So’nggi yangiliklar

22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  1 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  64 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  7 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:24"Хайденхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  0 20:19"Астон Вилла" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  10 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  15 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1

Diyor Imomxo'jaev: "Xavotir Abramov tayinlanganda boshlangandi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Xavotir Abramov tayinlanganda boshlangandi"

O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev "Futbol TV" telekanali orqali efirga uzatiladigan "Ofsayd" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.

U boshlovchining "O'zbekiston terma jamoasining keyingi bosqichga chiqolmasligini oldindan bilganmidingiz?" qabilida berilgan savoliga shunday javob qaytardi:

— Yashirmayman, Taxmin qilganman. Oldindan bilish imkonsiz, chunki 1 daqiqadan keyin nima bo'lishini ham bilmaymiz. Ichki xavotir bor edi. Bu Abramov tayinlangan kunda boshlangan. SHu tufayli men uchun hech narsa kutilmagan bo'lmadi.

— Xorijlik murabbiyni ketkazib, o'rniga mahalliy mutaxassisni olib kelish to'g'ri edimi?

— Yo'q. Ko'pchilik bizga hujumkor futbol yarashishini aytadi. Zo'r, bu menga ham yoqadi. Misol uchun, kecha bokschimiz B. Meliqo'ziev hujumkor boks ko'rsatdi va bitta zarba tufayli nokautga uchradi. Futbol ham shunaqa: urishni bilgan odam kaltak eyishni ham bilishi kerak. Saudiya Arabistoni 2 ta o'yinda ham Kuperning falsafasi to'g'riligini ko'rsatdi. Toshkentda ham, Ar-Riyodda ham 3 tadan gol urdi. Faqat oldingi chiziq vakillari bilan ish bitmasligini barcha biladi. Ektor ishni himoyani qurishdan boshlagandi. U bilardi mudofaamiz "avariya" holatidaligini. 

Biz JCH saralashidagi raqiblarimiz Koreya, Avstraliya, Yaponiya, Eron bilan hujumkor o'ynay olamizmi? Yo'q. Masalan, Koreyaning etakchilari APLda, Bundesligada o'ynaydi. Bizning futbolchilar esa Janubiy Koreyaning 2-divizionida. Biz ular bilan qanday qilib hujumkor o'ynashimiz mumkin? Buning uchun himoyani unutmasligimiz kerak edi. A, Abramov esa himoyalanishni bilmaydigan murabbiy. U buni bir necha bor isbotlagan: 2 martalab olimpiadadan mosuvo qilganida, 5-6 talab gollar o'tkazganida... Men shaxs sifatida ham, murabbiy sifatida ham unga ishonmaganman, ishonmayman ham.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика