Janluijji Donnarumma: "Pep meni jamoasida ko'rishni istayotganini aytdi. Bu meni g'ururlantirdi"

Mirjalol Normatov
12 sen 2025, 01:08
Janluijji Donnarumma Pep Gvardiolaning qo'l ostida o'ynashidan g'ururlanishini aytdi.

"Uning tarixi barchasini so'zlaydi. U meni o'z jamoasida ko'rishni istayotganini aytdi, bu esa meni g'ururlantirdi. Bu hissiyotlarni tushuntirib berish qiyin. Uning qo'l ostida shug'ullanish - istalgan futbolchi uchun eng yaxshisi. Uning jamoasida o'ynashni sabrsizlik bilan kutyapman. Pep bilan ko'p sovrinlarga ega chiqishimizni istayman.

Bu mening faoliyatimdagi boshqa sahifa. APLda o'ynashni doimo orzu qilganman: bu dunyodagi eng yaxshi liga. Menimcha futbolchi uchun APLda o'ynash o'z maqsadining eng yuqori cho'qqisi bo'lishi kerak. Bu yerda ekanligimdan xursandman. Barchaning ishonchini oqlashga harakat qilaman", - dedi Donnarumma.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: mancity.com