Doston Hamdamov: "Jahon chempionatiga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda"
07 may 2015 12:46
Yangiliklar


Doston Hamdamov: "Jahon chempionatiga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda"
2:2 hisobida yakunlangan o'yindan keyin terma jamoamiz yarim himoyachisi Doston Hamdamovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Qirg'izistonga qarshi o'yin yaxshi o'tdi deb o'ylayman. Ular ham yaxshi jamoaga ega ekanlar. Qirg'izistonga Osiyo chempionatida saralashida omad tilayman. Raqib futbolchilari bizdan kattaroq edi, lekin bu uchrashuv vaqtida u qadar sezildi deb o'ylamayman.
- Jahon chempionatiga oz fursat qolmoqda. Tayyorgarlik maromida ketmoqda. Barcha qanday musobaqaga ketayotganini yaxshi tushunib turibdi. Hozirgi tarkibdagi ko'plab futbolchilar o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan.
- Raqiblarni disklar orqali o'rganib borayapmiz. Guruhdagi barcha raqiblar bilan o'ynasa bo'ladi. SHunchaki cho'chimagan holda maydonga tushsak bo'lgani, - deydi Hamdamov.
Narzulla Saydullaev yozib oldi

Fikrlar