So’nggi yangiliklar

03:00Суперлига-2024. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари   1 02:30Евро-2024 1/4 финал. Нидерлания - Туркия 2:1, Турклар мусобақадаги ўнинчи автоголни уришди  1 02:00Евро-2024 1/4 финал. Англия - Швейцария 1:1 (пенальтилар 5:3), Пикфорднинг "шпаргалка"си Англияни кейинги босқичга олиб чиқди  0 01:55Евро-2024. Нидерландия ирода кўрсатиб,Туркияни мағлубиятга учратди! Ярим финалдаги рақиб – Англия  49 01:43Максим Шацких: "Биринчи даврада қайд этган натижаларимиздан кўнглим тўлди. Иккинчи даврада янада кучлироқ бўламиз"  2 01:41"Ал Ҳилол" 130 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр!  1 01:25Неъматилло Қуттибоев: "Биринчи бўлим тенг курашлар остида кечди. Жамоалар ўртасидаги даража учрашув тақдирини ҳал қилди"  2 01:11Виталий Левченко: "Футболдаги ҳаёт шунақа, ҳеч ким учун доимий жой кафолатланмайди"  2 00:56Иван Бошкович: "Жамоада мувозанатни ушлашимиз керак"  1 00:25Ўзбекистон кубоги. “Арал” - “Пахтакор” 0:1  0 00:15Ўзбекистон кубоги. “Сўғдиёна” - “Нефтчи” 1:0, Захирадан тушган Ҳошимов 20 оснияда гол урди  2 23:40Евро-2024. Англия Швейцарияни пенальтилар сериясига кўра мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди!  63 23:26Ван де Бек испан клубига ўтадими?  0 23:06Ўзбекистон кубоги. "Сўғдиёна" экстра таймларнинг 112-дақиқасида урилган гол эвазига "Нефтчи"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  34 22:26Ўзбекистон Кубоги. Умар Адҳамзоданинг сўнгги дақиқаларда урган голи "Пахтакор"га "Арал" устидан ғалаба келтирди  72

ECHL. Benzema bu safar "CHelsi"ni tiz cho'ktirdi Yangiliklar

ECHL. Benzema bu safar "CHelsi"ni tiz cho'ktirdi

Teglar :  Karim BenzemaECHL
Yana bir necha daqiqadan keyin ECHL chorak finalidan o'rin olgan "CHelsi" - "Real" bellashuvi bo'lib o'tdi.

"CHelsi" Angliya – "Real" Ispaniya
7 aprel, 00.00, "Stemford Brij"
Gollar
: 0:1 – 21 Benzema, 0:2 – 24 Benzema, 1:2 – 40 Xavertc, 1:3 – 46 Benzema.

"CHelsi" – Mendi, Djeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Kovachich, 46), Aspilikueta, Jorjino (Loftus-CHik, 64), Kante (Ziesh, 46), Pulishich (Lukaku, 64), Maunt, Xavertc.

"Real Madrid" – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao (Nacho, 64), Mendi, Modrich, Kroos (Kamavinga, 74), Kazemiro, Valverde (Sebalos, 86), Benzema (Beyl, 86), Vinisius Junior.

Ogohlantirishlar: Militao (14), Ryudiger (19).

Chelsea

Kai Havertz - 40'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

07/04/2022, 00:00

3
:
1
Tugadi

Real Madrid

Karim Benzema - 21', Karim Benzema - 24', Karim Benzema - 46'

Stadion: Stamford Bridge, 38689 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
19'  Antonio Ruediger
40'  Kai Havertz
40'  Jorginho
46'  Andreas Christensen (Mateo Kovacic)
46'  N'Golo Kante (Hakim Ziyech)
64'  Jorginho (Ruben Loftus-Cheek)
64'  Christian Pulisic (Romelu Lukaku)
14'  Eder Militao
21'  Karim Benzema
21'  Vinicius Junior
24'  Karim Benzema
24'  Luka Modric
46'  Karim Benzema
64'  Eder Militao (Nacho Fernandez)
74'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)
86'  Karim Benzema (Gareth Bale)
86'  Federico Valverde (Daniel Ceballos)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


90+6-daqiqa. Bo'ldi, "Real"ning hujumi yakuniga etgach, hakam final hushtagini chaldi. Javob uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadigan "Real" o'zi uchun ancha qulay sharoit yaratib oldi.  

90+5-daqiqa. Hakam Vinisiusga nisbatan qoida buzildi deb topdi. Kovachich tabiiyki bunday qarordan norozi.   

90+3-daqiqa. Lukaku to'pni egallab, zarba berishga tayyor turgan Xakim Zieshga tashlab berdi, lekin yarim himoyachining zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.  

90+1-daqiqa. Nacho va Kay Xaverc to'p uchun kurashda to'qnashib, maydonga yiqilib tushishdi. Germaniyalik futbolchi jamoasi mag'lub bo'layotgani sababli ham tezroq o'rnidan turdi. Nacho esa hech qayoqqa shoshilmaydi.  

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi!

90-daqiqa. Ryudigerning jarima maydonchasidagi Lukakuga uzatgan to'pi hech kimga tegmay, maydonni tark etdi.  

89-daqiqa. Uzatmadagi xato tufayli "CHelsi" to'pni yo'qotdi va Karvaxal uni yon chiziqdan o'yinga kiritishga shoshilmayapti.  

87-daqiqa. Standart vaziyat. Ris Jeyms to'p oldida. Biroq uning uzatmasi qovushmadi va Kurtua osonlik bilan to'pni egallab olmoqda.  

86-daqiqa. O'zgarishlarKarim Benzema o'rnini Garet Beylga, shundoq ham jarohati sabab maydonni tark etgan Valverde esa Dani Sebalosga bo'shatib berdi.

85-daqiqa. Federiko Valverde maydonda yotgani sababli o'yin to'xtatildi va shifokorlarga murojaat qilindi.  

83-daqiqa. Kurtuadan seyv! Ris Jeyms imkon topib, kuchli zarbasini ishga soldi va belgiyalik posbon o'z o'rnida.  

Nacho ortiqcha o'ylab o'tirmay, to'pni imkon qadar uzoqqa tepib yubordi.  

82-daqiqa. Vinisius to'pni raqibga sovg'a qildi va hujum uzilib qoldi.

80-daqiqa. Maunt bir raqibini dog'da qoldirdi va zarba berdi, lekin keyingi futbolchi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Valverde esa sodda, ammo ishonchli o'ynab, to'pni uzoqlashtirdi.  

78-daqiqa. O'yin oxirlab borarkan "CHelsi" tobora ko'proq futbolchi bilan hujumga o'tmoqda. Buning oqibatida qarshi hujum uchun bo'sh zonalar paydo bo'lmoqda. To'p markazda uzoq ushlanib qolmayapti.   

75-daqiqa. Hujumda fol qayd etildi. Aspilikueta havodagi kurashda Karvaxalning biqiniga zarba berib yubordi.   

74-daqiqa. O'zgarish! Toni Kroos uchun bugungi bahs yakunlandi. Maydonga Eduardu Kamavinga o'yinga qo'shildi.  

73-daqiqa. Bosim ostida qolgan Mendi sal qolsa yana "qovun tushirardi", lekin himoyachilar yordamga etib kelishdi.   

Burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llaydigan "aristokrat" topilmadi. Xaverc va Silva kelisha olishmadi. 

71-daqiqa. Xavercdan yana bir zarba va Karvaxal to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

70-daqiqa. Mauntdan yaxshi zarba, lekin biroz noaniq.  

69-daqiqa. Jarima maydonchasi markazida yolg'iz o'zi qolib ketgan Romelu rikoshet tufayli o'ziga kelgan to'pni darvozaga yo'llay olmadi va o'ta qulay imkoniyatni havoga sovurdi. 

68-daqiqa. Lukaku havodan yo'llangan to'pga eta oldi, ammo nishonni aniq ola bilmadi.  

66-daqiqa. "Real"ning hujumida ish zarbagacha etib bormadi.  

64-daqiqa. O'zgarish! Militao o'rnini Nachoga bo'shatib berdi. 

64-daqiqa. O'zgarish! Jorjino ketdi, uning o'rniga Loftus-CHik, Romelu Lukaku esa Pulishichni alishtirdi.   

63-daqiqa. Karvaxal qanotda Mauntni "eb qo'ydi". 

62-daqiqa. Ferlan Mendi bir nechta raqibini kichik hududda aldab o'tdi, lekin sezilarli darajada oldinga o'tishning iloji bo'lmadi.   

61-daqiqa. "CHelsi" to'pni mehmonlarga qaytarib berdi.  

60-daqiqa. O'yin to'xtatildi. Eder Militao yana maydonda yotibdi.  

59-daqiqa. "CHelsi" uzoq vaqt raqib himoyasining zaif nuqtasini izladi, lekin Kristian Pulishichning tushunarsiz harakatidan keyin to'p Kurtuaning qo'liga borib tushdi.  

58-daqiqa. Militaodan javob. Ederning qanotga uzatgan to'pi maydondan chiqib ketdi.  

Zieshning uzatmasi keragidan kuchli bo'lib ketdi va jamoadoshi to'pga ulgurmadi. 

57-daqiqa. Fede Valverde o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.  

55-daqiqa. Havodagi kurashda Militao Kayga imkoniyat qoldirmadi. Germaniyalik futbolchi burchak zarbasi belgilanishi kerak deb hisoblamoqda.  

53-daqiqa. Pulishich qanotdan jarima maydoniga kirishga urinib ko'rdi va burchak zarbasi ishlab oldi.

51-daqiqa. "CHelsi" futbolchisi "podkatda" Valverdedan to'pni olib qo'ydi, aks holda xavfli qarshi hujum ko'rishimiz mumkin edi.  

50-daqiqa. Kayning zarbasi "bloklandi", lekin takroriy urinishdan keyin Tibo to'qqizlikka ketayotgan to'pni katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi. 

46-daqiqa. GOOOOOL! Karim Benzemada bir gap bor... Darvozabonlar uni ko'rganda shoshib qolishi odatiy holga aylanib bormoqda.

Tuxelning birinchi bo'limdan qoniqish hosil qilmagani tushunarli. SHu sababli murabbiy bir yo'la ikki o'zgarishni amalga oshirdi. Makteo Mateo Kovachich va Hakim Ziyosh maydonga tushishdi. Ular Ngolo Kante hamda Kristensenni alishtirgani malum qilindi. 

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Biroz dam olib, qaytamiz. Uxlab qolmang, ikkinchi bo'lim bundanda qiziq bo'lishi xavfi bor.

45+1-daqiqa. Valverde o'ng qanotdan oldinga o'tib bordi va markaziy zonada to'pni kutayotgan Benzemani ko'rdi, ammo Antonio Ryudiger uzatmani ilib ketdi.  

45-daqiqa. O'ta qiziqarli ruhda o'tgan birinchi bo'limga bor yo'g'i 1 daqiqa qo'shib berildi.   

44-daqiqa. Kay Xaverc jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi, noaniq. 

42-daqiqa. Karim Benzemaga kutilmaganda Tiago Silva to'pni sovg'a qilgandi, franciyalik futbolchi yaqin masofadan darvozani nishonga ola bilmadi. 

40-daqiqa. GOOOOL! Jorjinoning ajoyib uzatmasidan keyin Kay Xaverc boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Kurash davom etadi.

Tiago Silvani bir o'zini qoldirishdi va braziliyalik himoyachi oradagi farqni qisqartirishga yaqin kelgandi. 

38-daqiqa. Ngolo Kante kurashdi va jamoasiga burchak zarbasi ishlab berdi.

36-daqiqa. Bugungi kungacha murabbiy sifatida "Real"ga biror marta ham yutqazmagan Tomas Tuxel boshidagi "kepkasini" bostirib, bekinib olgisi kelayapti, bechora.  

34-daqiqa. "CHelsi" o'ziga kelib oldi shekilli. Har holda jamoa hujumga o'xshagan nimadirlar qilishga urinmoqda. 

30-daqiqa. Kroosning burchakdan uzatgan to'pini Militao boshi bilan darvoza tomonga yo'lladi, Eduard o'z o'rnida. 

29-daqiqa. "Aristokratlar" nima qilayotganini, nima qilishini bilmay qoldi. Hozir oddiy vaziyatda raqibga burchak zarbasi sovg'a qilindi. 

26-daqiqa. "CHelsi" kamida engil, bo'lmasa og'irroq shok holatidaligi aniq. "Real" to'pni nazorat qilib, bo'sh zona paydo bo'lishi bilan hujumga o'tmoqda. 

24-daqiqa. GOOOOOOOL! Bitta golni yozib tugatgunimizgacha, Karimjon yana bitta gol urib qo'ydiku. Uning boshi bilan zarbasidan keyin Mendi yana to'pni qaytara olmadi.

 

21-daqiqa. GOLASOOOO! Vinisiusning chap qanotdan uzatmasidan keyin Karim Benzema 13-14 metrlardan boshi bilan gol urdi!  

20-daqiqa. Mauntning bosh bilan zarbasi qovushmadi va Tibo osonlik bilan to'pni egallab oldi.

19-daqiqa. Ogohlantirish! Ushbu harakati uchun hakam germaniyalik himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi. 

18-daqiqa. Ryudiger tezlik olgan Valverdeni tizzasi bilan qarshi oldi. 

17-daqiqa. Eder Militaoning biqiniga kimdir tirsagi bilan urib ketdi chog'i, futbolchi tibbiy yordamga muxtoj.

16-daqiqa. Vinni qarshi hujumda yolg'izlanib qoldi va to'pni yo'qotdi.

15-daqiqa. Zarbaaaa! Ris Jeymsning kuchli zarbasidan keyin Tibo Kurtua ishonchli o'ynadi va to'pni qaytarib yubordi.

14-daqiqa. Ogohlantirish! Eder Militao yomg'irning birinchi qurboniga aylandi. To'pni qabul qilishdagi sustkashligidan keyin himoyachi Kay Xavercni qoida buzib to'xtatishdan boshqa yo'l topa olmadi. 

11-daqiqa. Bahsdagi birinchi burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirishdi, lekin naf chiqara olishmadi. 

10-daqiqa. Qanday qilib?, degan savollar yangradi hozir Madridda. Karim Benzemaning aqlli qarori tufayli yuzaga kelgan xavfli hujumni Vinisius yakunladi, ammo u tepgan to'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.  

7-daqiqa. Kante to'pga ulgurmadi va Kroosga nisbatan qoidani buzdi. 

5-daqiqa. Kay Xaverc yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, lekin tajribali Alaba raqibi osonlik bilan zarba berishiga yo'l qo'ymadi.

4-daqiqa. Eder Militao o'yindagi ilk aniq zarbani amalga oshirdi. Uning urinishi Mendiga ortiqcha muammo tug'dirmagan bo'lsada, aniq chiqqani bilan qayd etiladi. 

3-daqiqa. "Real" to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

Ilk hujumdayoq mezbonlar o'ng qanotdan oldinga o'tishdi va to'p jarima maydoni markaziga yo'naltirildi, ammo u erda hujumchilardan hech kim topilmadi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Kay Xaverc boshlab berdi. 

Jamoalar maydonga tushib kelishdi. CHempionlar Ligasi madhiyasi yangramoqda. 

Londonda havo havas qilgudek emas, lekin yomg'ir ushbu jamoalarga muammo tug'dirmaydi va biz chiroyli o'yin guvohi bo'lamiz degan umiddamiz. 

Biroq yana bir fakt borki, "Qirollik klubi" shu paytgacha ECHLning amaldagi g'olibiga qarshi pley-off bosqichida to'qnash kelsa, albatta g'alaba qozongan va keyinchalik musobaqa bosh sovriniga ham ega chiqqan.

Qiziq tomoni, "Real" evrokuboklar doirasida "CHelsi"ga qarshi bellashuvlarda ham, Tomas Tuxel boshqaruvidagi boshqa klublarga qarshi o'yinlarda ham hali biror marotaba g'alaba qozona olmagan. ECHLda esa "Real" istalgan holatida xavfli raqib hisoblanadi va shuning uchun, bu to'qnashuvga bo'lgan qiziqish ikki karra ko'proq. 

Har ikki jamoa murabbiylari asosiy tarkib borasida qaror qabul qilib ulgurgan. 


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика