So’nggi yangiliklar

08:57«Ал Иттиҳод» «Ман Сити» афсонаси билан шартнома тузишга яқин  3 08:30Алекс Фергюсон Роналду ва Месси ҳақида ажойиб фикр билдирди  9 08:02МЮ яна бир топ ҳимоячи билан келишувга эришди  3 07:35«Андижон» икки нафар футболчиси билан хайрлашди  2 01:48Галлахер "Атлетико"га ўтишни хоҳламоқда  1 01:25"Ювентус" Йилдизни қўйиб юборишни хоҳламаяпти  1 00:57"Атлетико" "Челси" ўйинчисининг трансфери бўйича ишларни бошлаб юборди  1 00:29Игорь Сергеев ҳаракат қилаётган "Патум Юнайтед" жамоаси ўртоқлик ўйинида ЕЧЛ финалчиси "Боруссия"ни тор-мор келтирди!  5 23:55"Барселона" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  3 23:27Жамшид Саидов: "Бизда юқори мақсадлар йўқ, вазифа ўтган мавсумдан кўра яхшироқ иштирок этиш"  1 22:57"Бунёдкор" иккинчи даврада уйғонадими? Тайёргарлик қандай кетяпти? Илёс Зейтуллаев барча саволларга жавоб берди  5 22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  19 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  3 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  13 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  20

ECHL. "Barselona" "Benfika" bilan golsiz durang qayd etib, o'zini qiyin vaziyatda qoldirdi, keyingi raqib – "Bavariya" Yangiliklar

ECHL. "Barselona" "Benfika" bilan golsiz durang qayd etib, o'zini qiyin vaziyatda qoldirdi, keyingi raqib – "Bavariya"

CHempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan uchrashuv tafsilotlarini ushbu sahifada kuzatib bordingiz.

"Barselona" (Ispaniya) – "Benfika" (Portugaliya) 0:0 

«Kamp Nou»

Barselona – ter SHtegen, Arauxo (Erik Garsiya, 86), Pike, Langle (Dest, 86), Alba, Buskets, de Yong, Niko Gonsales, Gavi, Depay, Demir (Dembele, 66).

Benfika – Vlaxodimos, Jilberto, Vertongen, Otamendi, Almeyda, Grimaldo (Seferovich, 81), Joau Mariu (Taarabt, 59), Rafa Silva (Lazaro, 70), Vaygl, Yaremchuk (Nunes, 59), Everton (Picci, 70).

Ogohlantirishlar: Grimaldo (36), Joau Mariu (49), Pike (49), Vlaxodimos (90+2), Taarabt (90+4).

Bahs yakuniga etdi. Uchrashuv nursiz durang bilan tugadi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha!

Malumot uchun, hal qiluvchi turda "Barselona" "Bavariya" mehmoni bo'lsa, "Benfika" "Dinamo" Kiev bilan bellashadi.

90+4. Taarabt Busketsga nisbatan ilshatilgan qo'pollik tufayli sariq kartochka oldi. 

90+4. Dahshaaaat! Nahotki?! Seferovich darvozabonni aldadi, ammo bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etolmadi. 

90+2. Vlaxodimos vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Gavi hujum qilish chog'ida qo'pollik ishlatdi.

88. Usmon Dembele juda faol, biroq zarba yo'llashgacha etib bormayapti. 

87. Dembele raqibni aldayapti, ammo u pas berishda va zarba yo'llashda juda oqsayapti. 

86. "Barselona"da o'zgarish: Arauxo o'rniga Erik Garsiya, Langle o'rniga Dest tushdi.

83. GOL!  Albaning uzatmasidan keyin Arauxo o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi, ammo u ofsaydda edi. Gol avtomatik ravishda inobatga olinmaydi.

82. "Benfika" hujumda... mezbonlar muxlislari hayajonda. Mehmonlar hujum tashkil qilishdi, ammo yakunda Picci o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

81. "Benfika"da almashtirish: Grimaldo o'rniga Seferovich maydonga tushdi.

79. Dembele va de Yong bir-birlarini yaxshi tushungan holda harakatlanishayotgandi, biroq raqib posboni ularning o'yinini o'qidi va to'pni egallab oldi.

78. Hammasi joyida. Yan Vertongen maydonga qaytdi.

77. Yan Vertongen maydonda yotibdi. Vaziyatga qiyo boqsak, u jarohat olganga o'xshaydi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilishi zarur.

73. Zarba!  Ronald Arauxoning uzoqdan bergan zarbasiga aniqlik etishmadi.

72. Nunes vaziyat hosil qilishga harakat qildi, ammo himoyachilar sergakligi tufayli buning uddasidan chiqa olmadi.

70. "Benfika"da 2 ta o'zgarish: Everton o'rniga Picci, Rafa Silva o'rniga Lazaro o'yinni davom ettiradi.

69. Usmon Dembele maydonga tushgach, "Barselona"ning o'yini sezilarli darajada kuchaydi.

67. Zarbaaaa!  Dembelening qanotdan uzatgan pasidan keyin de Yong bosh bilan zarba berdi, Vlaxodimosdan seyv! 

66. "Barselona"da almashtirish: Demir o'rniga Dembele o'yinga qo'shildi.

66. Zarba!  Nunes aniq pasni qabul qilib oldi va darvoza tomon zarba berdi, noaniq.

65. Zarbalar bo'yicha statistika: 8-3

61. O'yinning uchdan ikki qismi ortda qoldi, ammo hamon hisob ochilmadi. 

59. "Benfika"da 2 ta o'zgarish: Yaremchuk o'rniga Nunes, Joau Mariu o'rniga Taarabt tushirildi.

58. Memfis Depay bir raqibni aldashga erishdi, ammo boshqa bir himoyachi katta tezlikda etib kelib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

57. Grimaldo qo'pol va qaltis o'ynadi, u o'zida sariq borligini unutib qo'ygan ko'rinadi.

53. "Barselona"da yaxshi imkoniyat tug'ilgandi, ammo Gavi ofsaydda qolib ketgani malum bo'ldi.

51. Nikolas Gonsalesning yaxshi o'ynlangan uzatmasi sheriklariga qadar etib bormadi.

49. Pike esa Yaremukka nisbatan ishlatgan qoida buzish tufayli ogohlantirildi. 

49. Joau Mariuga bildirilgan etirozlar uchun sariq kartochka berildi.

48. Zarba!  Memfis Depayning olisdan yo'llagan zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

43. Uuux! Qanday zarba! Yusuf Demir ikki himoyachini chiroyli tarzkda aldab o'tib, aylanma zarbani ijro qildi. To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

41. Frenki de Yong Evertonga nisbatan juda qo'pol o'ynadi.

40. Ronald Arauxoning pasiga Vlaxodimos ilg'orlik bilan ega chiqdi.

37. Memfis Depayning jarimadan oshirib bergan to'pini himoyachilar osonlik bilan uzoqlashtirishdi.

36. Demirga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun Grimaldoga sariq kartochka hadya qilindi.

35. GOL!  Nikolas Otamendi chap oyoqda gol urdi, ammo bundan oldin to'p burchak zarbasi orqali  o'yinga kiritilganda, maydondan chiqib ketgan ekan.

34. Zarbaaaa!  Uuuux!  Qanday seyv!  Yaremchukning bosh bilan yo'llagan zarbasini ter SHtegen qaytardi.  Haqiqiy devor! 

32. Kleman Lengle Yaremchukka nisbatan qoidani buzdi.

31. Jilberto katta tezlikda oldinga bordi, ammo sherigiga aniq pas berolmadi. Arauxo ildamlik bilan harakat qildi va hujumning oldini oldi.

28. Zarbaaa!  Jordi Albaning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi. Tasanno!

27. Zarba!  Gavining zarbasi aniq chiqmadi. Yaxshi vaziyat edi...

24. Grimaldo ichkariga krossni amalga oshirdi, ammo himoyachi to'pni qaytardi.

22. Jordi Alba jarima zarbasi orqali to'pni ichkariga oshirdi. Darvozabon to'pni egalladi.

21. Yusuf Demir dribling ko'rsatishga kirishdi, ammo undan to'pni olib qo'yishdi.

18. Depay Yusuf Demirni pas bilan taminladi, ammo vaziyatga himoyachi aralashdi va to'pni olib qo'ydi.

15. Zarba!  Memfis Depay uzoq masofadan zarba berishga urinib ko'rdi. To'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

13. Zarba!  Ronald Arauxoning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

11. Everton ham to'pni qo'li bilan o'ynadi, hakam buni sezdi. O'yin keskin suratda bo'lib o'tmoqda. SHu bilan birga, futbol aralash gandbol ham o'ynalyapti. 

10. Joau Mariu to'pni qo'li bilan o'ynagani bois Sergey Karasev qoida buzilganini qayd etdi.

8. Zarbaaaa!  Yusuf Demirning chap oyoqda erlatib yo'llagan zarbasini Vlaxodimos qaytarishga erishdi. 

7. O'yin yuqori tempda davom etmoqda. CHunki bugun ko'p narsa hal bo'ladi.

5. Roman Yaremchuk pas qabul qilib olib, darvozaning markazi tomon zarba berdi, ter SHtegen ortiqcha qiyinchiliklarsiz to'pni egallab oldi.

3. Niko Gonsales jarima maydoni ichiga pas uzatdi, biroq to'p uning sheriklariga borib tushmadi. Pas ham u qadar yaxshi chiqmagandi.

2. Vlaxodimos xavotirga tushmadi va Kleman Langle tepgan to'pga ega chiqdi.

1. O'yinga start berildi!

- O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari!  Bugun ECHL "E" guruhi 5-turida "Barselona" o'z maydonida "Benfika"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuvni yaqin 2 soat ichida siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика