ECHL. "Bavariya" - "Real". Myunxendagi dahshatli ikkinchi qism
29 apr 2014 16:49
Yangiliklar
ECHL. "Bavariya" - "Real". Myunxendagi dahshatli ikkinchi qism
Bu jamoalarning Madridda kechgan birinchi bahsida mezbonlar
kichik hisobida g'alaba qozonganidan xabaringiz bor. Endigi Myunxenda kechadigan javob o'yini to'qnashuv taqdirini hal etib
beradi.
Madriddagi uchrashuvda mezbonlar kichik va asosiysi o'zlari uchun juda qulay hisobda g'alaba qozonishdi. Ular mehmonlarga o'z darvozalarini ishg'ol etish imkonini berishmadi. CHempionlar ligasi musobaqasida mehmonda urilgan golningqadri va qiymati barchaga malum. SHu bois, Karlo Anchelotti jamoasi o'sha o'yindagi "kun tartibida" turgan asosiy vazifani amalga oshirishdi. Bunda "Real" himoyachilarining xizmatlari beqiyos bo'lganini tan olish lozim.
"Real" jamoasi qarshi hujumda harakatlanadigan eng kuchli jamoa desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan shu jihatlari ularga birinchi o'yinda katta yordam berdi.
Karlo Anchelotti aytib o'tganidek, Myunxendagi bahsda jamoa boshqacharoq, yani "yovvoyi"roq“start” namoyish etishni rejalashtirayotganliklarini takidlab o'tdi. Albatta, javob o'yinida "Real" jamoasi raqib darvozasiga yo'l topa olsa, unda ular "Bavariya"ni yanada qiyinroqholatga tushirib qo'yishlari mumkin bo'ladi.
Ayni paytda "Real"ning ikkala asosiy futbolchisi Beyl va Ronaldo uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlashga shay holatdalar. Bu albatta Madrid jamoasi muxlislarini quvontirishi tabiiy. Javob o'yinida "Bavariya"ga gol "Real"ga nisbatan ko'proq zarurligini inobatga oladigan bo'lsak, "Real"da qarshi hujumda "ov" qilib ko'rishlari uchun imkoniyat paydo bo'lishi haqiqatga yaqinroq. Bu vaziyatlarda Ronaldo va Beyl kabi futbolchilar qanday harakat qilishni yaxshi bilishadi.
"Real"ning finalga yo'l olish imkoniyatlari ayni paytda yuqoriroq. Lekin ular shu imkoniyatni o'yin boshlaganidan so'ng, yo'qqa chiqarib yubormasliklari zarur bo'ladi.
"Bavariya" jamoasi birinchi o'yindagi ustunlikni hisobda aks
ettira olishmadi. Myunxenda ular nafaqat uchrashuvda ustunlik qilishlari talab etiladi, balki ushbu ustunlikni hisobda aks
ettira olishlari ham zarur. Bu esa juda qiyin va
murakkab ish. "Real"dek jamoa bilan o'yinda faqatgina to'p
nazorati evaziga nimanidir qoyillatib bo'lmaydi. Karlo Anchelotti jamoasi to'p nazoratiga
asosiy urg'uni qaratmaydi va ular payti kelganda tezkor qarshi hujum bilan
asosiy masala - gol urib, vaziyatni o'z tomonlariga og'dirib
olishlarini birinchi bahsda isbotlashdi.
Evropa CHempionlar ligasi musobaqasining
amaldagi g'olibi "Bavariya" jamoasining katta va qiyin sinov
kutib turibdi. Ular ko'pchilik aytganidek, uchrashuv davomida katta ustunlik bilan harakat qilishgan
bo'lsada, asosiy vazifani, yani mehmonda gol urish masalasini hal eta olishmadi. Birinchi uchrashuv mobaynidagi katta ustunlik,
yakunda ularga hech narsani taminlab berolmadi. Aksincha, ular o'zlari uchun yomon bo'lgan
natija bilan ortga qaytishlariga to'g'ri keldi.
Karlo Anchelottining rejasi birinchi o'yinda ish berdi
Pep vaziyatni o'nglay oladimi?
Madridda kechgan o'yinda murabbiylar duelida Karlo Anchelotti Xosep Gvardiolani mag'lub etdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan Karlo Anchelottining o'ylagan rejasi ish berdi. Pep Gvardiolaning bor umidi endi bugungi Myunxenda bo'ladigan uchrashuvga qaratilgan. Javobuchrashuvida "Bavariya"ning etakchi futbolchilari Robben, Riberi, SHvayshtayger va Myuller kabi ijrochilarga ko'p narsa bog'liq. "Real" jamoasi ko'proqhimoyada o'ynashini hisobga olsak, unda bu to'qnashuvda jamoaviy o'yin emas, asosan aniq bir ijrochilar uchrashuv tizginini o'z qo'llariga olib, vaziyatni jamoasi foydasiga hal etishi talab etiladi. Biz sanab o'tgan futbolchilar shular jumlasidandir. "Bavariya"da Ronaldodek futbolchilar yo'q. Robben va Riberi boshqa tipdagi futbolchilar sanalishadi. Ularda goledorlik qobiliyati Krishtiano Ronaldonikidek emas. Lekin Riberi ham, Robben ham kerak paytda muhim gol yoki golli uzatmalarni amalga oshiradigan ijrochilar sanalishadi. Tomas Myuller o'zining nostandart harakatlari evaziga "Real" futbolchilari uchun haqiqiy bosh og'rig'i bo'lishi mumkin. “Bavariya”da kuchli va kerakli futbolchilar ko'p. Gvardiola esa o'z uslubiga mos o'yinchilarni tanlab, to'qnashuv taqdirini o'z foydasiga hal etishga harakat qilib ko'radi. Buni uddalash esa oson ish emas. Lekin hozirdan xulosa qilishga hali erta. Bu futbol. Bu CHempionlar ligasi. Va shuni aytib o'tish kerakki, bu “Bavariya”. Myunxen klubini nimalarga qodirligini hamma biladi. SHuning uchun ishontirib aytish mumkinki, bizni yana kamida dahshatli 90 daqiqa, yoki bo'lmasa qo'shimcha taymlar kutib turmoqda!
CHempionlar ligasi, yarim final. Javob o'yini.
“Bavariya” – “Real” (23:45 “Sport”, “NTV-PLYUS Futbol”, “NTV”)
“Alyanc - Arena” stadioni.
Taxminiy tarkiblar:
"Bavariya"ning tarkibi "SA" talqinida
"Real"ning tarkibi "SA" talqinida
“Bavariya”: Noyer, Dante, Boateng, Lam, Alaba, Martinez, SHvaynshtayger, Myuller, Robben, Riberi, Manjukich.
“Real”: Kasilyas, Ramos, Pepe, Marselo, Karvaxal, Alonso, Di Mariya, Isko, Modrich, Ronaldo, Benzema.
Birinchi uchrashuv: (“Real” – “Bavariya” 1:0)
"Real" jamoasi mashg'uloti
"Bavariya" jamoasi mashg'uloti
Myunxendagi o'yin ham Madriddagi scenariy ostida kechishi deyarli aniq. Lekin bu erda bir savol qolmoqda! Bosh rolda kim bo'ladi? "Real"mi? "Bavariya"mi?
Bu fantastik "kino"ning so'nggi, 2-qismi bugun
tunda Myunxendagi "Alyanc-Arena" stadionida boshlanadi.
Kim bosh rolda va kim qahramon bo'lishini shu o'yindan so'ng bilib olamiz!
O'tkazib yubormang!
SHahboz Beg'amov
Fikrlar