Saudiya Arabistonida mojaro avj oldi. Ayrim legionerlar maosh olishmayapti

Sherzod Nurmatov
18 noya 2024, 19:54
Saudiya Arabistoni chempionatining bir qancha klublari xorijlik futbolchilariga maosh to'lagani yo'q.

Jurnalist Romen Molinaning takidlashicha, ikkinchi divizion vakillari "Al Oruba, "Al Holud", "Al Safa" va boshqa bir qancha jamoalarda vaziyat shunday.

Ma'lum qilinishicha, shartnomalari bo'yicha pul olmagan bir qator legionerlar ish tashlash yoki FIFAga shikoyat qilish haqida o'ylashmoqda.

Ma'lumot o'rnida, "Barselona" sobiq yarim himoyachisi Kristian Telo "Al Oruba" klubida, "ko'k-anorranglilar sobiq xavbeki Aleks Kolyado "Al Holud" jamoasida harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/romain_molina