So’nggi yangiliklar

21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  0 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  2 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  0 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  6 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  0 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1 19:29Энцо Зидан тез орада фаолиятини якунлайди  6 19:02"Манчестер Сити" Доннаруммани қўлга киритиш ҳақида ўйламоқда  0 18:30АПЛ янги мавсумда фойдаланиладиган расмий тўпни намойиш қилди  0 18:09Қувватовдан сўнг энди Цигер "Навбаҳор"га йўл олмоқда. "Нефтчи" пойгадан чиқяптими?  15 17:56Шаҳбоз Жўрабеков: "Бир жамоага ишониб "Қизилқум" билан хайрлашгандим. Клубсиз қолишим мумкин эди. "Бунёдкор"ни қутқариш учун келдик"  3 17:23Кантона Ямалга тан берди  4 16:59"Реал" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  1 16:36Роналдо Эндрикнинг "Реал"даги истиқболига баҳо берди  5

ECHL. "CHelsi" Madridda zor yig'lagan kecha yoxud "Real Madrid" yarim finalda! Yangiliklar

ECHL. "CHelsi" Madridda zor yig'lagan kecha yoxud "Real Madrid" yarim finalda!

Evropa chempionlar ligasi chorak final javob o'yinlaridan o'rin olgan "Real Madrid" - "CHelsi" uchrashuvi yakunlandi.

ECHL. "Real Madrid" - "CHelsi" 2:3  (birinchi o'yin - 3:1)

Gollar: Meyson Maunt (Timo Verner) 15', Antonio Ryudiger (Meyson Maunt) 51', Timo Verner (Mateo Kovachich) 75', Rodrigo (Luka Modrich) 80', Karim Benzema (Vinisius Junior) 96'

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 2. Daniel Karvaxal, 6. Nacho Fernandes (17. Lukas Vaskes 88'), 4. David Alaba, 23. Ferlan Mendi (12. Marselo 78'), 10. Luka Modrich, 14. Kazemiro (21. Rodrigo 78'), 8. Toni Kroos (25. Eduardo Kamavinga 73'), 15. Federiko Valverde, 9. Karim Benzema, 20. Vinisius Junior (19. Dani Sebalos 115').

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 40. Toni Fuidias, 11. Marko Asensio, 16. Luka Yovich, 18. Garet Beyl, 24. Mariano Dias, 41. Rafa Marin.

"CHelsi": 16. Eduar Mendi, 24. Ris Djeyms, 6. Tiago Silva, 2. Antonio Ryudiger, 3. Markos Alonso, 7. N'Golo Kante (22. Xakim Ziesh 99'), 12. Ruben Loftus-CHik (17. Saul Niges 106'), 8. Mateo Kovachich (5. Jorjino 106'), 19. Meyson Maunt, 11. Timo Verner (10. Kristian Pulishich 83'), 29. Kay Xaverc.

Zaxira: 1. Kepa Arrisabalaga, 13. Markus Bettinelli, 4. Andreas Kristensen, 14. Trevo SHaloba, 28. Sesar Aspilikueta, 31. Malang Sarr, 68. Harvey Vale.

Ogohlantirishlar: Ris Djeyms 10', Karim Benzema 37', Federiko Valverde 68', Eduardo Kamavinga 90+1', Xakim Ziesh 102', Kay Xaverc 109', Tomas Tuxel 113', Sesar Aspilikueta 113', Daniel Karvaxal 118'

Real Madrid

Rodrygo - 80', Karim Benzema - 96'

Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

13/04/2022, 00:00

3
:
2
Finished AET

Chelsea

Mason Mount - 15', Antonio Ruediger - 51', Timo Werner - 75'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 59839 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
120'
37'  Karim Benzema
68'  Federico Valverde
73'  Toni Kroos (Eduardo Camavinga)
78'  Ferland Mendy (Marcelo)
78'  Casemiro (Rodrygo)
80'  Rodrygo
80'  Luka Modric
88'  Nacho Fernandez (Lucas Vazquez)
90'  Eduardo Camavinga
96'  Karim Benzema
96'  Vinicius Junior
115'  Vinicius Junior (Daniel Ceballos)
118'  Daniel Carvajal
10'  Reece James
15'  Mason Mount
15'  Timo Werner
51'  Antonio Ruediger
51'  Mason Mount
62'  Marcos Alonso
75'  Timo Werner
83'  Timo Werner (Christian Pulisic)
100'  N'Golo Kante (Hakim Ziyech)
102'  Hakim Ziyech
106'  Mateo Kovacic (Jorginho)
106'  Ruben Loftus-Cheek (Saul Niguez)
109'  Kai Havertz
113'  Thomas Tuchel
113'  Cesar Azpilicueta


120+3. O'YIN YAKUNLANDI! "REAL MADRID" YARIM FINALDA!

120+2. "CHelsi"ning urinishlari o'xshamayapti. 

120. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

120. Maydonda kelishmovchiliklar sodir bo'lmoqda.

119. Jorjinoning yana bir zarbasi noaniq ketdi! "CHelsi" tinmayapti!!!

117. Havercning bosh bilan bergan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

116. Jorjinoning darvoza tomon yo'llagan zarbasini "Real" himoyachilari qaytarib yubordi.

114. Xakim Zieshning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini Kurtua qaytarib yubordi.

113. Ikki jamoa vakillari ham faol. O'yin tempi juda yuqori. Zaxiradagi futbolchi va murabbiylar ham o'z emociyalarini yashirib turolmayapti.

110. Kurtua o'z hududida anchagina xavfli o'ynadi. Sal qolsa to'pni "CHelsi" futbolchisiga oldirib qo'yishi mumkin edi.

106. To'rtinchi bo'lim start oldi!

105. Qo'shimcha bo'limlarning birinchisi yakuniga etdi!

104. Kamavinganing uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

98. Endi londonliklar oldinga borishmoqda. Ikki jamoa vakillari ham tinmayapti.

Vinisius o'ng qanotdan oldinga yurish qildi, to'pni havolatib jarima maydonchasi tomon uzatdi, Karim esa bosh bilan darvozani ishg'ol qildi!

96. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Benzema hisobni qisqartirdi!

95. Agressiya ham kuchaymoqda maydonda. 

91. Uchinchi bo'lim boshlandi!

90+4. O'yinning asosiy vaqti yakuniga etdi. Endi navbat qo'shimcha bo'limlarga!

90+4. Pulishich juda qulay vaziyatni golga aylantira olmadi...

90+2. O'yin harorati juda baland. Xo'sh, qo'shimcha vaqtlar ham bo'ladimi?

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

85. Hali hech narsa hal bo'lmagan. O'yin qancha davom etishini ham bilmaymiz. Maydon esa shunchaki "yonyapti".

82. Modrichning darvozaga bergan zarbasini Mendi ushlab oldi.

Luka Modrichning havolatib uzatib bergan to'pini Rodriga darvozaga kiritdi.

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rodrigo hisobni qisqartirdi!

"CHelsi" futbolchilari Vernerni oldinga boshladi, germaniyalik futbolchi jarima maydonchasiga kirib kelib, ikkita himoyachidan o'tdi va darvozaga zarba yo'llab gol urdi.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Verner hisobni 0:3 ko'rinishiga keltirib qo'ydi!

70. O'yin harorati juda yuqori, maydon "yonyapti"!

66. Benzemaning bosh bilan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

64. VAR golni ko'rib chiqdi va uni bekor qildi! To'p Alonsoning qo'liga tegdi deb topildi.

Londonliklar katta tezlikda raqib jarima maydonchasiga kirib keldi, Alonso dastlab zarba berdi, to'p yo'liga Karvaxal to'g'anoq bo'ldi, qayta berilgan zarba esa golga aylandi!

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "CHelsi" yana gol urdi!

61. Valverdening jarima maydonchasi chizig'idan darvoza tomon yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.

59. "Real" ham faollikni oshirdi. Jamoa azolari oldinga o'tib, xavfli hujumlar tashkil qilishga urinishmoqda.

57. Haverc "Real" jarima maydonchasiga kirib kelib, darvozaga zarba yo'lladi, to'p biroz noaniq ketdi.

55. Krossning jarima zarbasidan yo'llagan to'pini Mendi ajoyib tarzda qaytarib yubordi.

52. Umumiy hisob tenglashdi, endi vaziyat yanada jiddiy ikki jamoa uchun ham. Xo'sh, endi buyog'iga nima bo'ladi? O'yin esa yanada qizishi aniq!

Burchakdan uzatilgan to'pga Antonio Ryudiger bosh bilan zarba berdi va gol urdi! 

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ryudiger hisobni ikkitaga oshirdi!

50. Jamesningdarvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

49. Ikkinchi bo'limni ham "CHelsi" faollik bilan boshladi. "Real" esa asosan himoyalanmoqda.

47. Vernerning darvoza tomon erlatib bergan zarbasi muvafaqqiyatsiz chiqdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+1. O'yinning ikkidan bir qismi yakuniga etdi. Hozircha "CHelsi" hisobda oldinda!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. O'yin tempi ancha yuqori. Goh "Real", goh "CHelsi" oldinga o'tmoqda, biroq hozircha hujumlar xavfli ko'rinish olmayapti.

34. Ryudiger uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

28. Kovachichning darvoza tomon yo'llagan zarbasi anchagina noaniq ketdi.

25. Goldan so'ng madridliklar biroz faollashgandek bo'lishgandi, biroq hozirda to'p nazorati yana "CHelsi"da.

23. Benzemaning olisdan yo'llagan zarbasi rekoshetga uchradi, to'p maydonni tark etdi.

Verner tizzasi bilan Mauntga pas berib, oldinga boshladi, Meyson esa darvozaga zarba berib, gol urdi!

15. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Maunt "CHelsi"ni hisobda oldinga olib chiqdi!

12. Havertcning erlatib bergan zarbasi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

11. Benzemaning jarima zarbasidan yo'llagan to'pi noaniq ketdi.

8. O'yin asosan maydon markazida kechmoqda. Jamoalar hujum uyushtirishga intilishmoqda, biroq hozircha ular xavfli ko'rinish olmayapti.

5. Ilk daqiqalardanoq temp yuqori. Har ikki jamoa vakillarida shasht anchagina baland.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

Har ikki jamoa vakillari o'yinoldi rasmiy mashg'ulotda ishtirok etishmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика