"Dinamo"ning nazorat o'yinlardagi raqiblari ma'lum

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2017, 11:19
"Dinamo" bugun ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlaydi.

Davralar oralig'ida Oliy Liga va iyul oyi yakunida o'tkaziladigan O'zbekiston Kubogi yarim final uchrashuviga tayyorgarlik ko'radigan Dinamo jamoasi besh kunlik dam olishdan keyin 10 iyul kuni Samarqandda to'planib, bugun 11 iyuldan Toshkent viloyatining Chimyon tog' yonbag'irida o'quv mashg'ulot yig'inlarini boshlaydi.

Tog'li hududda o'tadigan 9 kunlik mashg'ulotlar davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga jiddiy e'tibor qaratishadi.

20 iyul kunidan esa Dinamo Toshkentda yig'in boshlaydi. 10 kun davom etadigan yig'in doirasida to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkazilishi belgilangan.

Jumladan, Navbahor, Lokomotiv-BFK, Qizilqum va NBU-Osiyo jamoalariga qarshi o'yinlar o'tkaziladi.

Dinamo. Toshkent. 20 iyun - 1 iyul.

Nazorat uchrashuvlari:

20 iyul: Dinamo – Navbahor

21 iyul: Dinamo – Lokomotiv-BFK

22 iyul: Dinamo – Qizilqum

25 iyul: Dinamo – NBU-Osiyo.

Eslatib o'tamiz, Dinamo O'zbekiston Kubogi yarim finali doirasidagi dastlabki uchrashuvni 31 iyul kuni Bunyodkor yoki Neftchi jamoasiga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz