So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Dostonbek To'xtaboev: “Natijadan xafa bo'lishga haqqimiz yo'q” Yangiliklar

Dostonbek To'xtaboev: “Natijadan xafa bo'lishga haqqimiz yo'q”

Superliganing 23-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar darvozaboni Dostonbek To'xtaboevning fikrlariga quloq tutdik.

“Qiziqarli o'yin bo'ldi. O'zim ham namanganlik bo'lganim bois, bu o'yinga ikki karra masuliyat bilan maydonga tushgandim. “Mashal” bugun o'z maydonida to'p tepayotgani tufayli g'alaba qozonishni rejalashtirgandi. Yaratilgan imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Bir ochkoga ega bo'ldik. Bundan xafa bo'lishga haqqimiz yo'q. 

- “Mashal”ning g'alaba qozona olmaganiga nima sabab bo'ldi?

- Yuqorida aytganimdek, bizda ham, raqibimizda ham gol urish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Biroq ikkala tomon ham gol urishning uddasidan chiqa olmadi. Bundan tashqari, “Navbahor” tartibli o'ynagani va bizga etarlicha qarshilik ko'rsatgani o'yinda durang qayd etilishiga sabab bo'ldi. 

- Jamoangizni joriy mavsumdagi ishtirokini qanday baholaysiz?

- Bizda barchasi joyida. Faqatgina, muhim o'yinlarda o'z darajamizda o'ynay olmadik. Muhim ochkolarni boy berib qo'ydik. Qaysidir o'yinlarda men ham jamoaga pand berib qo'ydim. CHunki tajriba etishmasligi sezilib qolmoqda. Oldinda bizni muhim bahslar kutmoqda. Mashg'ulotlarga puhta tayyorgarlik ko'ramiz hamda ijoyib natija ko'rsatish uchun borimizni beramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика