So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Diyor Imomxo'jaevdan: MADE IN UZBEKISTAN Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaevdan: MADE IN UZBEKISTAN

Teglar :  Legionerlar
O'zbekistonlik futbolchilarning chetga chiqib ketayotgani 2003 yillarda ko'p yozilardi.

Endi-endi sport gazetalarini o'qishni boshlaganimda Qozog'iston yoki Rossiyaga yo'l olayotgan o'zbekistonliklar haqidagi xabarlar gazetaning bitta sahifasini bemalol to'ldirishi mumkin edi.

Qozoqlar yaxshi pul to'lardi, xuddi hozirgidek. Keyinroq qulochimizni kengroq yoyib, o'zimiz uchun yangi mamlakatlarni kashf qila boshladik. Server Jeparov Janubiy Koreyadan tortib, Saudiya Arabistonida ham chempion bo'ldi. Sardor Rashidov Qatarga yo'l oldi. Orada Maldiv ligasida o'ynaydigan darvozabon chiqib qoldi va hokazo.

Menga bu holat bugun yaxshi bo'lib ko'rinadi. Xorijda to'p surayotgan futbolchilarning ko'p bo'lishi bizga har taraflama foyda. Iqtisodiy jihatdan ham, ketayotgan futbolchi o'rniga yangisi etishib chiqishi nuqtai nazaridan ham. Biroq ahvolimiz shundayki, mahsulotni o'zimiz reklama qilmasak, talabgor ko'p bo'lmaydi. Yoki biznikilar talab qilayotgan pulga yosh braziliyalik iqtidorni olib kelish mumkin bo'ladiki, O'zbekiston futbolchisiga hech kim qiyo boqmaydi.

Yaxshi narsa esa reklamaga muhtoj emas. Sardor Rashidov va Odil Ahmedov qanday olib ketilganini bir eslab ko'ring. Odil uchun “Anji” hazilakam pul o'tkazmagan. Yoki Rashidov, qatarliklar o'zlari kelib, “Bunyodkor”ning talabini bajarib, futbolchining o'ziga yaxshi taklif berib, olib ketishdi.

Keyin bu kabi transfer bo'lmadi. Malayziya, Xitoy yoki Tailand chempionatiga agentlar tavsiya qilgani uchungina futbolchilar borib keldi. Milliy terma jamoaning alishtirib bo'lmas deb hisoblanayotgan hujumchisi Xitoyda yarim yil to' surib, ortga qaytdi. Alishtirishning umuman imkoni yo'qdek qilib ko'rsatilgan Lobanov Eronda yarim yil o'ynadi. Bor-yo'g'i demoqchiman.

CHunki ular top futbolchilar sirasiga kirmaydi. Temurxo'ja Abduxoliqov Oliy Liga to'purari bo'lgan taqdirida ham “Lokomotiv”ning eshigini buzib yuboray deydigan sovchi chiqmaydi. Boisi katta bozorda O'zbekiston Oliy Ligasi obro'sini yo'qotib qo'ygan. Ular uchun qaysidir hujumchining 20 ta gol urishi hali hech narsa emas, agar u xalqaro maydonda ham o'zini ko'rsatmasa.

Temurxo'ja-ku mayli, ming harakat qilsa ham terma jamoaga chaqirilmadi...


maqolaning qolgan qismini "Erudit Sport" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика