So’nggi yangiliklar

23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  0 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  5 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  84 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  13 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  5 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11

Diyor Mirzaboev: “CHiroyli o'yindan ko'ra, g'alaba muhim edi” Yangiliklar

Diyor Mirzaboev: “CHiroyli o'yindan ko'ra, g'alaba muhim edi”

Pro liga 15-turidan o'rin olgan “Yangier-quruvchi” – “Zomin” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboev ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yinda bizga faqat g'alaba kerak edi. CHunki muxlislarimiz ham anchadan beri jamoamizdan uch ochko kutayotgandi. O'yinda muhim gol urdik. Qolaversa, bugun o'yinda darvozamiz daxlisizligini saqlab qoldik. Anchadan beri buni amalga oshira olmayotgandik. “Zomin”da ham vaziyat yuzaga keldi, lekin omad biz tomonda bo'ldi. 

Yangi kelgan futbolchilar xususida

- Ortda qolgan ikkita o'yinga qarab, yangi kelganlar borasida bir darhol xulosa qilmasligimiz kerak. Qolgan bahslarda ular albatta jamoaga foyda keltiradi.

Zaxiradan tushirilgan futbolchilar to'g'risida

- Ayrim etakchilarni zaxirada qoldirganim rejam asosida amalga oshirildi. CHunki ayrimlarga dam berishni niyat qilgandim. Baratov sariq kartochka olganidan keyin, ikkinchi bo'limda uni almashtirishga qaror qildim, chunki u keyingi bellashuvlarda jamoaga asqotadi. SHodiev ham har o'yinda maydonga tushib keladi, shu sababli, bugun uni zaxiradan maydonga chiqarishni rejalashtirgandim. 

Darvozabon masalasi borasida

- Jamoamizdagi har ikkala darvozabon ham asosiy posbon hisoblanadi. O'yinga qaysi biri yaxshiroq sport formada bo'lsa, o'sha kuni maydonga tushadi. Biri asosiy, yoki bunisi zaxirada qoladi deb ayta olmayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика