So’nggi yangiliklar

10:42"Бавария"нинг асосий футболчиси "Реал"га ўтишга розилик берди  1 10:15Тен Хаг мураббийликка қайтишга яқин (Фабрицио Романо)  1 09:47EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди  0 09:20Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди  14 08:52"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди  9 08:25УЕФА ЕЧЛнинг ҳафта рамзий термасини эълон қилди  1 07:58Ла Лига жамоаси кетма-кет бешинчи ғалабасидан сўнг "Манчестер Юнайтед"ни масхара қилди  1 07:30Суперлига. Бугун 28-турга старт берилади  10 03:02Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" 2-ғалабасини қўлга киритди, "Динамо" Киевдан 6та гол ва бошқа натижалар  0 02:57Европа лигаси. "Астон Вилла", "Рома", "Бетис"дан ишончли ғалабалар ва бошқа натижалар  0 02:00Азизбек Эримбетов: "Кейинги баҳсда биз олдингидан-да яхшироқ ўйин кўрсата оламиз деб ўйлайман"  3 01:38Абдусамад Саидов: "Мураббийларнинг барча кўрсатмаларини бажара олганимиз учун ғалаба қозондик деб ўйлайман"  1 01:10Ислом Исмоилов: "Ирландиянинг Парагвайдан кучли томонлар бўлса борки, кучсиз томонлари йўқ"  2 00:58Роналду: "Саудиядан кўра Испанияда гол уриш осонроқ"  31 00:34U17 ЖЧ. Бельгиядан 7, Португалиядан 6 гол, Осиё термаларидан муваффақиятсизликлар  0

Dragan CHeran - O'zbekiston terma jamoasida o'ynash, hujumchilarga nima etishmayotgani va "Paxtakor"dagi taqdiri haqida Yangiliklar

Dragan CHeran - O'zbekiston terma jamoasida o'ynash, hujumchilarga nima etishmayotgani va "Paxtakor"dagi taqdiri haqida

Piter Xyuistra murabbiyligidagi "Paxtakor" 2021 yilda ham chempionlikni hech kimga bermadi va oltin medallariga ega chiqdi.

Ketma-ket uchinchi yil Superligada birinchi o'rinni egallayotgan "sherlar" umumiy hisobda Superkubok bilan birga hisoblaganda mavsumni ikkita sovrin bilan yakunladi. Bunda albatta asosiy tarkibning almashtirib bo'lmas futbolchisi Dragan CHeran katta xajmdagi ishni bajarib berdi. Serbiyalik ijrochi 16ta gol bilan ketma-ket uchinchi yil Superliga to'purariga aylandi. Biz mavsum yakunlari bo'yicha CHeranning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Dragan "Paxtakor"ning yilni 2ta kubok bilan yakunlagani qoniqarlimi? Yoki bu mavsumdagi harakatlarga nisbatan kammi? SHaxsan o'zingiz buni qanday baholaysiz?

- Albatta mavsumdan qoniqish hosil qildik. 2021 yilni yaxshi o'tkazdik. Boisi chempionat startidan avval Superkubokda g'olib chiqib o'zimiz uchun ishonch orttirib olgan edik, deb o'ylayman. Oxirida barchasini chiroyli yakunlash uchun kubokda g'olib chiqmaganimiz alamli holat bo'ldi. SHunga qaramay ajoyib mavsum ortda qoldi. 

- O'zbekiston kubogi finalida diskvalifikaciya sabab "Nasaf"da Marko Stanoevich, "Paxtakor"da siz maydonga tusha olmadingiz. Bu ikki futbolchi o'zaro kelishib olgan, degan hazil gaplar ham bo'ldi...

- Ha, nima ham derdim vaziyat shunday bo'lib qoldi. VAR qarori tufayli biz ikkimiz finalni o'tkazib yuborishga majbur bo'ldik. Mavsumni bunday tarzda tugatish hamma futbolchiga ham yoqmasa kerak. "Paxtakor" uchun xafaman, Marko va "Nasaf" uchun xursandman. 

- O'zbekistonga kelganingizga 5 yil to'ldi. Yozda xattoki mamlakat fuqaroligini olib terma jamoamizda o'ynash imkoniyatiga ega bo'lgan edingiz. Lekin vakillarimiz Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'yishdi. Endilikda sizning bu boradagi rejalaringiz o'zgarmadimi?

- O'zbekiston pasportini ololmaganim afsuslanarli holat. O'ylaymanki, terma jamoaga yordam bera olardim. Ammo keyingi hal qiluvchi bosqichga chiqa olishmadi. Natijada barchasi o'zgarib ketdi.  

- "Paxtakor" futbolchilariga chempionlik uchun mukofot pullari berildimi? CHunki taqdirlash marosimida ayrim o'yinchilarning kayfiyati yaxshi emasdi...

- Ushbu savolga javob bera olmayman. Biz barchasini klubning ichida hal qilamiz. 

- Yuqorida aytganimizdek uch yildan beri to'purarlar poygasida birinchilikni qo'lga kiritib kelmoqdasiz. O'zbekistonlik xujumchilarga bu borada nima etishmayapti? Agar penaltilarni hisobga olmaganda 15ta ham gol urishmayapti...

-  Ochig'ini aytadigan bo'lsam, yaxshi xujumchichlar bor. Faqatgina vaziyatlarni yakunlash etishmayapti, xolos. Bir necha yil yuqori darajada to'p tepish uchun ko'proq shuning ustida ishlash kerak. Fikrimcha qolgan hujumchilar yomon mavsum o'tkazishmadi.

- Sizni keyingi yil o'z jamoasida ko'rishni istayotgan murabbiylar talaygina. "Paxtakor"dagi taqdiringizga oydinlik kiritib oldingizmi?

- Ha, 2022 yilgi mavsumni "Paxtakor" safida o'tkazaman. 

- Bu yilgi "Paxtakor" avvalgilariga xususan SHota Arveladze davriga qaraganda kuchsizmidi?

- O'yinlarimizni ko'rgan bo'lsangiz bunga amin bo'lgansiz. Mavsum boshida jamoani deyarli bitta tarkib tark etdi. Ulardan 4 nafari asosiy o'yinchilar hisoblanardi. Yozda ikkita futbolchi Doston va Odil qaytdi. Ammo Jaloliddin Masharipov qaytgani yo'q. Masharipov o'yinimizda ko'p narsani hal qilib berardi. SHunday bo'lsada, katta hajmdagi ishni bajardik va chempion bo'ldik. 

- Jamoa muxlislari galdagi mavsumda nimaga umid qilishlari mumkin va ularga aytadigan so'zingiz bormi? 

- "Paxtakor" har doim sovrin uchun kurashadi. Ichki chempionat va OCHL bahslarida bizga muxlislik qilishlarini so'rab qolaman. Yaqinlashayotgan yangi yilingiz bilan tabriklayman.  


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика