So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  25 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  14 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  19 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

Dyumfris, Gosens, Lokatelli - Evro-2020'dan keyin "ovlanadiganlar" Yangiliklar

Dyumfris, Gosens, Lokatelli - Evro-2020'dan keyin "ovlanadiganlar"

Evropaning asosiy musobaqasida o'zini ko'rsatayotgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Evro-2020 guruh bosqichi yakunlandi. Ushbu turnirning aksariyat o'yinlari allaqachon o'tkazib bo'lindi, ammo bizni hali oldinda eng qiziqarli, hal qiluvchi bosqich to'qnashuvlari kutmoqda. 

SHunga qaramay, nokaut-raundi boshlanishidan oldin ijobiy xislatlarini namoyon eta olgan futbolchilar uchradi. Bunday yirik turnirlarda o'zini ko'rsatish va faoliyatida yangi bosqichni boshlash ular uchun ajoyib imkoniyatdir. Demak, Evro'dan so'ng top-klublar safiga borib qo'shilishi mumkin bo'lgan 6 ta ijrochini keltirib o'tamiz.

Denzel Dyumfris (PSV, Niderlandiya)

So'nggi paytlarda zamonaviy futbolda o'ng qanot himoyachilarining etishmovchiligi yuzaga keldi. Hozir jamoasida universal yulduz futbolchi bo'lmasa, har bir top-klub o'z ro'yxatida bu poziciya uchun chindan ham yorqin o'yinchilarni topa olmay qolyapti. Ushbu Evro'dagi barcha jamoalardan hozircha faqat Niderlandiya ham himoyada, ham hujumda o'ng qanotni "yondirishga" muvaffaq bo'lmoqda. 

Barchasi Denzel Dyumfris tufayli. PSV himoyachisi birinchi marotaba bunday katta etiborni jalb qila oldi va yaxshi sabablarga ko'ra – Dyumfris uchta himoyachili sxemada milliy jamoaning o'ng qanotini doimiy ravishda yopib turadi, hujumlarga muntazam va foydali tarzda qo'shiladi, doimo himoyaga qaytib kelishga muvaffaq bo'ladi. Denzel 25 yoshida faoliyatidagi eng yaxshi davrni o'tkazyapti, u turnirda jamoasining 3 ta golida qatnashdi: 2 ta gol urib, himoyachilar orasida eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.

Dyumfris ushbu yozda klubini o'zgartirishi mumkin. Davogarlar allaqachon bor – "Everton", "Tottenxem", "Inter" va "Bavariya". Ularning qiziqishi juda jiddiy. Myunxenliklar Yulian Nagelsmanning uchta himoyachiga ixtisoslashgan taktikasida o'ng qanot himoyachisiga juda muhtoj. Muammo shundaki, futbolchining agenti – Mino Rayola. Myunxenning "Bavariya"si esa ko'p pul to'lashga tayyor emas. Ehtimol, yaqin orada "Bavariya" yana bir futbolchini qo'ldan chiqarib yuborishi mumkin.

Robin Gosens ("Atalanta", Germaniya)

Nemis himoyachisi haqiqatan ham juda kech o'zini ko'rsatgan futbolchilardan biri. U 17 yoshida Dortmundda ko'rikdan o'ta olmadi, havaskor jamoalarda o'ynadi va Niderlandiya futboliga kirib kelguniga qadar yonilg'i quyish shoxobchasida ishladi, shundan so'ng bitta muvaffaqiyatli transfer hammasini teskari tomonga burib yubordi.

Mavsum davomida grandlar darvozasiga yo'l topa olgan Jan Pero Gasperini boshchiligidagi hujumkor "Atalanta"da Gosens o'zini topdi. Himoyaviy tarafdan va to'rtlik poziciyadagi o'yinlaridagi barcha kamchiliklarga qaramay, Robin uchta markaziy himoyachiga ega sxema uchun juda mos keladi.

Qizig'i shundaki, Yoaxim Lyov Evro'dan ikki oy oldin jamoasining qanday o'ynashi bo'yicha aniq tasavvurga ega emasdi. U ataylab o'tgan yilning sentyabr oyida terma jamoadagi debyutini o'tkazgan 26 yoshli qanot himoyachisining barcha fazilatlaridan foydalanish uchun uchtalik sxemani tanlashga qaror qilgandek go'yo. Lyov haq bo'lib chiqdi – Franciya bilan o'yindagi umumiy muvaffaqiyatsizlikka qaramay, Portugaliyaga qarshi chapda harakatlangan Gosens tinimsiz yugurdi va har bir golli hujumda qatnashdi.

Albatta, Robin har bir klub uslubiga mos kelmaydigan o'ziga xos mahorat to'plamiga ega ijrochi ekanligini unutmaslik lozim. Biroq shunga qaramasdan, unga bo'lgan qiziqish hozir bir necha bor oshgan. Hozirda bir qator grandlar – "Barselona", "Atletiko", "Yuventus", "Milan", Mancheserning ikki klubi va boshqalar unga qiziqayotgani haqida axborotlar bor. Variantlardan har qaysisi unga to'g'ri kelmasligi mumkindir, lekin Gosensning o'zi aniq bir to'xtamga kelishiga ishonamiz.

Manuel Lokatelli ("Sassuolo", Italiya)

Italiyalik yarim himoyachi ayni damda Evro’ning eng yaxshi o'yin ko'rsatayotgan jamoasida muhim elementga aylandi. Manuel Lokatelli faoliyatidagi eng yaxshi yilni o'tkazdi – u avvaliga Roberto de Dzerbining kamtarona "Sassuolo"sida etakchilaridan biri bo'lib olgan bo'lsa, hozirda Roberto Manchini boshchiligidagi Italiya terma jamoasida shu vazifani bajarmoqda. Lokatelli jarohat olgan Marko Verrattining o'rnini egalladi va juda yaxshi o'ynab ketdi, Verattining darajasi alohida tasdiqga muhtoj emas, buni o'zingiz juda yaxshi bilasiz.

Kimdir Verrattisiz Italiyada kreativlik va pasga ixtisoslashgan o'yin borasida unchalik sifat yo'q deb o'ylamoqda, ammo Manuel o'rta chiziqni boshqarib turish uchun hammasini qilmoqda. Va u buni ham jamoaviy, ham individual nuqtayi nazardan juda yaxshi uddalayapti. 

Lokatelli oldinda, chap qanotga yaqin joyida foydali ko'rinyapti. U SHveycariyaga qarshi o'yinda g'alaba dublini rasmiylashtirdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Endi u yana Verratti bilan raqobatlashishi kerak bo'ladi, ammo Manuel allaqachon turnirda o'zini ko'rsata oldi.

Endilikda xavbekka "Yuventus" davogarlik qilmoqda. Hali kelishuvga erishilmagan, ammo Lokatellining "Sassuolo"dan ketishiga shubha yo'q.

Roman Yaremchuk ("Gent", Ukraina)

O'z guruhidagi ikkita mag'lubiyat va bitta g'alabaga qaramay, Ukraina terma jamoasi ham Evro pley-off bosqichiga yo'l oldi. Yagona g'alaba kvartetning asosiy autsayderi SHimoliy Makedoniya ustidan qozonildi va g'alaba golini Belgiyaning "Gent" klubi hujumchisi Roman Yaremchuk urdi.

Evropa chempionatidagi Ukrainaning ko'plab muammolari orasida ularning hujumdagi asosiy ustunligi ajralib turadi, yani Yaremchuk va Yarmolenko bog'lami juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Roman bu jamoaning eng yaxshi hujumchisi, u Niderlandiyaga qarshi o'yinda ham gol urdi va golli pas berdi, shuningdek, guruh bosqichining dastlabki o'yinlarida yuqori reyting ballariga loyiq ko'rildi.

Bazan Yaremchuk golli vaziyatlarni yo'qqa chiqargani uchun tanbehga uchraydi, ammo bu juda keng tarqalgan muammo – asosiysi, u ushbu imkoniyatlarning sezilarli foizini muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Ukrainalik o'yinchi klubda ishonchli mavsumni o'tkazdi va endi terma jamoada ham yaxshi ko'rinyapti.

Yaqinda unga "Volfsburg" va "Milan" davogarlik qilayotgani haqida xabarlar chiqdi, ammo "Gent" rahbariyati o'z hujumchisini faqat katta tovon puli evaziga qo'yib yuborishini aytdi.

Aleksander Isak ("Real Sosedad", SHveciya)

Ushbu iqtidorli hujumchi to'rt yil oldin Dortmundning "Borussiya"sida o'zini to'la-to'kis ko'rsata olmagan. Isak yosh istedodlarning rivojlanishiga alohida etibor beriladigan klubda o'rnini topa olmagani ko'pchilikni ajablantiradi. Aleksander dortmundliklar safida bor-yo'g'i 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan. U muvaffaqiyatsiz ijaradan so'ng "Real Sosedad"ga sotib yuborildi va o'tgan mavsumda maksimal o'sishga erishdi.

Isak Evro'ga o'zini yana bir bor namoyish etish uchun aniq maqsad bilan keldi. SHuni takidlash kerakki, shu paytgacha shveciyalikning hisobida bitta ham to'p yo'q va samarali harakatlardan bittagina yordamchi ochko (assistentlik) mavjud. Ammo raqiblar dastlabki ikki turda 1 ta gol urgan himoyaviy SHveciya terma jamoasi azolari ichidan aynan 21 yoshli forvarddan xavf kutishmoqda. SHveciya Ispaniyadek terma bilan bir guruhda bo'lishiga qaramasdan, guruh g'olibi bo'la oldi. Isak esa aldab o'tishlar soni bo'yicha eng yaxshi natijani ko'rsatdi. SHuningdek, hujumchi foydalilik darajasi bo'yicha kuchli uchlikda turibdi va turnirning barcha hujumchilari orasida eng yaxshilaridan biri sifatida qaralmoqda.

Tez orada u uchun kurash boshlanib ketishi mumkin. Hatto "Borussiya" uni ortga qaytarishga qarshi emas, ammo ular endi APL va Primera klublari bilan raqobatga kirishishlariga to'g'ri keladi.

Domeniko Berardi ("Sassuolo", Italiya)

Italiya terma jamoasining yana bir vakili Domeniko Berardi ham Lokatelli singari deyarli butun faoliyatini o'tkazgan "Sassuolo" sharafini himoya qiladi. Etti yil oldin istedodli hujumkor yarim himoyachini "Yuventus" o'ziga chorladi, ammo u "byankonerilar" tarkibida bironta ham uchrashuv o'tkazmadi va ikki marta jonajon "Sussuolo"siga qaytib keldi.

Domeniko ikki mavsumdan buyon juda yuqori individual o'yin ko'rsatyapti va statistikasini doimiy ravishda yaxshilab boryapti. U Evro'ning dastlabki ikki turida hujumning o'ng tomonida qoyilmaqom o'ynab, Italiyaning Turkiyaga urgan birinchi goliga katta hissa qo'shdi va SHveycariya bilan uchrashuvda jamoadoshi Lokatelliga golli pas uzatdi. Umuman olganda, Berardi terma jamoa uchun juda ko'p gol urishi bilan maqtana oladi - so'nggi 8 o'yinda 5 ta gol.

Yuqorida taqdim etilgan barcha o'yinchilar orasida aynan uning ushbu yozda klubini almashtirishi ehtimoli kam, ammo Domeniko top-klublarga katta foyda keltirgan bo'lardi. Malumotlarga qaraganda, 26 yoshli futbolchiga "Liverpul" tomonidan qiziqish mavjud. 

SHerzod Nurmatov

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика