Doston Hamdamov: "Uch ochko osonlikcha qo'lga kiritilmadi"
14 mar 2020 22:10
Yangiliklar
Doston Hamdamov: "Uch ochko osonlikcha qo'lga kiritilmadi"
Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar qiziqarli o'yin guvohi bo'lishdi. Yakunda poytaxt jamoasining g'alabasi bilan yakunlangan bellashuvdan so'ng Doston Hamdamov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi o'rinda g'alaba bilan jamoamizning muxlislarini tabriklayman. O'yin yaxshi, keskin va biz kutgandek bo'ldi. Turdan turga o'yinimizni kuchaytirishga etibor qaratamiz. Garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, uch ochko osonlikcha qo'lga kiritilmadi. "Buxoro" bilan uchrashuvdagi xatolar ustida ishlagandik. Eren Derdiyok bilan o'zaro bir-birimizni tushunishimiz yaxshi kechmoqda. Muxlislarning kamligi ajablantirmadi. Kelish yoki kelmaslik ularning xohishi. Qolaversa, bahs televizor orqali jonli efirda namoyish etilgan. Ekran ortida ham minglab ishqibozlar borligiga shubham yo'q", dedi Hamdamov.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar