Drajen Dukich: "Raqibga jiddiy munosabatda bo'lishni talab qildik"
11 iyu 2014 09:09
Yangiliklar
Drajen Dukich: "Raqibga jiddiy munosabatda bo'lishni talab qildik"
"Oq-tepa" va "Paxtakor" uchrashuvidan keyin murabbiy Drajen Dukichning bahs haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
Drajen Dukich ("Paxtakor" murabbiyi): - Yirik hisobda g'alaba qozonganimiz yaxshi bo'ldi. Biroq o'yin boshida ko'pol xatoga yo'l qo'ydik. SHuningdek, himoyada zarurati bo'lmagan bazi xatolar uchradi. Hisobni tenglashtirganimizdan keyin to'liq tashabbusga erishdik va yirik hisobda zafar quchdik. Oliy va birinchi liga o'rtasidagi farq yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. Yigitlardan o'yin va raqibga jiddiy munosabatda bo'lishlari lozimligini talab qildik. CHunki jamoaviy o'yinni shakllantirib borishda bu juda muhim. Bugun suniy qoplamali maydonda o'ynadik. Navbatdagi bahsda esa maydoni juda yaxshi bo'lmagan Zomindagi stadionda "So'g'diyona"ga qarshi o'ynaymiz. Endi o'sha bahsga tayyorgarlikni boshlaymiz.
Fikrlar