So’nggi yangiliklar

17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  2 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  2 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  8 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  14 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  4 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1 14:18Англия терма жамоаси собиқ сардори маст ҳолда машина ҳайдаганликда айбланиб ҳибсга олинди  0 13:50Абрахам "Рома"дан "Бешиктош"га ўтади  1 13:25Факт: "Бунёдкор" 4 йилдан сўнг Тошкентда "Сўғдиёна"ни ютди   2 12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  2 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  3 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  7

Diqqat! Futbol bozoriga navbatdagi "bomba" tashlanadi Yangiliklar

Diqqat! Futbol bozoriga navbatdagi "bomba" tashlanadi

Odatda yilning ayni mahalida jahon futbolida katta transfer bitimlari imzolangan yoki imzolanishi qizg'in muhokama qilinayotgan, murabbiylar o'z jamoalarining keyingi mavsumda qanday ko'rinish kasb etishi ustida jiddiy bosh qotirayotgan bo'lishardi.

Futbol olamidagi aksar "bomba" transferlar ham aynan yozda amalga oshirilishi odat tusini olgan. Yillar davomida "CHelsi", "Real", MYU yoki PSJ singari klublarning katta xaridlari transfer bozorini to's-to's qilgani, futbolning kelajagini nechog'lik o'zgartirib yuborganidan xabaringiz bor.

2020 yil esa kutilmagan syurprizlari bilan boshlandi. Hozir bozorda faollik ko'rsatayotgan klublar deyarli yo'q. Ammo transfer taqiqidan endigina qutilgan "CHelsi" rahbariyati o'z otlarini qamchilash bilan ovvora. Etarli sovchilari bor Hakim Zieshning allaqachon "CHelsi" futbolchisiga aylanishi (40 mln evro), "Liverpul"ga o'tishi taxmin qilingan Vernerning (53 mln evro) "Enfild"ni emas, "Stemford Bridj"ni tanlashi so'zimizning isboti bo'lsa kerak. Insayderlar fikricha, bu hali hammasi emas. "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham keyingi mavsumni ko'k libosda boshlashi mumkin ekan. Kimlar ushbu xabarlarga "bo'lishi mumkin" deya munosabat bildirsa, kimlar miyg'ida kulib qo'yish bilan kifoyalanyapti. Hozir shu xususdagi mushohadalarimiz bilan o'rtoqlashmoqchimiz.

Bizningcha, CR7 keyingi yilni "Yuve"da o'tkazishidan ko'ra, jamoani tark etish ehtimoli yuqoriroq.

Ronaldu 2018 yilning yozida "keksa sinora" libosini kiydi. Bu "Yuve" uchun ham, A Seriya uchun ham marketing tomonlama oldinga tashlangan katta qadam edi. Ammo "Yuventus"ning o'yini Krishtuanu bilan keskin kuchayib ketdi, deyish noo'rin. Faktlarga etibor qaratsak, buning aksiga guvoh bo'lamiz. Demak, forvard "Yuventus"dagi ilk mavsumida A Seriyada 21ta gol bilan jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi (taqqoslash uchun, oldingi mavsum Paulo Dibala 22ta gol urgandi), musobaqa bombarlirlari ro'yxatida esa "Sampdoriya" hujumchisi (36 yoshli!) Fabio Kvalyarella hamda "Atalanta" vakili Duvan Sapatadan keyingi o'rinni egalladi. Portugaliyalik futbolchi "Yuve" hujumini keskin kuchaytirib yuborishi kutilgandi, ammo aksincha "zebralar"ning gollari soni kamayib ketdi (A Seriyaning 2017-18 yilgi mavsumida "Yuve" 86ta gol urgan bo'lsa, o'tgan yilda bu ko'rsatkich 70ga tushib qoldi). Hozir ham ishlar ko'ngildagidek emas. Italiya kubogi "Napoli"ga boy berildi, chempionlik kurashida "Lacio" yoki "Inter"ga engilish ehtimoli yo'q emas. ECHL nimchorak finalining "Lion" bilan dastlabki bahsida klub ancha qiynaldi. Endi Ronaldu va Immobilening joriy mavsumdagi statistikasini solishtiramiz.

Har o'yinda o'rtacha 6tadan zarba beradigan Ronalduning hisobida 21 gol bor (mavsum davomida 132ta zarba).

Har o'yinda o'rtacha hisobda 4tadan zarba beradigan CHiro Immobileda 27 gol bor (mavsum davomida 96 zarba).

Ronaldu 2 jihat bo'yicha "Yuve"ga xalal beryapti. 

Birinchidan, Sarri qurmoqchi bo'lgan jamoaviy o'yinini Krishtuanu bor ekan, yo'lga qo'yolmaydi. Bunday o'yin uslubida maydondagi futbolchilarning barchasi teng huquqli bo'lmas ekan, mukammal jamoaviy o'yin shakllanishi qiyin. Ronaldu to'p tepadigan klublar o'ynayotganda esa maydonda har doim CR7 va boshqalar bo'ladi. Ikkinchidan, potenciali yuqori bo'lgan Paulo Dibalaning soyada qolib ketishi.

"Yuve" Ronalduni sotishi uchun yana bir asos: Futbolchi allaqachon 35 yoshni qoraladi. Uning kelasi mavsumlarda faoliyatini yakunlamasligiga kafolat yo'q. Turinliklar Ronalduni hozir sotish orqali mo'maygina daromad ham topishi mumkin.

Uning keyingi manzili qaer bo'ladi?

"Real"?!

Futbolchining Madridga qaytishi haqida ham mish-mishlar yangrab turadi. Ammo bu variant amalga oshmaydi. "Qirollik klubi"ni ne mashaqqatlar bilan yangilayotgan, yoshartirayotgan Zidanga Ronaldudan ko'ra Vinisius yoki Rodrigo qadrliroq. Futboldan kerak paytda keta olgan franciyalik mutaxassis Ronalduga ham shuni tavsiya qilib, oq fotiha berishdan nariga o'tmasa kerak.

MYU?!

Bu variant ham amalga oshishi mumkin. Ehtimol, Pogba - Ronaldu "rokirovka"siga guvoh bo'larmiz. Ammo so'nggi paytlarda "qizil iblislar" tomonidan hujumchiga nisbatan jiddiy qiziqish borligi haqida gapirilmayapti.

"CHelsi"!

Bu haqiqatga juda yaqin variant. Joriy mavsum davomida "CHelsi" yoshartirildi. Endi jamoaga katta futbolchilarni olib kelib, balansni shakllantirish ishlari olib borilmoqda. Xabaringiz bor, Roman Abramovich 2003 yildan buyon "CHelsi"ni grandlashtirish va katta jamoalar safida ushlab turish uchun hech narsani ayamadi. Uning transfer bozoridagi navbatdagi yurishi aynan Ronaldu bo'lishi taxmin qilinyapti. Albatta, bu rossiyalik milliarderning qo'lidan kelishiga shubha yo'q. SHunday ekan, kelasi mavsumda Ronaldu farzandlari bilan o'ynaydigan libosining rangi "oq-qorami yoki qora-oq"ligini muhokama qilmaslik uchun London klubining ko'm-ko'k futbolkalarida maydonga tusha boshlasa, ajablanmang.

Ronaldu qanchaga baholanyapti?

Portugaliyalik futbolchining Turinni tark etishi voqelik jihatidan "bomba" bo'lishi mumkin, lekin katta mablag' sarflanishi tufayli emas. "Transfermarkt" portalida Krishtianu 60 mln evroga baholanmoqda. Uning ehtimoliy narxi bundan ham past bo'lishi mumkin. CHunki u 35 yoshda. Yana bir yoki ikki yil yuqori darajada o'ynashi mumkin, xolos. Bunday futbolchiga 100lab millionlarni sarflash uchun kishi aqlan zaif bo'lishi kerak. Sababi shundaki, bu summaga 10 yil yuqori darajani saqlab tura oladigan 23 yoshli yulduzlardan birini xarid qilsa bo'ladi.

Xullas, o'zi buni tan olgisi kelmayotgan bo'lsa ham, futbol tarixidagi eng yorqin yulduzlardan yana biri kun sayin so'nib bormoqda. Imkon bor ekan, uning maydondagi harakatlaridan maksimal darajada zavq olishni unutmang. Zero, Ronaldu ham tez orada tarixga aylanadi...

Muallif :
Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика