So’nggi yangiliklar

11:39Симеоне: "Энрике таркибни кучайтириши керак бўлганида, ПСЖ вингер учун 70 млн евро сарфлади"  1 11:11Гравина: "Гаттузо – Италия футболининг рамзи"  0 10:41“Арсенал“ 19 ёшли футболчи учун курашда “Челси“ни "енгди"  6 10:08ПСЖ украиналик футболчининг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  1 09:35ЦСКА вингери Туркия клубига ўтиши мумкин  1 09:04“У футбол ва футбол учун яшайди.“ Карлес Пуйоль Роналду ҳақида  5 08:30Хакан Чалханоглу фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  0 07:55Суперлига. "Навбаҳор" ва "Хоразм" жамоалари мағлубиятга учради. "Сурхон" ва "Нефтчи" баҳсида эса ҳисоб очилмади  0 07:53Диего Симеоне йирик мағлубият сабабини маълум қилди  21 07:22Клублар ўртасидаги ЖЧ. Яна бир учрашувда ҳисоб очилмади  2 02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  24 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  6 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  12 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3

"Dunyo futboli markazi asta-sekin Amerikaga ko'chmoqda". Alisher Nikimbaev AQSHda futbol qanday tuzilgani haqida Yangiliklar

"Dunyo futboli markazi asta-sekin Amerikaga ko'chmoqda". Alisher Nikimbaev AQSHda futbol qanday tuzilgani haqida

Taniqli ekspert Amerikada futbolning o'ziga xosliklari haqida gapirdi.

Yaqinda saytimizda Alisher Nikimbaev bilan intervyu chiqdi. Bugun, AQSH – O'zbekiston o'yini oldidan suhbatdan kichik bir qismni taqdim etamiz – unda Amerikada futbol qanday tuzilgani haqida so'z boradi. Muhim eslatma: Alisher Nikimbaev bilan intervyu iyul oyi so'nggida qilingan.

- SHimoliy Amerikada nima qilganingiz haqida gapirib bering.

- Men KONKAKAF Oltin kubogiga bordim. Bizni turnir o'tkazishga yordam berish uchun taklif qilishdi, shuningdek KONKAKAF bilan menda ham, Qatar futbol associaciyasi bilan ham yaxshi munosabatlar bor. O'zimga u erga borish juda qiziq edi. KONKAKAF Oltin kubogi ham Osiyo kubogi yoki Evropa chempionatidek qita turniri. U erni ko'rishni va ichkaridan qanday tuzilganini bilishni juda ham xohlagandim. Ikki yil oldin ham Oltin kubogida bo'lganman, ammo bu birdan pandemiyadan so'ng bo'lgan, shu sabab uning o'tkazilishi odatdagidan juda ham keskin farq qilgandi. Aytish mumkinki, o'shanda barchasi klassik bo'lgandi: biz faqatgina Kanzasda yashagan edik va u erda bir guruhning barcha o'yinlari bo'lib o'tgandi. Hozirgi turnirda, umuman AQSHdagi barcha musobaqalarda bunday princip yo'q, unda jamoalar sayohat qilishadi. Huddi shunday Rossiya va Braziliyadagi jahon chempionatlarida bo'lgandi. FIFA buni iqtisodiy maqsadlarda, balansni izlash uchun qilgandi.

AQSHda esa yondashuv umuman boshqacha: u erda Oltin kubogining 31 o'yini turli xil 15ta stadionda bo'lib o'tadi. Qatardagi Osiyo kubogi 9ta stadionda 51ta o'yin o'tkaziladi. Bu erda esa bir oy davomida to'rtta stadionda beshta o'yin kunini o'tkazdim – Xyuston (ikkita stadion), Las-Vegas va Los-Anjeles. Qiziqarlisi, Las-Vegasda atigi bitta o'yin bo'lgandi. Biz keldik, stadionni tayyorladik, u erda turnirning yarim finalini o'tkazdik va shu bilan bo'ldi, ungacha ham, undan keyin ham ortiq o'yin o'tkazilmadi. Tasavvur qiling-a, bittagina o'yin uchun qancha kuch va pul sarflangan.

- Bunday yondashuvning foydali va zararli tomonlari nimada?

- Foydasi – bu tijorat. Masalan, AQSH terma jamoasi Kanzasda uchta o'yin o'tkazdi, shu sabab insonlar nechta o'yinga borishni tanlashdi. Agar terma jamoa shaharda bitta o'yin o'tkazsa, odamlarda tanlov imkoniyati qolmaydi. Aytgancha, eng ko'p foydani AQSH terma jamoasi emas, Meksika terma jamoasi keltirdi. Meksikaliklarning AQSHda katta diasporasi bor va ular futbolni amerikaliklardan ko'proq sevishadi. Hattoki, AQSH fuqarolarining AQSH terma jamoasi o'ynamagan bo'lsa ham, JCH-2018dagi deyarli barcha chiptalarni xarid qilishgani haqida statistika bor. Bular AQSHda yashaydigan etnik meksikaliklar va Meksika terma jamoasi uchun muxlislik qiladiganlar edi. 37 million atrofidagi inson u erda yashaydi. KONKAKAF shahardan shaharga o'tish bilan chiptalar sotuvi muammosini hal qiladi. Los-Anjeles, Las-Vegas va San-Diegoda atigi bittadan o'yin o'tkazildi. Nyu-York, Xyuston, Mayami va yana bir necha shaharlarda ikki-uchtadan o'yinlar o'tkazildi. SHuningdek ayrim o'yinlar MFL (Amerika futboli) klublari stadionlarida o'tkazilganini hisobga olish kerak, ular esa suniy maydonlarda o'ynashadi. Oltin kubogi o'yinlari uchun maxsus tabiiy chim olib kelishdi, bu taxminan 300-350 ming dollarga tushdi. Endi bu pullarni qoplash va foydada qolish uchun chiptalar va tijoratdan qancha ishlash kerakligini tasavvur qiling. KONKAKAF buni bilgan holda ushbu harajatlarni qilmoqda, sababi ular bunda baribir pul ishlashlarini bilishadi.

Farq shular. Menga bularning barchasi qanday tuzilganini ko'rish muhim edi. Hozirda jahon futboli markazi asta-sekin AQSHga ko'chmoqda. U erda kelasi yozda kengaytirilgan tarkibda Kopa Amerika o'tkaziladi, unda Janubiy Amerika jamoalariga SHimoliy Amerikaning eng yaxshi olti terma jamoasi qo'shiladi. Ushbu turnirni AQSHda o'tkazish tijorat bo'yicha foydali, sababi yana o'sha, Amerikada yashaydigan katta diasporalar. 2025 yilda esa AQSHda klublar o'rtasidagi JCH va KONKAKAF Oltin kubogi o'tkaziladi, bu esa JCH-2026 oldidan o'ziga xos sinov bo'ladi.


"Futbolimizda ko'plab "tasodifiy insonlar" bor". Alisher Nikimbaev bilan intervyu (1-qism) 

"Yaqin vaqtlarda BAA, Saudiya Arabistoni va Qatarda o'yinchilarimizning paydo bo'lishi dargumon". Alisher Nikimbaev bilan intervyu (2-qism) 

"Husanovdan tashqari boshqa hech bir U-20 terma jamoasi o'yinchisi Evropada o'ynashga tayyor emas. "Paxtakor" - chempionlik uchun kurashda favorit". Alisher Nikimbaev bilan intervyuning uchinchi qismi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика