Donnarumma bazan zaxirida qolayotgani haqida: "Men har doim asosiy darvozabon bo'lganman. Vaziyat menga yoqmayapti"
13 noy 2021 22:33
Yangiliklar
Donnarumma bazan zaxirida qolayotgani haqida: "Men har doim asosiy darvozabon bo'lganman. Vaziyat menga yoqmayapti"
PSJ darvozaboni o'zini asosiy deb hisoblaydi.
Janluiji Donnarumma Keylor Navas bilan bo'layotgan raqobat haqida gapirdi.
"O'yinlarimdan bu bilinmayotgan bo'lishi mumkin, ammo menga bu yoqmayapti. Bilasizki, men har doim asosiy darvozabon bo'lganman. Zaxirada qolish esa, doim ham og'ir bo'ladi.
Ammo men xotirjamman. Aminmanki, vaziyatdan chiqish yo'lini topaman", -deydi Janluiji Donnarumma.
Eslatib o'tamiz, darvozabon Franciya chempioniatining 13 turidan so'ng, 5 marta maydonga tushdi.
Fikrlar