So’nggi yangiliklar

18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   0 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  2 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1

Drulovich: "Mirjahondan boshqa, Bobir Abdixoliqov va Jasur Yaxshiboev ham markaziy hujumda o'ynay olishadi" Yangiliklar

Drulovich: "Mirjahondan boshqa, Bobir Abdixoliqov va Jasur Yaxshiboev ham markaziy hujumda o'ynay olishadi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich Eronga qarshi o'yindan so'ng o'z fiklarini bildirdi.

"Bugun qanday o'ynaganimzni ko'rdingiz va bu muxlislarni qoniqtiradigan o'yin bo'lgani shubhasiz. Yigitlar bugungi uchrashuvda mamlakati uchun qanday kurashish kerakligini ko'rsatishdi. Muxlislar ko'p bo'lmagani odamni hafa qiladi, chunki shogirdlarim haqli g'alabaga erishishdi. O'yinni ko'rgan ishqibozlar esa juda mamnun bo'lishdi. Murabbiy sifatida ulardan qoniqdim. Mashg'ulotlarda qilingan barcha rejalar ish berdi va natija ham yaxshi bo'ldi", - deydi Drulovich. 


- Markaziy hujumchi masalasida muammo bordek ko'rinmoqda. Mirjahon Mirahmadovdan boshqa unga o'rinbosar futbolchi topilmayapti. Superliganing yoshlar o'rtasidagi o'yinlarda selekciya ishlarini olib borish rejangiz bormi? Har holda Superligamizda bunday yoshdagi hujumchilar asosiy tarkibda deyarli yo'q...


- Bizda ajoyib raqobat bor. Mirjahondan boshqa, Bobir Abdixoliqov va Jasur Yaxshiboev ham markaziy hujumda o'ynay olishadi. Albatta, klub o'rinbosarlari o'rtasidagi o'yinlarni ham kuzatamiz. Jamoalarda sifatli forvardlar bo'lsa, albatta chaqiramiz. Afsuski, hozircha Bobir va Mirjahon darajasidagi hujumchilarni ko'rmadik. 


- Bobir Abdixoliqovning jamoadagi roli qanday?


- U jamoamizning asosiy futbolchisi. Uni qaysi poziciyada o'ynatishimiz, kim bilan o'ynayotganimizga bog'liq. Bazida chap, bazida esa o'ng qanotda sinab ko'ryapmiz. U berilgan topshiriqlarni alo darajada uddalamoqda. Gollar urmoqda, to'pni yaxshi nazorat qiladi, raqib himoyachilarini o'zida ushlab turib, sheriklariga bosh zonalar yaratib beradi.


Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика