So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  9 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  4 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Dunyoning eng boy kibersportchilari: Kuchli 25talikda O'zbekistonda tug'ilgan yigit bor Yangiliklar

Dunyoning eng boy kibersportchilari: Kuchli 25talikda O'zbekistonda tug'ilgan yigit bor

Koronavirus pandemiyasi tufayli barcha sport musobaqalari to'xtatildi va nomalum muddatga qoldirildi.

Bir necha kun avval bazi mamlakatlarda futbol ligalari davom eta boshlangan bo'lsada virus kibersport musobaqalariga halal bera olmadi. Kompyuter o'yinlari ishqibozlari har kuni musobaqalar doirasida o'tkazilayotgan o'yinlarni tomosha qilishmoqda. Ko'pchilik "Kibersport - bekorchilar xobbisi, u orqali pul topib bo'lmaydi" deb o'ylaydi, ammo adashasiz. Etiboringizga kibersport olamining eng boy vakillarini havola qilamiz.

Dunyoning eng boy kibersportchilari
O'rinIsmNikDaromad ($)O'yin turiMamlakat
1Yoxan SundshtaynN0tail6,906,166
Dota 2Daniya
2Jessi VaynikkaJerAx6,470,000
Dota 2
Finlyandiya
3Anatan Famana6,000,411
Dota 2
Avstraliya
4Sebastyan DebsCeb5,501,233
Dota 2
Franciya
5Topias TaavitsaynenTopson5,414,446
Dota 2
Finlyandiya
6Kuro TaxasomiKuroKy5,176,688
Dota 2
Germaniya
7Amir Al BakraviMiracle_4,740,318
Dota 2
Iordaniya
8Ivan IvanovMinD_ContRoL4,531,393
Dota 2
Bolgariya
9Marun MerhojGH4,134,326
Dota 2
Livan
10Lasse UrpalaynenMatumbaman3,662,181
Dota 2
Finlyandiya


Dota 2 bo'yicha norasmiy jahon chempionatidagi mukofot jamg'armasi 30 mln. dollardan oshgani tufayli uning g'oliblari boshqa o'yin millionerlarini ro'yxatning pastki pog'onalariga tushirib yubordi. Mazkur reytingning 22-o'rnini O'zbekistonda tug'ilgan - Artur Babaev (Arteezy) egallab turibdi. Ayni damda Kanada fuqarosi hisoblanadigan 23 yoshli Artur Dota 2 o'yinida hozirgacha 2,204,860 AQSH dollari ishlab topgan.


Kibersportda daromad topish reytingida AQSH etakchilik qilmoqda. Amerikalik kibersportchilarning hozirga qadar qo'lga kiritgan yutuqlari 140,460,058 dollarni tashkil qiladi.

Kibersportda eng ko'p daromad (mamlakatlar bo'yicha)
O'rinMamlakatDaromad ($)Kibersportchilar soni
1AQSH140,460,058
16465
2Xitoy108,815,383
4410
3Janubiy Koreya90,087,796
3867  
4SHveciya37,262,507
2461
5Daniya35,359,331
1463
6Franciya28,071,943
3529
7Kanada27,303,878
2680
8Rossiya25,786,927
3399
9Germaniya25,345,779
4046
10Finlyandiya24,801,992
1473


Ushbu reytingda O'zbekiston 64-pog'onani band qilgan. Mamlakatimizda 38 nafar kibersportchi mavjud. O'zbekistonlik o'yinchilar hozirgacha 461,635 AQSH dollari ishlab topgan. Qizig'i, ko'rsatilgan pullarning 333,635 dollari bir kibersportchimiz hisobiga yozilgan. Uning ismi Akbar Bo'taev (Sonneiko). Bir qancha vaqt Dota 2 bo'yicha dunyoning eng mashhur jamoasi - Na'Vi sardori bo'lgan Akbar hozirda Evropaning nomdor NiP (Ninjas in Pyjamas) klubi sharafini himoya qiladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика