So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Diyor Imomxo'jaev: Futbol muxlislar uchun deyishadi, ammo aytganlariga amal qilishmaydi Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Futbol muxlislar uchun deyishadi, ammo aytganlariga amal qilishmaydi

Teglar :  Paxtakor
Klub matbuot xizmatida ishlaydigan tanishlarimdan biri uni mukofot pullaridan mahrum qilishgach, ishdan ketdi.

Bizning sharoitda bunga ajablanmayman. Istalgan klubni olib qarasangiz, matbuot kotibi katta hajmdagi ishni bajaradi. Biroq mukofot pullari yoki ish haqiga kelganda eng oxirida tilga olinadi. Mehnati halol, go'shti harom degan gap bo'larmidim?

“Paxtakor” rahbariyatida o'zgarish yuz bergach, klub mediasiga bo'lgan etiborda ijobiy o'zgarishlar kutdim. Jamoa Arveladze bilan Turkiyaga jo'nab ketgach esa bu mavzuda deyarli hech narsa o'zgarmayotganini tushundim.

“Paxtakor” matbuot xizmatida bir vaqtning o'zida ikki-uch ishni bajara oladigan matbuot kotiblari bor. U ham rasmga olishi, ham turli xil materiallar tayyorlashi, futbolchilar bilan suhbatlar, intervyular uyushtirishi, shtabni eng so'nggi yangiliklardan voqif qilib turishi mumkin. Zamonaviy futbol klublari bu masalaga jiddiy etibor beradi. Menimcha bu holat klub o'z muxlislarini qanchalik hurmat qilishidan kelib chiqsa kerak. Oddiy misol, Moskvaning “Lokomotiv” klubi mediasi bilan tanishib ko'ring. O'yindan fotoreportaj, Vitaliy Denisov ishtirok etgan akciya, uchrashuv qaydnomasi, matbuot anjumanlari, kiritilgan gollar - hammasi bir necha soat ichida ro'y beradi va ketma-ketlikda, tezkorlik bilan jamoatchilik uchun taqdim etildi.

To'g'ri, media bo'limida bir necha kishi faoliyat ko'rsatadi, dersiz. Biroq o'zimizda ham shunday harajatlarni ko'tara oladigan klublar bor. Ammo jamoalarimiz xorijda qanday o'ynayotgani, nimalar bilan mashg'ul ekani, futbolchilar o'zini qanday his qilayotgani va qator shunga o'xshash masalalar haqida muxlislar ko'p ham bilavermaydi. Media va klub urtasida uzviylik kamdek tuyuladi. Nega?

“Paxtakor” singari klublar uchun medianing birgina vakilini delegaciyaga qo'shib olish katta qiyinchilik tug'dirmaydi. Begona jurnalistni emas, o'z klubida ishlayotgan kotibi haqida aytmoqdaman. U muxlislarga malumot beradi: qaerda yashayotgani, “Istanbulspor” kim va unga qarshi o'yin qanday o'tgani, gol qaysi daqiqada urilgani, penaltiga nima sabab ekani va hokazo. Uchrashuvdan keyin Arveladzedan, Lobanovdan intervyu oladi, fikrini biladi. Bir o'zi rasmga tushirishi, qaydnoma yozishi, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar bilan ishlashi, saytga material joylashi mumkin. Yaxshiroq qaralsa, hammadan ko'proq ishlayotgan ham bo'lib chiqar.

Bu shunchaki sparing raqibga qarshi o'yin-ku dersiz, lekin futbol muxlislar uchun o'ynalsa, ular jamoaning shu sohadagi har bir nafasini bilib turishi yomon emas. Bizda esa klublar o'z muxlislari qarshisiga chiqish o'rniga, ulardan tobora uzoqlashayotgandek, futbolchilarni topga olib chiqadigan soha vakillariga tuzukroq etibor yo'qdek tuyuladi. “Paxtakor” kim bilan o'ynaganini bildik, lekin tarkib berilishi, golning daqiqasi, rasmlar borasida olsak, matbuot xizmati anchagina qiynalgani yaqqol ko'rinib turibdi.



Klublarda bir tiyinlik foydasi yo'q, shunchaki oylik olib yurgan odamlar bor, ularning ayrimlarim safarlarga ham boradi. Xo'sh, bundan qandaydir foyda bormi? Balki media sohasi rivojlantirilsa, jiddiyroq qaralsa, klubning asl yuzi ko'ringan, muxlislar sekin-asta stadionga qaytishni boshlagan bo'larmidi. O'yinlardan oldin afishalar, anonslar, alohida loyihalar juda kam, balki yo'q hamdir. CHunki bunga kelganda pul yo'q, media rag'batlantirilmaydi. Hakamlar uchu va boshqa keraksiz harajatlar uchun pul topiladi, biroq eng kerakli jihat oqsaydi. Bizda o'yin natijasi muhim, pul chiqim qildikmi, natija tezroq bo'lishi kerak. Media bajarayotgan vazifa va uning foydasi ko'zga ko'rinmaydi, aniqrog'i, bu sohani tushunmaydigan inson ko'ra olmaydi. O'ylab ko'rmaydiki, nega Evropa klublari aynan shu sohaga millionlab chiqim qiladi va biz nega boshqa yo'ldan yuramiz.

Etibor shunday bo'lganidan keyin, shaltog'i osilib yotgan qaysidir klub matbuot xizmatini qiziqchilar egallaydi, kotib chiqib, sport jurnalisti ustidan rasmiy saytda feleton desang uncha o'xshamaydigan, yumaloq maqola desang, xotinchalishlarning gapiga ko'proq o'xshab ketadigan narsalar yozaveradi. O'qimagan, bilmaydi matbuot xizmati nima, unga nimalar mumkin-u nima yo'q, nima yarashadi, nima abgor qiladi... Muhimi o'yin natijasini saytga qo'yib, uchrashuvdan keyin matbuot anjumanini o'tkazib bersa, ishi hal. SHu ham ishmi endi?

Agar qaysidir sohani rivojlantirishni istasak, unda mayda narsalarga qadar etiborda bo'lishi muhim. Media rivojlangan mamlakatlarda eng asosiy ishni, missiyani bajaradi. Biz esa unga eng oxirgi ko'z bilan qarashda davom etib kelamiz. Tarkib va rahbariyat almashaverishi mumkin, ammo klub brendi, nomi uchun hamma birdek kurashishi shart. Ko'rdik, “Do'stlik” kuchli bo'lgan yillarni, “Bunyodkor” chiqdi, “Paxtakor”, “Lokomotiv”... Yana kimlardir chiqishi mumkin oldinda, kuchli futbolchilarni, murabbiylarni olib kelar ehtimol. Nimaiki qilmasin, agar o'sha klub jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirmasa, zamonaviy futbolga hali qadam qo'ymapti.

Biz hozircha qandaydir klublar bilan o'ynab, Turkiyaga ketgan kimlardandir yalinib, bir amallab tarkiblarni olib yuribmiz. Hatto o'sha Rossiya klublaridan ham bir necha yil ortda qolib ketganmiz. Oliy ligadagi o'rtamiyona futbolchining ismini yozsangiz, google 1-2 ta rasvo surat chiqarib bersa, katta gap. Umuman chiqarmasa hech kim ajablanmaydi ham. “Championat.asia” yoki “Sports.uz” deylik o'z suratlariga sayt nomini yozib qo'ysa bu tushunarli, mualliflik huquqi bor. Klublarda shu ahvol bo'lsa, kulguli. Senga nima farqi bor klub nomi rasmda turishini, olayotgan nashr havola berib, undan foydalansa bo'ldi emasmi, sen nima uchun ishlayapsan o'zi? Undan ko'ra posterlar, ashifalar tayyorla va uning istalgan joyiga klub logotipini joylashtir. Yo'q, biz o'yindan olingan suratlarga ham qo'yib chiqamiz. Xullas, borimiz shu deb o'tiraveramiz. Vaholanki ko'zimizni ochsak, imkoniyatlarimiz etarlicha.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика