Diyor Mirzaboev: "Bunday maydon Superliganing uncha-muncha jamoasida bo'lmasa kerak"
12 okt 2022 21:03
Yangiliklar
Diyor Mirzaboev: "Bunday maydon Superliganing uncha-muncha jamoasida bo'lmasa kerak"
Pro liganing 20-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" – "Yangier" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Diyor Mirzaboev matbuot anjumanida qatnashdi.
O'yin haqida
"Klub o'z tarixi mobaynida "Yangier"ni mag'lub etmagan ekan. Faqat durang qayd etilgan ekan. Uch ochko qo'lga kiritish uchun astoydil harakat qildik. Raqib tezkor hujumlar tashkil etishini bilardik. Birinchi bo'limda shunday vaziyatlarni bartaraf etdik, biroq taym oxirida keraksiz gol o'tkazib yubordik. Qizil kartochka ham o'yinga tasir o'tkazdi. Kamchilik bo'lib hujumga ham o'ta olmadik, xatolar ketidan xatolar yuzaga keldi. O'yin qanday kechgani hisobdan malum.
— "SHo'rtan" maydoni haqida qanday fikrdasiz?
— Bunday maydon Superliganing uncha-muncha jamoasida bo'lmasa kerak. Futbol o'ynash uchun barcha sharoit muhayyo qilingan. SHunga qaramay, o'z imkoniyatimiz darajasida ham o'ynay olmadik.
Fikrlar