So’nggi yangiliklar

14:29ПСЖнинг навбатдаги трансфер мақсади маълум  0 14:03"Барселона" футболчиси нима учун "Челси"га ўтишга қарор қилганини тушунтириб берди  0 13:40Конор Макгрегор Криштианунинг йиғлаганига муносабат билдирди  5 13:21Ўзимизнинг карикатура. Олимпиада учун таркиб танлашда Тимур Кападзенинг боши қотган  3 13:01Olamsport: Ўзбекистоннинг Олимпиададаги байроқдорлари маълум, совриндор спортчиларимиз қанча пул олишади?  0 12:17Артета ва "Арсенал" янги шартнома бўйича музокаралар ўтказмоқда  0 11:42"Вулверхэмптон" Бразилия U-20 терма жамоаси етакчисини сотиб олди  2 11:15Копа Америка. Бразилия - Колумбия 1:1, Хамес Родригеснинг стандартлари Бразилияни қийнаб қўйди  2 10:562025 йилнинг ёзида эркин агентга айланиши мумкин бўлган энг қиммат футболчилар рўйхати эълон қилинди  1 10:28Копа Америка. Чорак финал олдидан Бразилия терма жамоасида катта йўқотиш бор  8 10:00«Челси» 35 миллионлик трансферни амалга оширди  5 09:42Шерзод Файзиев "Қизилқум"ни тарк этди  1 09:33Месси? Аргентина терма жамоасининг олимпиадага борадиган таркиби маълум  8 09:05Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар «man of the match» соҳибига айланди?  1 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун воҳа дербиси бўлиб ўтади  6

Dmitriy An: "Tarbiyalanuvchilarim Jahon chempionatida ishtirok etishidan juda ham mamnunman" Yangiliklar

Dmitriy An: "Tarbiyalanuvchilarim Jahon chempionatida ishtirok etishidan juda ham mamnunman"

O'zbekiston terma jamoasi U-20 Osiyo Kubogi finaliga chiqdi va JCH-2023ga yo'llanmani qo'lga kiritdi!

20 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari kuchli raqiblarni mag'lub etgan holda, Osiyo Kubogining final bosqichiga chiqishdi. Bundan tashqari, terma jamoa 2023 yilning may-iyunida Indoneziyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Qayd etish kerakki, jamoalar bunga qadar guruh bosqichida ishtirok etishgandi. Milliy jamoa Suriya (2:0) va Iroq (1:0)ni mag'lub etib va Indoneziya (0:0) bilan durang o'ynagan holda, guruh bosqichini 7 ochko bilan yakunladi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 9 nafar o'yinchisini tarbiyalagan iqtidorli o'zbek murabbiyi Dmitriy Mixaylovich Anning ulkan mehnatini alohida qayd etmoqchiman. Dmitriy Anning O'zbekiston U-20 terma jamoasining 2023 yilgi Osiyo chempionati saralash o'yinlariga chaqirilgan tarbiyalanchilari: Behruz Askarov, Abubakr Ashurov, darvozabon - Otabek Boymurodov, Po'latxo'ja Xoldorxonov, Abbos Fayzullaev, Diyorbek Ortiqboev, SHaxriyor Jabborov, Izatullo Po'latov va SHahzod Rahmatullaev. Yaqinda Avstraliyaga qarshi chorak final o'yinida ularning etti nafari ishtirok etdi.

Bugun "Paxtakor-79"ning jahonga tanilgan futbolchisi Mixal Anning o'g'li Dmitriy Mixaylovich sulolaning shonli ananalarini davom ettirmoqda. Innokentiy An menga 2014 yilda uning akasi Mixail 79-yillarning oxirida murabbiylik haqida o'ylayotgani, "Paxtakor"ning ajoyib futbolchilarini tayyorlash uchun o'zining ixtisoslashgan bolalar futbol maktabini ochishni o'ylaganini aytgandi.

"Paxtakor" futbol akademiyasida murabbiy bo'lgan holda, otasining yo'lini o'g'li Dmitriy An (suratda) amalga oshirdi. Agar Mixail An tirik bo'lsa, o'z o'g'li bilan faxrlangan bo'lardi deb o'ylayman... Har bir murabbiyning o'z ish uslubi va futbolga qarashlari bor. Dmitriy Mixaylovich yaxshi maktabni o'tagan, charp to'p ustalari jamoalarida o'ynagan, uning ustozlari Sobiq ittifoqning eng yaxshi murabbiylari bo'lishgan...

Men Dmitriydan shogirdlarining muvaffaqiyat siri nimada ekanligini so'raganimda: "Akademiyamizda bolalikdan klub tarixini o'rganamiz, ular uchun futbol faxriylari bilan turli uchrashuvlar o'tkaziladi, sababi tarixsiz kelajak yo'q, o'rnak uchun "Paxtakor" futbol klubini ko'rsatish etarli. Bolalarda yoshlikdanoq vatanparvarlik, klubga va vatanga bo'lgan muhabbat ruhini tarbiyalaymiz. Ularni doim birlashtirishga va do'stlikni rivojlantirishga harakat qilganmiz. Natijalar esa sizga malum..."

Bu Dmitriy An 2010 yilda yiqqan va 2021 yilda chiqargan 7-8 yoshli bolalardan tashkil topgan do'stona futbol oilasi. Men Dmitriy Mixaylovichdan shogirdlari, U-20 termasi azolari haqida qisqacha aytib berishni so'radim: 

Abbos ERGASHBOEV – bu iqtidorli futbolchi U-20'ning barcha yig'inlariga jalb qilingan, u jamoaning ruhi bo'lgan. Abbos o'zining "Paxtakor" professional futbol klubidagi debyut o'yinini OFK CHempionlar Ligasi doirasidagi "Al Taavon" (Saudiya Arabistoni)ga qarshi o'yinda o'tkazgan. O'yinchi unda 86-daqiqada o'zining ilk va raqib darvozasiga g'alaba golini urgan. O'yin o'shanda 5:4 hisobida "Paxtakor"chilar foydasiga yakunlangan. Olingan jarohat unga o'yinni davom ettirishga imkon bermadi va 2022 yilning 12 avgustida operaciya qilindi. Xudoga shukur, u hozirda sog'aydi va keyingi oydan "Paxtakor" jamosi mashg'ulotlariga kirishadi.

Abbos FAYZULLAEV – u jamoamizga 8 yoshda kelgan. SHaxsan men bunday yoshda hech kim kelajakda ajoyib futbolchi bo'lish yoki bo'lmasligini ayta olmaydi deb hisoblayman. Ammo unda futbolga bo'lgan muhabbat katta bo'lgani uchun yaxshi kelajak kutayotgani ko'rinib turardi. Abbos Fayzullaev 2018 yil Olmaotadagi turnirda "Dnepr" (Ukraina) jamoasiga qarshi o'yinning tezkor qarshi hujum qismidan to'g'ridan-to'g'ri maydon markazidan gol urgan (hatto raqib murabbiyi ham olqishlagan), Abbosning Qozog'istonda o'tgan turnirning barcha to'rt qismida barcha turnirlarning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Mahalliy bilguvchilar va tomoshabinlar kelishgan va o'sha paytdayoq u bilan qiziqishgan (hatto uning fuqarolikni o'zgartirish yoki o'zgartirmasligini xohlashi haqidagi savollar ham bo'lgandi). Abbos U-20 saralash o'yinlarida ikkita gol (Suriya va Avstraliya terma jamoasiga) urdi.

Behruz ASQAROV – "Paxtakor" akademiyamizga 2011 yilda 8 yoshida kelgan. Bu yigitcha o'shanda ko'chada kun bo'yi to'p ortidan yugurgan... Yoshligidan bu bolada qo'rquv hissi yo'qligi, doim harakatchanlik va faollik sezilib turardi. 

Abubakr ASHUROV – u 7 yoshida "Istiqlol" futbol maktabidan akademiyaga kelib qo'shilgan. Juda ham istiqbolli yosh futbolchi, unda antropometrik jihatdan juda yaxshi ko'rsatkichlar bor. 

Otabek BOYMURODOV – akademiyamizga 8 yoshida "Lokomotiv" FK maktabidan kelgan. Ajoyib darvozabon, ishonchli, jasur, unda yaxshi istiqbol bor. U Toshkentdagi U-20 saralash bosqichining qahramonlaridan biriga aylangandi.

Diyor ORTIQBOEV – Oqqo'rg'on shahridan 11 yoshida akademiyaga qabul qilingandi, yoshligidan mehnatkash, mashg'ulotlardan so'ng doim qolib, yangi texnikalarni mashq qilardi. Akademiyamizdan uzoq joyda yashagan, mashg'ulotlarga bir tomonga kelish uchun ikki soat ketardi... U shunday qilib yoshligidan futbolni va o'zining sevimli bolalar jamoasini sevgan. 

Izzat PO'LATOV – Andijondan 2014 yilda kelgan. O'zining ajoyib sport ko'rsatkichlari va chidami bilan farq qilgan. Istiqbolli futbolchilar SHahzod RAHMATULLAEV, SHaxriyor JABBOROV 2014 yilda akademiyamizga kelishgan. Ishonchim komilki, ular haqida ham futbol mutaxassislari qayd etishmoqda. Po'lat XOLDORXONOV – akademiyamizga 13 yoshida "Bunyodkor" akademiyasidan o'tgan. Amplua – hujumchi. Tezkor dribling, kurashlardan qo'rqmaydi, kuchli zarbalarga ega (ikki oyoqda ham), bir maqsadga qarab intiladigan o'yinchi, hujumchiga xos fazilatlari bor. U-20 saralashi doirasida Iroq termasiga qarshi hal qiluvchi golni urdi va Avstraliya termasi darvozasini ishg'ol qildi. 

Alohida qayd etmoqchimanki, yuqorida sanagan barcha futbolchilarim yoshliklaridanoq futbolni juda yaxshi ko'rishgani, doim ularning zamonaviy futbolni o'rganish xohishlarini his qilganman.

Va eng asosiysi, barcha yigitlarimiz yoshligidan sharqona yaxshi ananalarda tarbiyalangan, men buni ahil jamoaning muhim faktorlaridan deb bilaman.




Muallifdan: U-20 yosh futbolchilarining muvaffaqiyatlaridan xursand bo'lgan holda, nega O'zbekiston terma jamoasi (U-20) murabbiylar shtabiga ushbu iqtidorli futbolchilar bilan ishlagan "Paxtakor" futbol akademiyasining ajoyib murabbiyi kiritilmaganini tushunmadim... CHunki u 10 yil davomida O'zbekiston terma jamoasining yarmidan ko'p tarkibini tarbiyalaganku... Menimcha, u boshqalardan ko'ra holat, imkoniyat va terma jamoa asosiy futbolchilarining qobiliyatlarini yaxshiroq biladi. Bunday iqtidorli murabbiyga o'z ishini mantiqiy yakuniga etkazish imkoniyati berilmagani juda ham afsusli...

SHaxsan men "Paxtakor-79"ning biografi sifatida bu futbol oilasini anchadan beri kuzataman. Ko'p marta katta Dmitriy An va afsonaviy Mixail An haqida yozganman. SHuningdek, kichkina iqtidorli Dmitriy Anning shunday muvaffaqiyatlarga erishayotganini kuzataman. U tarbiyalanuvchilarining muvaffaqiyatlari bilan futbol mutaxassisi sifatida o'z savisini amalda ko'rsatdi.

Yosh futbolchilarni tarbiyalash – murabbiylik ishining atigi bir qismi. Jamoa ko'rsatayotgan natija ham muhim. Mana bir nechta aniq misollar: Qozog'istonda tez-tez yuqori darajadagi xalqaro turnirlar o'tkazilib turadi. Dmitriy An shogirdlari to'rt bor ushbu turnirlarda ishtirok etishgan. U erda asosan nomdor va taniqli futbol jamoalarining maktablari va akademiyalari ishtirok etadi.

Toshkentliklarning sparring raqiblari shunday ko'rinish olgandi: "Dinamo" FK (Tbilisi), "Zenit" (Sankt-Peterburg), CHertanovo akademiyasi (Moskva), "Dnepr" (Dnepropetrovsk, Ukraina), "Dordoy" (Bishkek, Qirg'iz Respublikasi), "Pomir" (Dushanbe), Qayrat (Olmaota) va boshqalar. Bizning yigitlar bir bor birinchi o'rinni qo'lga kiritishgan, shuningdek ikki bor ikkinchi va bir bor uchinchi o'rinni band etishgan.

SHuningdek 2015 yil Koreya Respublikasasida o'tgan xalqaro turnirda ham "Paxtakor" yosh futbolchilari o'z mahoratlarini namoyish etib, 1-o'rinni egallashgan.

Har qanday murabbiy uchun asosiy motivaciya – uning ish natijasi. Umuman olganda, "Paxtakor" Dmitriy An qo'l ostida 2012 yildan 2018 yilga qadar 26ta xalqaro, respublika va shahar turnirlarida ishtirok etgan. 20 marta birinchi, besh marta ikkinchi va bir marta uchinchi o'rinni egallagan.

Dmitriy An – yosh va iqtidorli murabbiy, unda hali barchasi oldinda. Uning bunday imkoniyatlar bilan katta natijalarga erishishiga ishonchim komil. Uning oldidan hech kim eshikni yopib qo'ymagan. U o'z sevimli murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqda. Dmitriy Mixaylovich An bugungi kunda "Paxtakor" U-19 bosh murabbiyi bo'lib ishlamoqda. Futbol – bu yuqori natijaga erishish uchun doimo izlanish. Iqtidorli murabbiyga yuksak natijalar va ulkan sport muvaffaqiyatlari tilab qolamiz.


Mavlon SHukurzoda,

Toshkent, 2023 yil 12 mart.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика