Parij-2024. Martaning so'nggi uchrashuvida Braziliya finalda AQSHga mag'lub bo'ldi
11 avg 07:52
Yangiliklar
Parij-2024. Martaning so'nggi uchrashuvida Braziliya finalda AQSHga mag'lub bo'ldi
Musobaqa AQSH milliy jamoasining chempionligi bilan yakunlandi. Braziliya va AQSH ayollar jamoalari o'rtasida o'tgan finalda Pyu-Svonsonning 57-daqiqada kiritgan yagona goli amerikaliklarga oltin medallarni taqdim etdi.
SHu tariqa, AQSH ayollar jamoasi o'z tarixida 5 karra Olimpiada chempioniga aylandi. Amerikaliklar Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medaliga ega chiqqandi.
Ushbu uchrashuv Braziliya ayollar futboli afsonasi Marta uchun faoliyatidagi so'nggisi bo'ldi.
Parij-2024. Futbol. Ayollar. Final
Braziliya – AQSH 0:1
Gol: 0:1 – 57 Pyu-Svonson.
Braziliya – Lorena, Tais, Tarsiane, Lauren (Rafael, 84), Yasmim, Sampayo (Anjelina, 61), Yaya (Vitoriya, 50), Adriana, Lyudmila (Marta, 61), Jeniffer (Priscila, 61), Portilo.
AQSH – Neer, Dann, Devidson (Sonnett, 74), Girma, Foks, Albert, Koffi, Pyu-Svonson (Kryuger, 90+5), Xoran, Rodman, Smit (Uilyams, 84).
Fikrlar