Dzyudo. Mirali SHaripovda oltin, G'iyosjon Boboevda kumush
07 may 2016 20:43
Yangiliklar
Dzyudo. Mirali SHaripovda oltin, G'iyosjon Boboevda kumush
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Bugun musobaqaning ikkinchi kungi bahslarini -73 kg vazn toifasidagi dzyudochilar boshlab berishdi.
Xabar berganimizdek, bu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki polvonimiz finalga etib kelishgandi. Hozirgina yakuniga etgan final bellashuvida Mirali SHaripov jamoadoshi G'iyosjon Boboevni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Boboev esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Mirali SHaripov finalga qadar qozog'istonlik Dastan Yakubaev, gollandiyalik Deks Elmont, xitoylik Yingjirigala Say, ukrainalik Dmitro Kanivecni mag'lubiyatga uchratgandi.
O'zbek va jahon sportiga oid eng so'nggi yangiliklar bilan olamsport.com saytida tanishib boring.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar