Duglas Kosta shartnoma tuzish uchun Turinga keldi
12 iyu 2017 01:49
Yangiliklar
Duglas Kosta shartnoma tuzish uchun Turinga keldi
“Bavariya” yarim himoyachisi Duglas Kosta “Yuventus”ga o'tmoqda.
U shartnoma imzolash maqsadida Turinga etib bordi. Yaqin vaqt ichida futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishi lozim.
Ilgariroq Kosta 6 miloin evro evaziga ijara asosida Myunxendan Turinga ko'chib o'tishi keyinchalik “Yuve” futbolchini 40 millionga xarid qilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.
O'tgan mavsumda Germaniya chempionatida Duglas Kosta 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobida to'rtta gol rasmiylashtirdi, 6 ta golga hammualliflik qildi.
Fikrlar