So’nggi yangiliklar

22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  4 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  3 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  38 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  29 20:43Париж-2024. Аргентина Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол эвазига мағлубиятдан қутилиб қолди  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  0 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  373 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  3 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6

ECHL. Final: PSJ – “Bavariya”. “SHalpangquloq” kimga nasib etadi? (prevyu) Yangiliklar

ECHL. Final: PSJ – “Bavariya”. “SHalpangquloq” kimga nasib etadi? (prevyu)

To'qnashuv oldidan batafsil.

23 avgust. 23:59 (Toshkent vaqti). CHempionlar Ligasi. Final. Lissabon. "Eshtadiu Da Luj"

Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)

Aslida jamoalar avgust oyi oxirida odatdagidek, yozgi transfer bitimlarini yakunlashga shoshilishardi, mavsumoldi tayyorgarliklar yakunlanib, CHempionlar Ligasining saralash bosqichi o'yinlari boshlanardi. Ammo, bugungi kunda hammasi boshqacharoq... Bizni oldinda o'tgan mavsumning asosiy uchrashuvi – FINAL kutmoqda. Koronavirus pley-off o'yinlari formatini o'zgartirishga va jamoalarni neytral hudud bo'lmish Portugaliyaga yig'ishga majbur qildi.

Final ishtirokchilari o'zlarining orzulari yo'lida qiziqarli yo'lni bosib o'tishdi. Yarim final oldidan mavsumning asosiy jangi – nemislar o'rtasida yoki francuzlarning o'zaro bellashuvi ostida kechishini kutganlar ham bo'ldi, ammo bunday bo'lib chiqmadi. Barchasi yanada go'zalroq va ko'pchilik istaganidek o'tadigan bo'ldi.

44 yil ichida birinchi marta Franciya va Germaniya klublari CHempionlar ligasi finalida to'qnash kelishadi. SHubhasiz, PSJ va "Bavariya" hozirda o'z mamlakatlaridagi eng yaxshi klublardir.

Final yo'lida

PSJ turnirda "Real", "Bryugge" va "Galatasaroy" bilan bir guruhdan joy oldi va to'rtta g'alaba bilan start oldi: "qaymoqranglilar" uyda mag'lubiyatga uchratildi (3:0) va boshqa raqiblardan bitta ham gol o'tkazib yuborilmadi. Tomas Tuxel shogirdlarining guruh bosqichidagi "qoqilishi" faqat 5-turda, Madriddagi uchrashuvda (2:2) sodir bo'ldi – durang, ammo bu guruh etakchiligi o'rniga o'z tasirini o'tkazmadi. 

SHunga qaramay, Parij klubi pley-offning birinchi turida ancha ter to'kishiga to'g'ri keldi – "Borussiya D" bilan duel oson kechmadi. Dortmundda francuz klubi 1:2 hisobida engildi, Erling Xolandning dubli "Borussiya"ga g'alaba keltirdi. Javob bahsida Neymar va uning jamoadoshlari 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qildilar. Xabaringiz bor, undan keyin yakkalik bahslar boshlanib ketdi. Dastlab, chorak finalda "Atalanta" bilan o'yinda qiyin g'alabaga erishildi, yarim finalda esa o'yin sifati yuqori plankaga chiqib, "Leypcig" yirik (3:0) hisobda taslim qilindi.

"Bavariya" bu yil hech qanday xatoga yo'l qo'ymaydi. Ko'pgina statistikalar bo'yicha CHempionlar Ligasida shunchaki "Bavariya"dan yaxshiroq jamoa yo'q. "Bavariya" guruh bosqichida mukammal natijaga erishdi (raqiblar "Crvena Zvezda", "Olimpiakos" va "Tottenxem"): 6 ta o'yin - 6 ta g'alaba! SHulardan 3 tasi o'ta yirik hisobda. Dahshat! "Bavariya""Tottenxem"ga umumiy 10 ta, "Crvena Zvezda"ga 9 ta, "Olimpiakos"ga 5 ta gol urdi. Bu hazil emas.

Nimchorak finalda "CHelsi" ikki o'yin natijasiga ko'ra 7:1 hisobida mag'lubiyatga uchratildi, keyin chorak finalda "Barselona" tor-mor keltirildi - 8:2!  Yarim finalda esa "Lion" ustidan ishonchli g'alabaga erishildi - 3:0.

PSJ - "Bavariya": voqealar jangi 

Umuman olganda, ushbu jamoalarning qarama-qarshiligini biron bir tarixiy yoki haddan tashqari principial deb nomlab bo'lmaydi. Hozirgacha raqiblar 8 marta to'qnash kelishgan va Parij tomoni 2 ta ko'proq g'alabaga ega (90-yillarda qo'lga kiritilgan). To'g'ri, ular yaqindagina CHempionlar Ligasi guruh bosqichida uchrashishdi – ikki yil oldin, PSJdan uchralgan mag'lubiyat (0:3) Karlo Anchelotti uchun qimmatga tushdi, ammo Yupp Xaynkes tufayli "Bavariya" o'ziga xos qasos olishga muvaffaq bo'ldi (3:1).

Avvalo, bu Tomas Tuxel uchun juda qiyin sinov. Nemis mutaxassisi "Maync" va "Borussiya"dagi faoliyati davomida "Bavariya"ni xafa qila olgan paytlar bo'lgan. Hatto, u 2018 yilda "Bavariya" bosh murabbiyi lavozimiga eng yaxshi nomzodlardan biri edi, ammo Dortmundda uning obro'si bir oz pastlagani tufayli Myunxen klubi rahbariyati bu tanlovdan shubhalanib qoldi... "Bavariya" juda uzoq o'yladi va Tuxel PSJ bilan kelishuvga erishdi. Natijada, mana ko'rib turibsiz, Parij klubi Tomas bilan ilk bor finalga chiqdi.

Faqat murabbiydagina qo'shimcha motivaciya mavjud emas, chunki "Bavariya"ning sobiq o'yinchisi Xuan Bernat ishtiyoq bilan Parijga yo'l oldi – "Bavariya" prezidenti Uli Xyonessning aytishicha, jamoa ispaniyalik tufayli CHempionlar Ligasidan chiqib ketishi mumkin edi. Endilikda Bernat PSJda o'zini namoyon qilmoqda, u "Leypcig"ga gol urdi va umumiy 6 ta golidan 5 tasini aynan CHempionlar Ligasida urgan. Balki Manuel Noyer qo'riqlayotgan davrozaga to'p kiritish u uchun juda muhim ahamiyat kasb etar. Yana kim bilsin.

"Pari Sen-Jermen" hech qachon CHempionlar Ligasi finalida o'ynamagan. Parij o'z tarixidagi asosiy uchrashuvga boradigan yo'lda Germaniyaning ikki jamoasi - “Borussiya” Dortmund i “RB Leypcig”ni mag'lub etdi. Endi esa Bundesliganing yana bir klubi Parij jamoasining CHempionlar Ligasidagi tarixiy g'alabasiga to'sqinlik qilishi mumkin.

Finaldagi favorit - shubhasiz, "Bavariya". Nega deysizmi? "Bavariya" 2020 yilda bo'lib o'tgan 26 o'yinning 25 tasida g'alaba qozongan.

Taxminiy tarkiblar

“Pari Sen-Jermen”: Navas – Kerer, Tiago Silva, Kimpembe, Bernat – Verratti, Markinos, Errera – Di Mariya, Neymar, Mbappe

“Bavariya”: Noyer – Kimmix, Boateng, Alaba, Devis – Gorecka, Tiago – Perishich, Myuller, Gnabri – Levandovski

Murabbiylar fikri 

Tomas Tuxel (PSJ bosh murabbiyi): "Hozirda "Bavariya" aql bovar qilmas darajadagi seriyaga ega. Bu jamoada yosh, tirishqoq va tajribali futbolchilar jamlangan. Men Navas bilan juda ko'p suhbatlashaman (sobiq turnir g'olibi sifatida). Bizda shuningdek, ushbu musobaqada g'olib chiqqanlardan di Mariya va Neymar ham bor.  "Bavariya" bir oz ustunlikka ega ekanligiga qo'shilaman, chunki ular bunday finallarda o'ynashga odatlanganlar. Biroq bu hal qiluvchi omil bo'lmaydi".

Xans-Diter Flik ("Bavariya" bosh murabbiyi): "Biz o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Hamma rejalarimiz 100 foiz ish bersa, bu o'yinda g'alaba qozona olamiz. PSJ CHempionlar Ligasida atigi beshta gol o'tkazib yubordi - bu turnirning barcha ishtirokchilaridan kam . Bu shuni anglatadiki, ularning himoya chizig'i vakillari hujumchilari kabi yaxshi o'ynaydi. Bizda o'yin uchun reja bor va finalda buni bajara olamiz degan umiddaman".

Raqamlar va faktlar 

- "Bavariya" CHempionlar Ligasidagi har bir o'yinda o'rtacha 4,2 ta gol uradi. Myunxenliklar jami 42 ta gol urishdi, bu 1999/2000 yilgi "Barselona"dan uchtaga kam (45). PSJ joriy mavsumda 25 ta golga ega.

- Levandovski Ronaldudan keyin CHempionlar Ligasida ketma-ket 9 o'yinda gol urgan birinchi futbolchiga aylandi. Polshalik hujumchi CHempionlar Ligasida hammasi bo'lib 15 ta gol urgan bo'lsa, Serj Gnabri 9 ta golga mualliflik qildi.

- “Bavariya” – “Pari Sen-Jermen” Evropa tarixidagi to'rtinchi nemis-francuz finali bo'ladi. Uchtasida Germaniya jamoalari g'alaba qozonishgan.

- 22 yil ichida birinchi marta ikki milliy chempion finalda bahslashadi.

- "Bavariya" va "Pari Sen-Jermen" oxirgi marta 2017/18 yilgi CHempionlar ligasining guruh bosqichida uchrashishgan. Yuqorida takidlaganimizdek, Parijda uchralgan 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, "Bavariya" Karlo Anchelottini ishdan bo'shatgan. Javob o'yinida Myunxenliklarning qo'li baland kelgan – 3:1.

- Tomas Tuxel "Maync" va "Borussiya" Dortmund bosh murabbiyi sifatida "Bavariya"ga qarshi 17 marta shogirdlarini maydonga boshlab tushgan. Uning ko'rsatkichi – besh g'alaba, ikki durang, o'n mag'lubiyat.

Jamoalarning finallardagi ishtiroki 

PSJ ilk marta CHempionlar Ligasi finaliga chiqdi. Parijliklar Evrokuboklarning 41-finalchisiga aylanishdi va uning 23-sohibiga aylanishlari mumkin. Francuzlar uch marta Evropa kubogi uchun kurashda ishtirok etgan bo'lib, faqat bittasida g'alaba qozonishgan:

1997 yili Kubok egalari kubogi - "Barselona" bilan 0:1

1996 yili UEFA Superkubogi. "Yuventus" bilan umumiy 2:9 (uyda - 1:6, mehmonda - 1:3)

1996 yili Kubok egalari kubogi - "Rapid" bilan 1:0

"Bavariya" oltinchi marta kubokni yutishi va bu orada "Liverpul"ga etib olishi mumkin. Ko'proq g'oliblik faqat "Real" (13) va "Milan" (7) hisobida mavjud. "Bavariya"ning Evropa CHempionlari Kubogi/CHempionlar Ligasi finallaridagi statistikasi - 5 g'alaba, 5 mag'lubiyat:

1974 yil: "Atletiko"ga qarshi 4:0 (1:1 hisobidagi durangdan keyin takroriy o'yin o'tkazilgan)

1975 yil: "Lids"ga qarshi 2:0

1976 yil: "Sent-Eten"ga qarshi 1:0

1982 yil: "Aston Villa"ga qarshi 0:1

1987 yil: "Portu"ga qarshi 1:2

1999 yil: "Manchester Yunayted"ga qarshi 1:2

2001 yil: "Valensiya"ga qarshi 1:1 (penaltilar bo'yicha g'alaba - 5:4)

2010 yil: "Inter"ga qarshi 0:2

2012 yil: "CHelsi"ga qarshi 1:1 (penaltilar bo'yicha mag'lubiyat - 3:4)

2013 yil: "Borussiya" Dortmundga qarshi 2:1

Muallif taxmini: Ushbu hal qiluvchi o'yin mavsumdagi eng qiziqarlisi bo'lsa kerak.  Har ikki jamoaning hujum chizig'i vakillariga gap bo'lishi mumkin emas. Hech bir mubolag'asiz aytish mumkinki, dunyo futbolining nomdor forvardlari bugun o'zlarini namoyon etadilar. Demak, umumiy qilib aytganda, himoyada kim yaxshiroq o'ynasa, shu jamoa finalni yuta oladi. Barcha faktorlarni inobatga olgan holatda "Bavariya"ning g'alabasini kutmoqdaman.  Eng asosiysi, chiroyli va gollarga boy o'yin kutib qolaman. Umid qilamanki, ushbu final ECHL tarixidagi eng yaxshilaridan biri sifatida tarix zarvaraqlaridan joy egallaydi. Oylayn matnli translyaciyada g'oyibona ko'rishguncha!  

SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика