!

90+7. Uuuuuux!  Mahrezning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Dahshat!

90+3. "Manchester Siti"ning ketma-ket uzatmalari "CHelsi" himoyachilari tomonidan uzoqlashtirilmoqda. 

Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

88. Gabriel Jezus qo'pollik uchun sariq kartochka oldi. 

85. Agueroning uzatmasiga Mendi egalik qildi. 

82. Jorjinoning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. Erkin zarba.

80. "CHelsi"da o'zgarish: Maunt o'rniga Kovachich o'yinga qo'shildi.

77. Serxio oxirgi o'yinida "shaharliklar"ga yordam bera olarmikan?!

76. "Manchester Siti"da o'zgarish: Sterling o'rniga Aguero maydonga tushdi. 

73. Uuux!  Kay Xaverc ajoyib texnikasini namoyish qilib, Pulishichni qulay poziciyaga olib chiqdi, uning zarbasi esa darvozaga aniq bormadi. 

71. Hammasi joyida, jarohat mavjud emas. Aspilikueta maydonga qaytdi.

70. O'yinda "pauza". Aspilikuetaga tibbiy yordam zarur.

68. "Man Siti"da dahshatli hujum!  Mahrezning pasini jon-jahdi bilan to'pga intilgan Aspilikueta qaytardi. 

66. "CHelsi"da o'zgarish: Verner o'rniga Pulishich maydonga tushdi.

64. "Manchester Siti"da almashtirish: Bernardu Silva o'rniga Fernandino tushirildi.

62. Vaziyat VARda ko'rildi va penalti yo'qligi malum qilindi.

61. Ris Jeyms jarima maydoni ichida to'pni qo'l bilan o'ynagandek tuyuldi, ammo hakam o'yinni davom ettirish lozimligini, penalti yo'qligini aytdi.

60. Pep Gvardiola majburiy o'zgarishga qo'l urdi: Kevin de Bryuyne o'rniga Gabriel Jezus o'yinni davom ettiradi.

57. Antonio Ryudiger ogohlantirildi. 

56. Kevin De Bryuyne to'qnashuvda jarohatlandi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

54. Gyundogan Xavercga nisbatan qoidani buzishga majbur bo'ldi. 

52. "CHelsi" to'pga egalik qilmoqda, "Siti" esa kichik bosimni tashkil qilmoqda.

49. Kayl Uoker ichkariga pas uzatdi, Eduar Mendi uni egallab oldi.

48. Ilkay Gyundogan olis masofadan jarima zarbasini ijro etdi, himoyachilardan biri xavfni bartaraf qildi.

47. Aspilikueta de Bryuynega nisbatan juda qo'pol o'ynadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+2. Timo Verner to'xtatmasdan zarba berdi, ammo bu raqib posboniga xavf tug'dirmadi, aniqrog'i, zarba aniq chiqmadi.

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

42. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Mauntning qoyilmaqom pasidan keyin Xaverc darvozabonni aldab, gol urdi – 0:1!

39. "CHelsi"da o'zgarish: Tiago Silva o'rniga Kristensen tushdi. 

39. Afsuski, Tiago Silva bahsni davom ettira olmasligi malum bo'ldi. 

37. Tiago Silva ozroq oqsoqlandi, biroq o'yinni davom ettira oladi. 

36. O'yinda kichik tanaffus yuzaga keldi. Futbolchilar suv ichib olishmoqda. 

34. Mauntni yiqitgan Ilkay Gyundoganga sariq kartochka ko'rsatildi. 

33. O'yin biroz tin oldi. "CHelsi" to'pga egalik qilyapti, "Siti" esa uni olib qo'yish harakatida. 

30. Dahshat!  Qanday pas!  Uoker o'ng qanot orqali markazda turgan Mahrezga qulay pas taqdim etdi, ammo Riyad buni kutmagani bois to'p o'tib ketdi.

27. Uuuux!  Fodenning zarbasi yo'liga Ryudiger o'z vaqtida to'g'anoq bo'ldi, to'p Mendida. 

23. Ris Jeyms to'pni kuchli tarzda ichkariga oshirdi, Stounz bunga qarshi chiqdi.

21. De Bryuynening erlatib bergan pasini himoyachilar qaytirishdi, lekin bu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etildi, Kevin ofsaydda bo'lgan ekan. 

19. Verner o'yin boshlanganidan buyon 3 ta turlicha vaziyatga ega bo'ldi, hozircha samarasiz.

17. Zarba!  Kantening bosh bilan bergan zarbasi o'ng ustun yonginasidan o'tib ketdi.

15. Zarba!  Timo Vernerning darvoza tomon yo'llagan zarbasi rikoshet orqali yo'nalishini o'zgartirib, biroz noaniq ketdi.

14. Verner!  Mauntning qulay pasidan keyin Verner biroz noqulay ravishda zarba berdi, zarba kuchsiz chiqqani bois Ederson qiynalmadi.  

13. Benjamin CHiluell ofsaydda qolib ketdi, yaxshi vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi...

12. Gyundogan maydon markazida Mauntni qoidani buzish evaziga to'xtatib qoldi. 

10. Uuuux!  Sterlingning xavfli pasini CHiluell o'z vaqtida qaytara oldi. 

8. Edersonning fantastik uzatmasi Sterlingni deyarli birga-bir holatga olib chiqdi. Darvozabon oldinga chiqib kelib, xavfni bartaraf qildi.

7. Kayl Uoker Tiago Silvaga nisbatan qoidani buzdi.

4. Xavfli vaziyat!  Kay Xavercning uzatmasiga Ederson birinchi bo'lib ega chiqdi.

2. CHiluell Mahrezga nisbatan qo'pollik ishlatdi, LAos hushtagini chaldi.

1. O'yinga start berildi!  Qani kettik!

Stadion "yonmoqda"!

CHigil yozdi mashg'ulotlardan suratlar

"SHalpangquloq"ni kim qo'lga kiritadi?

O'yinni qaerdan turib va kim bilan birga tomosha qilyapsiz?

- Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari! Bugun Evropa CHempionlar Ligasi finalida ikki Angliya klubi o'zaro to'qnash keladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика