So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   30 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  5 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Diyor Imomxo'jaev: "Andijon" qanday hakamlik bilan Superligaga chiqqandi-yu, endi qanday hakamlik istaydi, deb yozishni istardim, lekin..." Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Andijon" qanday hakamlik bilan Superligaga chiqqandi-yu, endi qanday hakamlik istaydi, deb yozishni istardim, lekin..."

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida "Andijon" - "So'g'diyona" uchrashuvidan keyingi xulosalarini yozdi.

"Andijonda bo'ldim. Hakamlik masalasida 200 ga yaqin etirozlar telefonimga kelib tushdi. Aytishyaptiki, bunday hakamlik bilan o'zbek futboli rivojlanib qolmas ekan. SHularning hammasiga "Andijon" qanday hakamlik bilan Superligaga chiqqandi-yu, endi qanday hakamlik istaydi, deb yozishni istardim, lekin yaxshisi javobsiz qoldiraman.

Uchrashuv komissari edim. Vazifam hakamlar faoliyatini baholash emas, bu borada mutaxassis ham emasman, stadion atrofida o'tirganlar ham mutaxassis emas. O'zimning chekimga tushgan ishlar bo'yicha xulosamni aytaymi? Klubingiz Superliga talablariga tayyor emas. Men ishlar puxta yo'lga qo'yilgan demagan bo'lardim. Yo'qsa yil avvalida Krasnodardan kelgan normal maysa, kuzga keliboq o'lib bo'lmasdi. CHunki sizda futbolchilarga bir qop pul berishini maqtanadiganlar bor, oddiy bir g'alaba uchun mashinalar sovg'a qilasizlar-u, biroq maysa uchun 10 ming dollarlik mashina olishga pul etmay qoladi, maysa yashnashi uchun kerakli vositalarga pul yo'q. Bugun siz milliardlab pul berayotgan futbolchilar ertaga Andijonni tark etadi. Sizga nima qoladi? Umuman, "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda o'sha futbolchilar yomon o'ynamadi, lekin bir bosh ustun ham bo'lmadi, tan oling. Siz hakamning 1 ta hushtagi-yu, darvozaga berilgan 2 ta zarbaga aza ochyapsiz. Ungacha nima bo'ldi, "Andijon"ning hamma muvaffaqiyatsiz o'yinlariga hakamlar aybdor emasdir?

Bir kun avval U-21 o'yinida bo'ldim. "So'g'diyona" yoshlari g'olib chiqdi, zo'r o'ynashdi. Tushunganim shu bo'ldiki, muxlislarga ermak kerak, gap kerak. Ular hattoki o'zining yoshgina o'yinchisini ham ayamayapti, gap bilan shunday savalayaptiki, o'sha futbolchiga rahming keladi. Yaxshi muxlis o'ziga tegishli futbolchini tanqid qilishi mumkin, ammo haqorat qilmaydi, qo'llaydi. Eplay olmasa, rahbariyat u bilan xayrlashadi, tamom. Bilasizmi nima, Bo'stondagi futbol maktabi rosa yoqdi. Qaerdagi narsalarga millionlarni sarf etavermay, tezroq shu joyni yanada obod qilish kerak. 3 ta maydon uchun joy etarli, Mirabror Usmonovdan yodgorlik ekan bu joy. Ajoyib baza bo'lishi mumkin, Qibraydagi kabi. Faqat maydon bilan dehqonlar, fermerlar, choyxonachilar emas, konkret soha mutaxassislari shug'ullansa, ish yaxshiroq bo'ladi. Bu borada balki Namangandagi holatdan o'rnak olish kerakdir.

Mana endi Andijonda o'zimga eng yoqqan holat haqida aytaman, u ham futbol bilan bog'liq. Men haqiqiy futbolni go'ng isi kelayotgan katta stadionda emas, katta yo'lning ichkarisida joylashgan Limon arenada ko'rdim. Bu erga vodiyning turli shaharlaridan futbolchilar kelib, mini-futbol o'ynashar ekan. Kichik stadion atrofi muxlislar bilan to'la. Men borgan vaqtda hakamning o'zi yo'q edi, futbolchilar bir-biri bilan o'zi kelishib, nolimay, chaynalmay to'p tepishyapti. Agar viloyatda qachondir futbol zo'r bo'lsa, bu katta jamoaning emas, mana shu Limon arenaning xizmati bo'ladi. Men bunda bir qator professional futbolchilarni ham uchratdim, ayrim jamoalarga xususiy tadbirkorlar homiylik qilishini ham ko'rdim. Agar biz katta futbol uchun deb shuncha pulni havoga uchirishda davom etsak, isrofi uradi. Hakam haqida gapirishdan oldin sizlar jamoadan haqiqiy professionallikni, zaxirani talab qiling. Hakamlar hatto Evropada ham xato qiladi. Mana shu xatolarni kamaytirish uchun TV ishlayapti, VAR ishlayapti. O'FA ham qachondir etib keladi bularga. Ayni vaqtda tashkilot terma jamoalar uchun tarixda birinchi bor markaz qurish niyatida, yani, moddiy-texnik baza haqida o'ylayapti. Pullar havoga emas, bolalar futboliga yo'naltirilsa, Limon arenada shunchaki yaxshi futbol uchun pisabillo pul berayotgan odamlarning o'zi viloyatda yaxshi bir katta jamoaga asos solish uchun birlashadi. Ular pulni cho'ntagidan chiqaradi, futbolni yaxshi ko'rgani uchun. Qaysiki mamlakatda sportning biror turi rivojlanishi uchun, shu mamlakatda sportning shu turi ommalashgan, uni ko'cha holatida o'ynash uchun sharoitlar bo'lishi shart.

Yuqoridagilarni to'g'ri hazm qiladigan andijonlik do'stlarimizga sog'liq tilayman. Ular kabi insonlar yaxshi futbol klubi uchun munosibdirlar", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 


Reyting: +83   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика