So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  1 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  9 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

ECHL, 5-tur. "B" guruhi. "Bazel" - "Real", "Ludogorec" - "Liverpul" Yangiliklar

ECHL, 5-tur. "B" guruhi. "Bazel" - "Real", "Ludogorec" - "Liverpul"

Bugun Evropa chempionlar ligasining "B" gurhida 5-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
CHempionlar ligasining "B" guruhidagi vaziyat ham biroz chigal ko'rinish olgan. SHubhasiz ushbu kvartetda Madridning "Real" klubi favorit. Karlo Anchelotti shogirdlari o'tgan turdayoq asosiy vazifalarini hal etishgan edi. Endi ular shunchaki klub obro'si va musobaqa nufuzi uchun muvaffaqiyatli to'p surishga intilishadi.
Bu guruhda shuningdek yana "Bazel", "Liverpul" va "Ludogorec" jamoalari "Real" bilan birga pley-offga yo'llanma olish uchun kurashishmoqda. Hozira "Bazel"ning imkoniyatlari "Liverpul" va "Ludogorec"nikidan yaxshiroq bo'lib turibdi.
Ushbu turda CHempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Real" jamoasi SHveycariyaga safar qiladi. Ular "Bazel" bilan o'zaro hisob-kitob qilib olishadi. Bu o'yinda g'alaba ko'proq mezbonlar uchun muhimroq va kerakli. lekin Karlo Anchelotti shogirdlarini osonlikcha taslim etish anchagina qiyin masala. Bu bahsda "Real" o'zining asosiy tarkibidagi bir necha futbolchilariga dam berishi ham mumkin. Bu esa "Bazel"ga qo'shimcha imkoniyat berishi mumkin.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuv "Ludogorec" hamda "Liverpul" jamoalari o'rtasida kechadi. Bu o'yindan so'ng qaysidir jamoa rasman keyingi bosqichga yo'l olish imkoniyatini yo'qotishi haqiqatga yaqinroq. Agarda "Real" "Bazel"ni yutib, "Ludogorec" va "Liverpul" o'zaro durang natijasini qayd etishsagina barcha jamoalar so'nggi tur oldidan o'z imkoniyatlarini saqlab qolishlari mumkin bo'ladi. Brendan Rojers boshchiligidagi "Liverpul" jamoasining ichki chempionat singari chempionalar ligasida ham ishlari yurishmayapti. Ular uchun bugungi bellashuv misoli final singari juda bo'lishi aniq.

"B" guruhi.


"Bazel" - "Real" (00:45, "NTV PLYUS Futbol3")

"Yakob Park".

Bosh hakam
: Milorad Majich (Slovakiya)


"Ludogorec" - "Liverpul" (00:45, "NTV PLYUS Sport Plyus")

"Vasil Levski".

Bosh hakam
: Antonio Mateu (Ispaniya)



4-turdan keyingi holat
#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Real Madrid440011 - 2912
2Basel42026 - 606
3Liverpool41032 - 6-43
4PFC Ludogorets Razgrad41033 - 8-53

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика