Donnarumma: "Parijga futbol o'ynash uchun keldim"
04 okt 2021 19:39
Yangiliklar
Donnarumma: "Parijga futbol o'ynash uchun keldim"
PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma francuz klubidagi o'rni haqida gapirdi.
"Klubda amaliyot yo'qligi tufayli terma jamoadagi o'rnimni yo'qotishdan xavfsiraganim yo'q. Men Parijga futbol o'ynash uchun keldim. Lekin sekin-sekin moslashayotganim ham maqul. Ishonchim komilki, tez orada hammasi yaxshi bo'ladi. Terma jamoa bilan hech qanday muammo yo'q", — deyd Donnarumma.
22 yoshli Donnarumma PSJga yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Ilgari u "Milan" sharafini himoya qilgan. Franciya chempionatining joriy mavsumida darvozabon uchta uchrashuvda qatnashib, uchta gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar