Saudiya Arabistonida mojaro avj oldi. Ayrim legionerlar maosh olishmayapti
18 noy 2024 19:54
Yangiliklar


Saudiya Arabistonida mojaro avj oldi. Ayrim legionerlar maosh olishmayapti
Saudiya Arabistoni chempionatining bir qancha klublari xorijlik futbolchilariga maosh to'lagani yo'q.
Jurnalist Romen Molinaning takidlashicha, ikkinchi divizion vakillari "Al Oruba, "Al Holud", "Al Safa" va boshqa bir qancha jamoalarda vaziyat shunday.
Malum qilinishicha, shartnomalari bo'yicha pul olmagan bir qator legionerlar ish tashlash yoki FIFAga shikoyat qilish haqida o'ylashmoqda.
Malumot o'rnida, "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Kristian Telo "Al Oruba" klubida, "ko'k-anorranglilar sobiq xavbeki Aleks Kolyado "Al Holud" jamoasida harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar