So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Dostonbek Toshmatov: “Oliy liga jamoalaridan taklif tushsa, o'ylab ko'rib o'taman” Yangiliklar

Dostonbek Toshmatov: “Oliy liga jamoalaridan taklif tushsa, o'ylab ko'rib o'taman”

Ertaga O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi davra 32-tur doirasidagi “Zomin”-“Orol” uchrashuvi bo'lib o'tadi, uchrashuvdanoldin mezmonlar hujumchisidan o'yin haqida fikri bilan qiziqdik.

-   “Orol” jamoasi qarshi qanday tayyorgarlik ko'rayapsizlar?
-   Raqibimizga qarshi “Xorazm”ga qanday tayyorgarlik ko'rgan bo'lsak shunday davom ettirayapmiz. Maqsad raqibimizni mag'lub etib, muxlislarimizni hursand qilishdir. CHunki biz muxlislar uchun maydonga tushamiz.

-   Oxirgi ikki turdan beri raqiblar darvozasini ishg'ol qilmoqdasiz. Nima deb o'ylaysiz “Orol” jamoasiga ham gol ura olasizmi?
-   Hujumchini maydonga tushishdan asosiy maqsadi – raqiblar darvozasini ishg'ol qilib, jamoa g'alabasini taminlash. SHunday ekan, har safar maydonga tushganimda gol urub jamoaning g'alabasini taminlashga xarakat qilaman. “Orol”ga ham gol urush niyatim bor.

-   Siz bir necha yillardan buyon “Zomin” jamoasining asosiy tarkib hujumchisi hisoblanasiz. O'tkan yilgi mavsumda 20 tadan oshiq gol urgansiz. Mavsum so'ngiga qadar o'tkan yilgi natijani takrorlay olasizmi?
-   Xa o'tkan yilgi musobaqada 20 tadan oshiq gol urgandim. Bu yilgi mavsumda ham agar murabbiylar menga asosiy tarkibda o'ynash uchun imkon berishsa, o'tkan yil natijadan ham yaxshiroq natija qilishga harakat qilaman.

-   Sir bo'lmasa hozirgacha necha marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qildingiz?
-   Bu hozircha sir bo'la qolsin. Lekin musobaqa so'ngiga qadar hammasini bilib olasiz. CHunki oldinda yana 7 ta tur o'yinlari bor.

-   Nima deb o'ylaysiz, keyingi yilgi Oliy ligaga Birinchi ligadan qaysi jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi?
-   “Dinamo” jamoasi. CHunki bu jamoa hozirgi kundagi Birinchi liganing eng kuchli jamoasidir.   

-   Keyingi yilgi mavsumda, Oliy liga jamoasidan taklif tushsa, boshqa jamoaga o'tish niyat bormi?
-   Xa albatta. Agar Oliy liga jamoalaridan taklif tushsa, o'ylab ko'rib o'taman.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика