Parij-2024. Martaning so'nggi uchrashuvida Braziliya finalda AQSHga mag'lub bo'ldi

Khoja
11 avg 2024, 07:52
Fransiyada erkaklar o'rtasidagi futbol bahslaridan keyin ayollar o'rtasidagi futbol turniriga ham yakun yasaldi.

Musobaqa AQSH milliy jamoasining chempionligi bilan yakunlandi. Braziliya va AQSH ayollar jamoalari o'rtasida o'tgan finalda Pyu-Svonsonning 57-daqiqada kiritgan yagona goli amerikaliklarga oltin medallarni taqdim etdi.

Shu tariqa, AQSH ayollar jamoasi o'z tarixida 5 karra Olimpiada chempioniga aylandi. Amerikaliklar Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medaliga ega chiqqandi.

Ushbu uchrashuv Braziliya ayollar futboli afsonasi Marta uchun faoliyatidagi so'nggisi bo'ldi.

Parij-2024. Futbol. Ayollar. Final

Braziliya – AQSH 0:1

Gol: 0:1 – 57 Pyu-Svonson.

Braziliya – Lorena, Tais, Tarsiane, Lauren (Rafael, 84), Yasmim, Sampayo (Anjelina, 61), Yaya (Vitoriya, 50), Adriana, Lyudmila (Marta, 61), Jeniffer (Priscila, 61), Portilo.

AQSH – Neer, Dann, Devidson (Sonnett, 74), Girma, Foks, Albert, Koffi, Pyu-Svonson (Kryuger, 90+5), Xoran, Rodman, Smit (Uilyams, 84).

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com