Diskvalifikaciyadan qaytgan Mbappe "Oltin butsa" uchun kurashda Messiga yanada yaqinlashdi
19 may 2019 02:00
Yangiliklar


Diskvalifikaciyadan qaytgan Mbappe "Oltin butsa" uchun kurashda Messiga yanada yaqinlashdi
Franciya chempioantining 37-turida PSJ o'z maydonida Dijon bilan to'nash keldi va yirik hisobda g'alabaga erishdi.
Mazkur bahsda uch o'yinlik diskvalifikaciyadan qaytgan parijliklar forvardi Kilian Mbappe o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi. Ushbu aniq zarbalardan keyin Mbappening Liga 1'dagi gollari soni 32taga etdi va «Oltin butsa» uchun Messi bilan kurashishda davom etadi. Eslatib o'tamiz, «Barselona» sardori hisobida 34ta gol mavjud.
Qayd etish joizki, ikkala futbolchida ham bittadan zaxira o'yini qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar