"Dinamo"ning BAA yig'inidagi raqiblari malum
11 fev 15:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814389_original.jpg)
![](/upload/storage/814389_220.jpg)
"Dinamo"ning BAA yig'inidagi raqiblari malum
"Dinamo" jamoasi Superliga-2025 mavsumiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazadi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.
Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa 12 fevralda Toshkentdan Dubay shahriga jo'nab ketib, 12 kun davomida 4ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Jumladan, Samarqand klubi 15 fevral kuni RPL etakchilaridan biri "Lokomotiv" (Moskva), 17 fevral kuni Tojikistonning amaldagi chempioni "Istiqlol", 20 fevralda Qozog'istonning ko'p karra chempioni, o'tgan mavsum Konferenciyalar ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Astana" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. 22 fevral sanasida 4-o'rtoqlik o'yinida yana "Lokomotiv" bilan uchrashuv o'tkaziladi.
"Dinamo" delegaciyasi 24 fevral kuni O'zbekistonga qaytadi.
BAAdagi o'rtoqlik o'yinlari taqvimi:
15 fevral. "Dinamo" - "Lokomotiv" (Rossiya)
17 fevral. "Dinamo" - "Istiqlol" (Tojikiston)
20 fevral. "Dinamo" - "Astana" (Qozog'iston)
22 fevral. "Dinamo" - "Lokomotiv" (Rossiya)
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar