Diyor Mirzaboev: "Hujumchilar bilan ishlayapmiz, foydasi bo'lmayapti"
21 avg 2020 19:26
Yangiliklar
Diyor Mirzaboev: "Hujumchilar bilan ishlayapmiz, foydasi bo'lmayapti"
Superliga 11-turidan o'rin olgan "Andijon" - AGMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlarini bildirdi.
Bugungi o'yinga tayyorgarlik reja asosida bo'lgandi. Raqib bu mavsumda hali mag'lubiyat nimaligini AGMK edi. SHu sababli, asosan qarshi hujumda o'ynadik. SHunday ham qildik. Raqibning zaxiradan tushgan futbolchilari asosiy rolni o'ynashdi. AGMK jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.
Ikki nafar hujumchimiz bor, lekin 11 turdan beri haligacha gol ura olishmayapti. Hujumchilar bilan ishlayapmiz, foydasi bo'lmayapti.
31 avgustgacha yangi futbolchilarni qo'shib olish imkoniyatimiz bor. Yangi futbolchilarni tarkibga qo'shib olishga harakat qilamiz", - deydi Diyor Mirzaboev.
Fikrlar