So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  3

Diyorjon Turopov: "Raqibdan kuchliligimiz sezilib turdi" Yangiliklar

Diyorjon Turopov: "Raqibdan kuchliligimiz sezilib turdi"

Superliganing 5-turida "Surxon" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Lokomotiv" yarim himoyachisi Diyorjon Turopov klub matbuot xizmatiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin jangovar ruxda o'tdi. Bahs davomida raqibdan kuchliligimiz ko'rindi. CHunki biz raqibdan ko'ra ko'proq vaziyatlar yaratdik. Biroq ularni golga aylantirishda biroz sustroq harakat qildik. Umuman olganda bugun chiroyli o'yin ko'rsata oldik deya olaman. SHuningdek, "Surxon" futbolchilari ham bizga yaxshi qarshilik ko'rsata olishdi.

- Ketma-ket ikkinchi o'yinda gol urib, jamoaga 4 ochko keltirdingiz. Hissiyotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
- Jamoaga yordamimi tegayotganidan xursandman. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni niyat qilganmiz. Ammo yaratilayotgan ko'plab vaziyatlardan foydalanishda xatolar ko'p bo'lmoqda. Bu borada ishlab, ko'proq gol urishga harakat qilyapmiz. Endi o'yinimiz ochilib ketishiga ishonaman.

- Ushbu mavsumda ilk g'alaba 5-turga kelib qo'lga kiritildi...
- Bu futbol. Unda hamma narsa bo'lishi mumkin. Asosiysi - bugun g'alabaga erishdik. G'alaba doimo futbolchining, muxlislarning kayfiyatini ko'taradi. Endi to'xtab qolish kerak emas. Hali mavsumning katta qismi oldinda. Ko'plab g'alabalar bizni kutib turganiga ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика