Diyor Imomxo'jaev Superliga o'yinlari nima sababdan dam olish kunlariga qo'yilmayotganligini malum qildi
21 fev 2021 16:46
Yangiliklar


Diyor Imomxo'jaev Superliga o'yinlari nima sababdan dam olish kunlariga qo'yilmayotganligini malum qildi
O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev Coca Cola Superligasining dastlabki 6 turi sanalari ochiqlangani va ular nima sababdan dam olish kunlariga juda kam ekanligini yozib o'tdi.
"Dam olish kunlari kuchli beshlik o'yinlari erta boshlanadi, muxlislar ikkiga bo'linishlariga to'g'ri keladi. Evrofutbolni dam olish kuni uyda ko'rish yoqimli. Biz esa mana shunday muxlislarning ham stadionlarga kelishidan manfaatdormiz. Demak, evrofutbol vaqti bilan raqobatlashish emas, hisoblashish shart. Biz futbol uchrashuvlarini imkoni boricha ishdan keyingi vaqtlarga qo'yishga intilishimiz to'g'riroq bo'ladi", - deb yozadi Diyor Imomjo'jaev.
Superliganing dastlabki oltita turi qaysi sanalarda o'tkazilishi malum bo'ldi
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar