So’nggi yangiliklar

01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  54 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  0 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  0 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  6 00:55Жасур Жалолиддинов: "Бу жамоа билан анча олдин бошланган ўзаро ҳисоб-китобимиз бор эди"  4 00:45U-23 Осиё кубоги. Ироқ минимал ҳисобда Вьетнамни енгди ва ярим финалга йўл олди. Кейинги рақиб – Япония  17 00:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  3 00:25Хосе Венансио Лопес Эронга қарши учрашувдан кейин қандай фикрлар билдирди?  5 23:46"Персеполис" Ўрунов гол урган ўйинда пенальтилар сериясида мағлубиятга учраб, Эрон кубогини тарк этди  3 23:20Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" - "Ал Фатех" 3:1   1 23:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 23:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  0 22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  39 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95

Diyor Imomxo'jaevning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan “Orzular terma jamoasi” (3-sonning davomi) Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaevning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan “Orzular terma jamoasi” (3-sonning davomi)

Avvalroq, Diyor Imomxo'jaevning jahon futboli yulduzlaridan tuzgan termasini etiboringizga xavola etgandik.

Endi esa uning talqini bo'yicha o'zbekistonlik futbolchilardan iborat bo'lgan “Orzular terma jamoasi”ini taqdim qilamiz,

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston)

Sxema: 3-5-2

Darvozabon – Ignatiy Nesterov;

Himoyachilar – Vitaliy Denisov, Farhod Magometov, Islom To'xtaxo'jaev;

Yarim himoyachilar – Viktor Karpenko, Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Nikolay SHirshov;

Hujumchilar – Igor SHkvirin, Maksim SHackix.

MURABBIY: Rauf Inileev.

Zaxiradagilar: Anzur Ismoilov, Ilhom SHaripov, Timur Kapadze, Jafar Irismetov, Eldor SHomurodov.

Darvozabon:

Ignatiy Nesterov (36 yosh) –  "Lokomotiv" (Toshkent) jamoasi azosi. Hozircha O'zbekiston MTJ tarkibidagi so'nggi o'yini Osiyo Kubogi-2019 1/8 finali doirasida o'tkazilgan Avstraliyaga (0:0, pen. 2:4) qarshi bahsga to'g'ri keladi. Umuman, Nesterov bosh jamoa darvozasini 105 o'yinda himoya qilgan. U 5ta qita birinchiligida (2004, 2007, 2011, 2015, 2019) ishtirok etgan osiyolik yagona futbolchi hisoblanadi. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan. 


Himoyachilar:

Vitaliy Denisov (32 yosh) – Rossiyaning “Rubin” jamoasi azosi. 2006-yil bosh jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgan. Hozircha terma libosida oxirgi o'yini 2018-yilning sentyabrida Eronga qarshi o'rtoqlik bahsiga (0:1) to'g'ri keladi. Umuman olganda esa Denisov termada 72 o'yinda qatnashib, raqiblar darvozasini bir bora ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgan. 2013-yil O'zbekistonda yil futbolchisi deya tan olingan. 

Farxod Magometov (57 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-1996 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 20 bahsda maydonga tushgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.  

Islom To'xtaxo'jaev (30 yosh) –  "Lokomotiv" (Toshkent) jamoasi azosi. 2009 yil bosh jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgan va hozirga qadar faoliyatini davom ettirmoqda. Terma libosida 70 o'yinda ishtirok etib, ikkita gol kiritgan. 


Yarim himoyachilar:

Odil Ahmedov (31 yosh) – Xitoyning “SHanxay SIPG” jamoasi azosi. 2007-yil bosh jamoa safida debyut uchrashuvini o'tkazgan va hozirga qadar faoliyatini davom ettirmoqda. Terma libosida 102 o'yinda ishtirok etib, 20ta gol kiritgan. 6 karra (rekord: 2009, 2011, 2014, 2015, 2016, 2018) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan. 

Mirjalol Qosimov (49 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 67 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 bora ishg'ol etgan. 4 karra (1993, 1998, 2001, 2004) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. O'smirlar o'rtasida ikki karra (1987, 1988) Evropa hamda jahon (1987) chempioni. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari g'olibi.

Server Jeparov (37 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2017 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 128 bahsda (rekord) maydonga tushib, raqiblar darvozasini 25 bora ishg'ol etgan. Ikki marta Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. SHuningdek, 2 bora O'zbekistonda yil futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.

Nikolay SHirshov (45 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1996-2005 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 63 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 13 bora ishg'ol etgan.

Viktor Karpenko (42 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2003-2014 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 60 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 bora ishg'ol etgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.


Hujumchilar:

Maksim SHackix (41 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1999-2014 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 61 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 34 bora (rekord) ishg'ol etgan. 4 karra (2003, 2005, 2006, 2007) O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilgan. ECHL tarixida osiyolik ikkinchi (11 gol bilan) raqamli to'purar. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.

Igor SHkvirin (56 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2000 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 31 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni bo'lgan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deya tan olingan.


Murabbiy:

Rauf Inileev (69 yosh) – Osiyo hamda O'zbekistonning 2007 yildagi eng yaxshi murabbiyi nomiga sazovor bo'lgan. 2007-2008 yillar oralig'ida O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.


Zaxiradagilar:

Anzur Ismoilov (himoyachi, 34 yosh) – "Lokomotiv" (Toshkent) jamoasi azosi. Termadagi faoliyatini joriy yilda yakunlashga qaror qildi. Umuman olganda, Ismoilov 2007-2019 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 101 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 3 bora ishg'ol etgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.

Timur Kapadze (yarim himoyachi, 38 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 2002-2015 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 119 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 10 bora ishg'ol etgan. Osiyo Kubogi-2011da kuchli to'rttalikka kirgan.

Ilhom SHaripov (yarim himoyachi, 51 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1992-2001 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 32 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki bora ishg'ol etgan. 1994-yil Xirosimada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari chempioni.

Eldor SHomurodov (hujumchi, 24 yosh) – Rossiyaning “Rostov” jamoasi azosi. Termadagi debyutini 2015-yil JCH-2018 saralashidan o'rin olgan Yamanga qarshi bahsda (1:0) o'tkazgan. SHomurodov hozirga qadar bosh jamoa libosida 42 o'yinda qatnashib, 19 bora raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Eldor 2019 yil bosh jamoa safida 13ta gol urib, eng yaxshi ko'rsatkichni ko'rsatdi. 

Jafar Irismetov (hujumchi, 43 yosh) – faoliyatini yakunlagan. 1997-2007 yillar oralig'ida milliy jamoa safida harakat qilgan va 36 bahsda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 15 bora ishg'ol etgan. Bir mavsumdagi gollar soni bo'yicha O'zbekiston chempionatining eng yaxshi to'purari.  


“Orzular terma jamoasi” (jahon). 1-son. Davron Fayziev.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 1-son. Davron Fayziev.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 2-son. Xayrulla Hamidov.

“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 2-son. Xayrulla Hamidov.

“Orzular terma jamoasi” (jahon). 3-son. Diyor Imomxo'jaev.

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика