Dzyuba o'zini sherga qiyosladi
20 okt 2021 22:45
Yangiliklar
Dzyuba o'zini sherga qiyosladi
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli hujumchi o'tgan hafta oxirida Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi libosidagi 100-golini urdi.
"Birinchidan, sherlarning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasi bo'lmaydi. O'zimni keksayib qolgandek his qilmayapman, tiklanishim uchun ko'proq harakat qilishim kerakligini o'ylamayapman. Qachonki bu haqda sezsam, darhol nimadir qilishga intilaman. Ikkinchidan, menda malum bir cho'qqi mavjud emas", - dedi Dzyuba.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, u hech qachon yutuqlar bilan chegaralanib qolmaydi. 100 ta gol urgandan so'ng forvard 110, 120 va undan yuqori marralarni zabt etmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 20 oktyabr, chorshanba kuni "Zenit" CHempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida "Yuventus"ga qarshi o'yin o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
Fikrlar