So’nggi yangiliklar

14:05Райан Гиггз мураббийликка қайтишга тайёр  0 13:39Кейн "Олтин тўп" ҳақида: "Албатта, бу ҳақда ўйлайман!"  0 13:16"Насаф" яна бир етакчиси билан шартномани узайтирди!  2 13:03Ўзбекистон U-20 бош мураббийи Фарҳод Нишонов: "Биздан янги "Ҳусанов"ларни қидиришмоқда"  0 12:41ПФЛ "Насаф"нинг футболчини ижарага бериш масаласидаги таклифини қабул қилмади  0 12:15Англия Кубоги 4-босқичига қуръа ташланди: "Сити"га осон рақиб тушди, МЮ Ван Нистелрой қўл остидаги "Лестер"га қарши ўйнайди  0 11:58Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"да  4 11:39Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси "Ордабаси" билан хайрлашди  2 11:23Ўзбекистонлик ҳакам бугун 2 учрашувда иш олиб боради  0 11:10Футзал. Бугун Ўзбекистон Осиё чемпионати саралашидаги иштирокини бошлайди  1 11:03Расман. Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси янги мавсумни «Бунёдкор»да бошлайди  2 10:57«Манчестер Сити» ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттиради  2 10:48АПЛдагилар космосдан тушмаган ёхуд уни "Манчестер Сити"да нима кутмоқда? Ҳусановнинг саргузаштлари ўзбекистонлик мураббийлар нигоҳида  7 10:31«Краснодар» тарбияланувчиси «Сурхон» кўригидан ўтмоқда  1 10:05Бир қатор тажрибали футболчилар «Хоразм» йиғинида иштирок этмоқда  3

Superliga-2024. Yakunlangan mavsum transfer qilingan legionerlar qanchalik o'zini oqladi? Yangiliklar

Superliga-2024. Yakunlangan mavsum transfer qilingan legionerlar qanchalik o'zini oqladi?

Ularning bazilari jamoasining etakchi futbolchilaridan biriga aylangan bo'lsa, boshqalari yarim mavsumdayoq jamoa bilan xayrlashdi.

Transferlarni baholashda yaxshi, o'rtacha, yomon kabi sifatlardan foydalandik.


"Nasaf"

 Temur CHogadze (Gruziya) — 15 o'yin

Mavsum avvalida qarshiliklar safini kuchaytirishi kutilgan vinger jamoaga to'liq moslashib keta olmadi. Qashqadaryodagi ikkinchi Temur bo'lgan legioner muhtasham haykali o'rnatilgan sarkarda kabi qudratli bo'lib chiqmadi, balki faqat ismigina o'xshash ekanligini namoyon etdi. 26 yoshli futbolchi Superliganing birinchi davrasida 10 ta o'yinda maydonga tushdi, shularning uchtasini asosiy tarkibda boshladi, birorta o'yinda to'liq vaqt davomida harakat qilmadi. Boshqa turnirlar bilan qo'shib hisoblaganda, 15 o'yinda ter to'kkan yarim himoyachiga raqib darvozasini ishg'ol qilish nasib etmadi. Yozgi transfer oynasida u klubni tark etdi va Qozog'istonning "Jetisu" jamoasi tarkibiga borib qo'shildi.


 Viktor da Silva (Braziliya) — 21 o'yin, 1 gol

"Futbol sehrgarlari o'lkasi"dan tashrif buyurgan hujumchidan mahalliy muxlislar gollar shousini kutishgandi, biroq uning repertuarida jonli ijrodan ko'ra fonogramma ko'proq ko'zga tashlanmoqda. 29 yoshli futbolchi mavsum avvalidagi o'rtoqlik o'yinlarida sermahsullik namoyish etgandi, biroq sermahsullik mavsum davomida sermahzunlikka aylandi. Superliganing 13 o'yinida maydonga tushgan Viktor bellashuvlarning ettitasini asosiy tarkibda boshladi. Da Silva rasmiy uchrashuvlar doirasida faqatgina OCHL-2 guruh bosqichida "Al Husayn" darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

 Zoran Marushich (Serbiya) — 32 o'yin, 14 gol

"Navbahor"dagi o'yinlari va gollari bilan mahalliy muxlislar yodida qolgan serbiyalik hujumchi mavsum avvalida yana O'zbekistonga keldi va "Nasaf" bilan shartnoma imzoladi. Klubning boshqa yangi futbolchilaridan farqli raqishda 31 yoshli forvard jamoaga moslasha oldi va muhim o'yinlarda raqiblari darvozasiga yo'l topdi. Superligada 9 ta gol urgan Marushich OCHL-2 guruh bosqichida 4 marta tabloga o'z nomini yozdirdi, shuningdek, O'zbekiston kubogida ham bitta to'p kiritdi. SHuningdek, u mavsumning ramziy jamoasidan joy oldi. Marushich yangi mavsumni "Neftchi" klubida boshlaydi. 

 Valentino Yuel (Janubiy Sudan, Avstraliya) — 8 o'yin

Afrikalik futbolchilar, odatda, jismonan baquvvat va tezkor bo'lishadi. Biroq Yuelda bularning birortasi yarq etib ko'zga tashlanmadi. 30 yoshli hujumchi yozgi transferlar oynasida Qarshiga ko'proq dam olish uchun kelgandek taassurot qoldirdi. OCHL-2 dagi ikki o'yinni hisobga olmaganda, forvard Superligada jami 1 soatga yaqin maydonda harakat qildi, xolos.


???? Stefan CHolovich (Serbiya) — 14 o'yin

Yozgi transfer oynasida "Nasaf" safiga kelib qo'shilgan serbiyalik yarim himoyachi asta-sekin jamoaga moslashib, asosiy tarkibda maydonga tushirilmoqda. 30 yoshli vinger o'z hisobiga gol yozdirmagan bo'lsa-da, Superligada ikkita assist qayd etdi.

OKMK

???? Giorgi Papava (Gruziya) — 20 o'yin, 1 gol

Avvalroq OKMK safida to'p tepgan va keyinchalik "Paxtakor"da ishlari yurishmagan yarim himoyachi mavsum avvalida yana klubga qaytdi. Biroq u, asosan, zaxiradan o'yinni kuchaytirish uchun maydonga tushirildi va Superligada 19 bellashuvda ko'rinish berganiga qaramay, 5 uchrashuvda boshlang'ich tarkibga kiritilib, jami 380 daqiqa harakat qildi va sobiq jamoasi "Paxtakor" darvozasigagina yo'l topa oldi.

 Milyan SHkrbich (Serbiya) — 6 o'yin, 1 gol

Mavsum avvalida olmaliqliklar tarkibiga kelib qo'shilgan serbiyalik 29 yoshli futbolchihujumchi atigi 6 o'yinda maydonga tushib, "Dinamo" darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi. Biroq uning xatti-harakatlari murabbiylar shtabini qoniqtirmadi va yozgi transfer oynasida klub hujumchi bilan xayrlashdi.


 Arihiro Sentoku (Yaponiya) — 27 o'yin, 4 gol

Yaponiyalik yarim himoyachi mavsum davomida OKMKning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylana oldi. Superligada 24 o'yinni asosiy tarkibda boshlagan Sentoku "Paxtakor"ga qarshi ikkala o'yinda ham gol urgan, shuningdek, "Bunyodkor" darvozasiga g'alaba to'pini kiritgan. Kubokda esa "Buxoro" darvozasiga yo'l topgan.

???? Kleydi Daci (Albaniya) — 13 o'yin, 3 gol

Albaniyalik hujumchi davralar oralig'ida klub tarkibini kuchaytirish uchun olib kelingandi. 25 yoshli futbolchi dastlabki o'yinlardayoq yorqin taassurot qoldirib, "Andijon"ga qarshi bahsda dublga erishdi, so'ngra "Navbahor" darvozasini ishg'ol qildi. Biroq keyinchalik Daci yillik vazifasini bajarib qo'ygandek gol urishni yodidan chiqarib qo'ydi, faqatgina ikki uchrashuvda assist qayd etdi.


 Mixael Klepach (Xorvatiya) — 8 o'yin, 1 gol

Xorvatiyalik yarim himoyachi ham yozda OKMK safiga kelib qo'shildi, biroq tarkibga mustahkam o'rnasha olmadi. Atigi 1 o'yinni asosiy 11 talikda boshlagan 27 yoshli futbolchi umumiy hisobda 59 daqiqa maydonda harakat qilib, "Navbahor" darvozasiga to'p kiritdi.


"Navbahor"

 Siyavash Haqnazariy (Eron) — 27 o'yin, 5 gol

OKMKdan olib kelingan yarim himoyachi mavsumning dastlabki qismida zaxira o'yinchisiga aylangan bo'lsa, murabbiy almashgach, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Superligada etarlicha tajriba to'plagan 29 yoshli futbolchi mavsumni yomon o'tkazmadi va o'z hisobiga 5 gol yozdirib qo'yish bilan bir qatorda Karim Benzemasi bor "Al Ittihod"ga qarshi naq 4 marotaba (ikki klub safida) maydonga tushishga ulgurdi. Mavsum yakunlangach, u jamoani tark etdi.

???? Giorgiy Nikabadze (Gruziya) — 25 o'yin, 3 gol

"Neftchi"dan xarid qilingan hujumchi ko'pincha zaxiradan maydonga tushirildi. SHunga qaramay, 33 yoshli futbolchi "Nasaf", "Paxtakor" va "So'g'diyona" (kubok doirasida) kabi etakchi jamoalar darvozasiga yo'l topa oldi, biroq umumiy nuqtayi nazardan ko'ngiladigidek mavsum o'tkaza olmadi.


"So'g'diyona"

 Zoran Petrovich (CHernogoriya) — 15 o'yin, 2 gol

27 yoshli vinger ko'pgina o'yinlarda boshlang'ich tarkibda maydonga tushirilayotgandi, biroq keyinchalik uning o'yinlari bosh murabbiy hamyurtiga manzur kelmadi va mavsum yakunlanmasidanoq Petrovich jamoani tark etdi.


 Aleksey Nosko (Belarus) — 13 o'yin

"Bunyodkor"dagi o'yinlari orqali tanish bo'lgan tayanch zonasi vakili dastlab asosiy tarkib azosi bo'lishiga qaramay, keyinchalik o'rnini yo'qota boshladi va kuz faslida deyarli maydonga tushirilmadi.


 Vladimir Yovovich (CHernogoriya) — 28 o'yin, 10 gol

Yovovich transferi nafaqat "So'g'diyona", balki mavsumning eng yaxshi transferlaridan biri bo'ldi. Hujumkor yarim himoyachi terma jamoaga ham chaqirilib, bir nechta o'yinlar o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. 30 yoshli futbolchi mavsumning ramziy jamoasiga ham kiritildi. Yovovich yangi mavsumni "Neftchi" klubida boshlaydi.

"Neftchi"

???? Manuchehr Safarov (Tojikiston) — 23 o'yin, 1 gol

Tojikistonlik himoyachi muntazam asosiy tarkibda maydonga tushmagan bo'lsa-da, mavsumning katta qismini maydonda o'tkazdi va mavsumning so'nggi pallalarida o'z hisobiga 3 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.


 Boyan Ciger (Serbiya) — 24 o'yin

"Navbahor"dagi o'yinlar orqali tanilgan himoyachi "Neftchi"ning ham asosiy mudofaa qo'rg'oni vakillardan biriga aylandi va o'zi ishtirok etgan uchrashuvlarning barchasini to'liq maydonda o'tkazdi.

 Katalin Karp (Moldova) — 15 o'yin, 1 gol

Moldovalik hujumkor yarim himoyachiga klubga kelgan zahotiyoq asosiy tarkibdan joy ajratildi, biroq 31 yoshli futbolchi murabbiylar ishonchini qozona olmadi va yozda Kiprning "Omoniya" jamoasi tarkibiga qo'shildi.


 Mixay Roman (Ruminiya) — 13 o'yin, 1 gol

32 yoshli hujumchi mavsumning dastlabki yarmida zaxiradan maydonga tushdi va faqatgina kubok doirasida "Sirdaryo FA" darvozasiga yo'l topa oldi. Yozgi tanaffusda esa Ruminiya 2-ligasi vakili "Arjesh"ga o'tdi.


 Nsungusi Effiong (Nigeriya) — 28 o'yin, 7 gol

Bo'y borasida Ibragimovich bilan raqobatlasha oladigan hujumchi gollar soni borasida raqobatlasha olmasa-da, klub to'purariga aylandi. SHu bilan birga, Superliganing 4 uchrashuvida golli uzatma amalga oshirdi. Agar jamoani tark etmasa, birinchi mavsum uchun ko'rsatkichi yomon emas.

"Surxon"

???? Dmitriy Pletnyov (Rossiya) — 30 o'yin, 1 gol

26 yoshli yarim himoyachi deyarli barcha uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va mavsum davomida yomon taassurot qoldirmadi, biroq sermahsullik borasida ko'ngildagi natijani qayd eta olmadi.

 Tamirlan Jamalutdinov (Rossiya) — 9 o'yin

O'tgan mavsum ham "Surxon" sharafini himoya qilgan yarim himoyachi davralar oralig'ida klubga qaytdi, biroq 28 yoshli futbolchi o'z iqtidorini etarlicha namoyon eta olmadi.


"Dinamo"

 Emmanuel Yagr (Gana) — 11 o'yin

Ganalik hujumchi mavsumning dastlabki qismida faqatgina so'nggi daqiqalarda maydonga tushirildi va murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirmadi. Natijada birinchi davradan keyinoq klub 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashdi. Yagr hozirda Qirg'iz Respublikasining "Abdish Ata" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.


Artyom Sokol (Belarus) — 3 o'yin

 "Surxon"dan olib kelingan himoyachi haqida xulosa chiqarish uchun klub murabbiylariga mavsumdagi dastlabki ikki o'yin kifoya qildi. SHundan so'ng zaxira o'rindig'idagi o'rnini kafolatlagan 30 yoshli futbolchi yozda jamoani tark etdi.


 Ratino (Braziliya) — 22 o'yin, 2 gol

Braziliyalik yarim himoyachi gollar va assistlar borasida sermahsullik ko'rsatmagan bo'lsa-da, ishonchli xatti-harakatlari bilan muxlislar etiborini qozondi va mavsum yakunida liga ramziy jamoasidan o'rin egalladi.

???? Maykon Duglas (Braziliya) — 12 o'yin, 1 gol

Davralar oralig'ida samarqandliklar tarkibini yana bir braziliyalik yarim himoyachi to'ldirdi va u ham jamoadoshi singari asosiy tarkib azosiga aylandi, biroq sermahsullikda oqsadi.

"Andijon"

 Maksim Sarraf (Rossiya, Suriya) — 1 o'yin

"Andijon"ning 19 yoshli darvozaboni klub safidagi yagona uchrashuvini mamlakatning amaldagi chempioni "Nasaf"ga qarshi o'tkazib, o'z darvozasidan 3 ta gol qabul qilib oldi. Ehtimol, uni kelajak uchun jamoada saqlab qolishar.


 Damir Imeri (SHimoliy Makedoniya) — 10 o'yin

29 yoshli futbolchi maydonga tushgan bahslarda yarim soat ham harakat qilmadi. Yozda mahalliy "SHkupi" safiga qo'shilgan vingerni "Metallurg"ga qarshi o'yindagi assisti bilangina yodga olish mumkin.


 Luka Zgurskiy (Rossiya) — 16 o'yin, 1 gol

19 yoshli hujumchi mavsumning dastlabki qismida asosiy tarkibdan joy olib kelayotgandi, hatto ijtimoiy tarmoqda mashhur bo'lgan "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygandi. Biroq bahor tugashi bilan uning "bahori" ham so'nib bordi va zaxira o'yinchisiga aylandi.


???? SHahrom Samiev (Tojikiston) — 24 o'yin, 3 gol

Tojikistonlik hujumchi ham faqat may oyida asosiy tarkib azosiga aylandi, so'ngra zaxiradan o'yinni kuchaytiruvchi sifatida tanlandi. 23 yoshli futbolchi bugungi kunda Tojikiston terma jamoasining ham asosiy qurollaridan biri sanaladi.

 Abinur Nurimbet (Qozog'iston) — 6 o'yin

19 yoshli hujumchi umumiy hisobda 29 daqiqa maydonda harakat qilgan. U ham klubning kelajak uchun olib kelingan futbolchilaridan hisoblanadi va Nurimbetning iqtidorini ko'rishimiz uchun vaqt talab etiladi.


 Lyubisha Pecel (Bosniya va Gercegovina) — 6 o'yin

"Andijon"ning yuqoridagi transferlaridan farqli ravishda Pecel 31 yosh hisoblanadi va u kelajak uchun olib kelinmagani aniq. Biroq himoyachi jami ikki uchrashuvni asosiy tarkibda o'tkazdi, keyinchalik zaxiraning yana bir o'rindig'ini band qildi.


"Bunyodkor"

???? Frane CHiryak (Xorvatiya) — 25 o'yin

29 yoshli himoyachi birinchi davrada asosiy tarkib futbolchisi sanalardi, mavsumning ikkinchi yarmida esa ko'pgina bahslarda zaxiradan maydonga tushirildi. CHiryak yil davomida ikki marotaba chetlatilishga ham ulgurdi.


 Toni Yovich (Xorvatiya) — 16 o'yin, 1 gol

Superligada mavsumning birinchi yarmida birorta gol urolmasdan "qaldirg'ochlar"ni tark etgan hujumchi "Sloga Doboy" safida Bosniya va Gercigovina chempionatida 14 o'yinda 5 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. Ehtimol, Toshkent havosi unga yoqmagandir.


 Momchilo Raso (CHernogoriya) — 20 o'yin, 1 gol

27 yoshi himoyachi "qaldirg'ochlar" mudofaasining asosiy ustunlaridan biriga aylandi va mavsum boshini hisobga olmaganda, deyarli barcha uchrashuvda to'liq harakat qildi.

 Samir Jelkovich (Bosniya va Gercegovina) — 10 ta o'yin, 1 ta gol

Bolqonlik himoyachiga ilk turlarda asosiy tarkibdan joy berilgandi, biroq raqiblar "Bunyodkor" darvozasini ilma-teshik qilishgach, Jelkovichga stadiondan chiqadigan darvoza ko'rsatildi. Hozirda u Serbiyaning "Radnichki 1923" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.


 Marin Lyubich (Xorvatiya) — 14 o'yin

"Bunyodkor"ning evropalik nomga ega darvozaboni ilk ikki o'yindayoq darvozasidan 8 ta to'p qabul qilib oldi. SHundan so'ng unga ikki oy dam berildi. Keyinchalik tarkibga qaytgan 27 yoshli futbolchi yozgi transferlardan so'ng yana ikkinchi raqamli darvozabonga aylandi.


 Andriya Filippovich (Xorvatiya) — 14 o'yin, 5 gol

"Bunyodkor"ning boshqa "poddelka" xorvatlardan farqli ravishda Filippovich tezda jamoaga kirishib ketdi va samarali natijalarga hissa qo'shdi. Gollardan tashqari 27 yoshli hujumchi uchta assist qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

???? Luis Kachorri (Albaniya, Italiya) — 12 o'yin, 3 gol

Ko'proq zaxiradan tushib, o'yinni kuchaytiradigan 26 yoshli hujumchi jamoasiga ochkolarni taqdim etadigan gollarga mualliflik qildi, biroq uning gollari bardavom bo'lmadi.


???? Itsuki Urata (Yaponiya) — 14 o'yin

Davralar oralig'ida poytaxtliklar safini to'ldirgan himoyachi asosiy tarkibdan joy oldi. Deyarli barcha uchrashuvlarni 90 daqiqa o'tkazayotgan futbolchining o'yinini o'rtacha baholash mumkin.


"Qizilqum"

 Robert Ozols (Latviya) — 24 o'yin

Latviya terma jamoasi darvozaboni klubning asosiy posboniga aylandi va ko'pgina o'yinlarda seyvlari bilan jamoasi joniga oro kirdi. Biroq uning o'tkazib yuborgan gollari ham maqtanarli darajada emas. SHunga qaramay, ushbu transfer navoiyliklar uchun foydali bo'ldi deb aytish mumkin.

 Elguja Lobjanidze (Gruziya) — 18 o'yin, 8 gol

32 yoshli hujumchi mavsumning dastlabki qismida etarlicha imkoniyatga ega bo'lmadi, shunga qaramay, ikki davrada ham o'zi uchun etarli darajada gollarga mualliflik qila oldi.

"Metallurg"

 Marko Milichkovich (CHernogoriya) — 31 o'yin, 7 gol

26 yoshli yarim himoyachi "Metallurg" lideriga aylandi va muhim o'yinlarda, jumladan, "Nasaf"ga qarshi so'nggi turda gol urib, jamoasi joniga ora kirdi. SHuningdek, u jamoasining standartlarini amalga oshiruvchi futbolchiga aylandi.

 Boban Jorjevich (CHernogoriya) — 12 o'yin, 1 gol

27 yoshli hujumchi ilk turdagi golini hisobga olmaganda, hech narsani qoyillata olmadi va birinchi davradan keyinoq klub bilan xayrlashib, mahalliy "Mornar Bar" jamoasiga qo'shildi.


 Balsha Sekulich (CHernogoriya) — 8 o'yin, 1 gol

Jojevich o'rniga kelgan 26 yoshli hujumchi mahorat bobida undan qoyillatadigan ish qilmadi. 6 uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan futbolchi "So'g'diyona" darvozasigagina yo'l topa oldi.


"Lokomotiv"

 Ivan Rogach (Serbiya) — 21 o'yin, 3 gol

32 yoshli himoyachi "temiryo'lchilar"ning muhim figuralaridan biriga aylanib, jamoasi safida maydonda eng uzoq vaqt harakat qilgan futbolchiga aylandi. Biroq "Nasaf"ga taqdim etilgan bahsda chetlatilib, jamoasini muhim pallada qiyin ahvolga solib qo'ydi.


 Ivan Bulatovich (CHernogoriya) — 13 o'yin, 1 gol

28 yoshli hujumchi "Paxtakor"ga qarshi o'yinda urgan golini nishonlashda libosini ostidan xuddi shunday libos kiygani bilan yodda qoldi, xolos. Birinchi davradan so'ng unga chiqish eshiklari ko'rsatildi va Bulatovich mahalliy "Buduchnost Podgorica"ga borib qo'shildi.


 Valeriy Kichin (Qirg'iz Respublikasi) — 13 o'yin, 3 gol

32 yoshli himoyachi klub bilan bir qatorda terma jamoasining etakchi himoyachilaridan biriga aylandi. Kichin himoyachi bo'lishiga qaramay, yarim mavsum davomida 3 ta gol urishga muvaffaq bo'lib, ko'pgina hujumchilarga dars berdi.

???? Mixail Gashenkov (Rossiya) — 12 o'yin, 2 gol

32 yoshli yarim himoyachi ham tezda jamoaga moslashib ketdi va boshlang'ich tarkibdan joy oldi. Biroq u ham klubni Superligada olib qolishga yordam bera olmadi.


 Konstantin Bazelyuk (Rossiya) — 12 o'yin

Rossiyalik hujumchi ikkinchi davrada O'zbekistonni shunchaki ziyorat qildi, gollarni esa uning o'rniga himoyachilar urib qo'yaqoldi. Bazelyuk hech bo'lmaganda, assist ham yozdirishni uddalay olmadi.



Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
10 dek 13:36:04
Rasul M
Shunchaki Gollar soniga qarab yozilgan narsa Oyin tomonlama sifat tomonlama baxo berish kerak Masalan Ratinho zor transfer bolgan Maycon xam yomonmas Bunyodkordagi yaponyalik xam yaxshi Valeriy Kichin Ota yomon unga ptichka qoyibdi Bir oyinda double qigani uchun Qoygan bolsa kerak Lekin U ximoyachi Loko esa Proligaga ketti demak Ximoyada muammo talay
   
10 dek 12:16:07
ПАХТАКОРЧИ
"Сўғдиёна"даги Люпче Дориев дегани олдинги йили келгани учун рўйхатда йўқми, ҳурматли админ?
   
10 dek 11:41:12
Arsenal 14
Superligamizga shuncha legioner bor ekan, bemalol ikkita jamoa tuzsa bo'larkan
   
10 dek 10:29:04
Samar O'ralov
Dinamodagi Markos Kaykchi
   
10 dek 09:53:28
Санжар
Дориевчи
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика