So’nggi yangiliklar

01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  1 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  3 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  1 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  0 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  1 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  5 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  42 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4

Dragan CHeran: "Nuqta"ga yaqinlashayotganda biroz qo'rqdim" Yangiliklar

Dragan CHeran: "Nuqta"ga yaqinlashayotganda biroz qo'rqdim"

"Paxtakor" legioneri Dragan CHeran OCHL pley-off doirasidagi "Al Nasr"ga (1:2) qarshi bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Bizni qiyin bahs kutayotgani ayon edi. "Al Nasr" safida qator yaxshi saviyadagi legionerlar bor. Biz jamoa bilan yaxshi o'yin ko'rsatishga urindik va buni uddaladik. O'yin og'ir o'tdi deb ayta olaman.

Penalti tepayotganda sal qo'rqdim. CHunki bir necha daqiqa oldin raqib ushbu "nuqta"dan adashgandi. Lekin xotirjamlikni saqlab, fikrimni bir joyga jamladim va to'pga yaqinlashdim.

Muhimi, bugun biz o'z oldimizdagi vazifani bajardik. Endi bor etiborni ichki chempionat va OCHL guruh bosqichiga qaratamiz. Guruhimiz juda kuchli, lekin imkonsiz ishning o'zi yo'q. Ikki qiyin o'yinni yutdik. Endi guruhda yaxshi qatnashishga urinamiz", - deydi "Al Nasr" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Dragan CHeran.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" OCHL pley-off doirasidagi "Al Nasr"ga qarshi bahsni o'z foydasiga hal etdi. Mazkur bahsda esa hisobni ochuvchi golni aynan Dragan CHeran penaltidan kiritdi. Bundan avval esa "Paxtakor" Toshkentda Iroq klubi "Eyr Fors"ni yutib pley-off bahsida qatnashish huquqini qo'lga kiritgandi.

"Paxtakor"ning guruhdagi raqiblari: "Persepolis" (Eron), "Al Sadd" (Qatar), "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni).

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика