Draksler: "Bir yil oldin Ozil meni "Arsenal"ga chaqirgandi, endi uni PSJga chaqiraman"
15 apr 2017 13:24
Yangiliklar
Draksler: "Bir yil oldin Ozil meni "Arsenal"ga chaqirgandi, endi uni PSJga chaqiraman"
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler Parij klubida "Arsenal"dagi hamyurti Mesut Ozilni ko'rishdan xursand bo'lishini aytdi.
"Ha, men bu jamoada do'stimni ko'rmoqchiman, chunki Mesutning "Arsenal" bilan shartnomasi deyarli yakunlandi, yana bir yil qoldi. U ajoyib futbolchi, u bilan terma jamoada o'ynash yoqadi. Ozil bilan PSJda birga o'ynashni istayman. Biz gaplashib turamiz va do'stlardek munosabatdamiz. Unga shunday deyman: "PSJga o't". U kuladi, chunki bir yil oldin meni "Arsenal"ga chaqirgan edi.
Uning rejalaridan xabarim yo'q, biroq avval aytganimdek uni shu erda ko'rmoqchiman, chunki u ajoyib futbolchi va yoqimli inson" - deydi Draksler.
Fikrlar