Donnarumma "Barselona"ga o'tishi mumkin
21 may 2021 19:55
Yangiliklar
Donnarumma "Barselona"ga o'tishi mumkin
"Milan" posboni Janluiji Donnarumma kelasi mavsumni "Barselona"da boshlashi mumkin.
Uning "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyining oxirida yakunlanadi, deya xabar tarqatdi AS.
Gazetaning yozishicha, darvozabonning agenti Mino Rayola "Barselona" prezidenti Joan Laportaga Evropada talabgorlari talaygina bo'lgan Marka-Andre ter SHtegenni sotib yuborib, Jiji bilan erkin agent sifatida shartnoma tuzishni taklif qilgan.
Fikrlar