So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

"Dinamo" xatto o'rtoqlik uchrashuvlarida ham yutqazmayapti: "Dinamo" - "Nasaf" 2:2 Yangiliklar

"Dinamo" xatto o'rtoqlik uchrashuvlarida ham yutqazmayapti: "Dinamo" - "Nasaf" 2:2

Teglar :  NasafDinamo
Milliy terma jamoamiz o'yini bois, oliy ligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida, jamoamiz bugun “Dinamo” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuv Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo'lib o'tdi.

O'rtoqlik uchrashuvining dastlabki, 2-daqiqasidayoq “Nasaf” hisobda oldinga o'tib oldi. Maydon markazidan boshlangan hujumda, futbolchilarimiz chap qanotda harakatlanayotgan Islom Kenjaboevni to'p bilan taminlashdi. Kenjaboev esa to'pni jarima maydonidagi Bobir Abduxoliqovga uzatdi. Bobir Abduxoliqov bu vaziyatda darvozani aniq nishonga oldi – 0:1.

Bu goldan so'ng samarqandlik futbolchilar hujumga zo'r berishdi. Ana shunday hujumlarning birida, 21-daqiqada himoyachimiz M.Karimov jarima maydonida “Dinamo” jamoasi o'yinchisini to'xtatib qoldi. Bu vaziyatda uchrashuv hakami ikkilanmasdan 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Penaltini Sardor Sulaymanov aniq amalga oshirdi va oradagi hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Birinchi bo'limda boshqa gollar kiritilmadi.

Ikkinchi bo'limning 72-daqiqasiga kelib, maydon egalari hisobda oldinga o'tib olishdi. “Dinamo” jamoasining ikkinchi golini Amirjon Safarov kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda murabbiylarimiz tarkibda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirishdi. Bu albatta o'z samarasini berdi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan tajribali hujumchimiz SHaxboz Erkinov 76-daqiqada hisobdagi muvozanatni tenglashtirdi. Bu vaziyatda SHarof Muhitdinovning burchakdan oshirib bergan to'pini Erkinov boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi – 2:2.

SHunday qilib, qiziqarli o'tgan “Dinamo” – “Nasaf” o'rtoqlik uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi. Bugun har ikkala jamoa futbol ishqibozlari uchun chiroyli o'yin tuhfa etishdi. "Dinamo" stadioni muxlislar bilan deyarli to'ldi.

Avval xabar berganimizdek, bugungi uchrashuvga Qarshi shahridan ham ko'plab faol ishqibozlar tashrif buyurishdi.



O'rtoqlik uchrashuvi. 19.03.2017
“Dinamo” (Samarqand) – “Nasaf” (Qarshi) 2:2 (1:1)
Samarqand sh., “Dinamo” stadioni. 16:00
Bosh hakam
: Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Obid Jumaboev, Ruslan Samandarov (ikkalasi ham Navoiydan)
Zaxira hakami: Amal Sultanov (Navoiy)
 
Gollar: Sardor Sulymanov (penaltidan), 21’-1:1, Amirjon Safarov, 72’-2:1 - Bobir Abduxoliqov, 2’-0:1, SHaxboz Erkinov, 76’-2:2.

“Dinamo”: 1.Mixail Naumov, 2. Mirkomil Lokaev, 3.Bunyod Isroilov (13. Asomiddin Mamatov 78), 8. Jasur Azimov, 10. Javohir Qahramonov (24. Timur Fayzullaev 75), 9. Sardor Sulaymonov 20. Amirjon Safarov 60), 14. Radu Rogak, 15. SHoxruxbek Holmatov, 18. Damir Nizanov (11. Abdumalik Abdullaev 52), 22. Abdudjamol Isroilov (7. Omadjon Tayloqov 75), 23. Komil SHarofutdinov (21. Iskandar Xolmirzoev 54).
Zaxira: 16. Rustam Toshturdiev, 2. Mirkomil Lokaev, 4. Hakimxon Alamxonov,  24. Timur Fayzullaev.

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov (1.Umid Ergashev 67), 2.Akmal SHorahmedov (6.Aziz G'aniev 60), 4.Maqsud Karimov (31.Saydullo Rahmatov 82), 10.Dilshod Rahmatullaev (5.G'olib G'aybullaev 77), 14.SHarof Muhitdinov (8.Sirojiddin Qo'ziev 82), 18.Bahrom Abdurahimov (38.Doniyor Narzullaev 60), 20.Islom Kenjaboev (15.SHaxboz Erkinov 60), 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 15.Bobir Abduxoliqov (9.Dilshod Xushbakov 60), 69.Dragan CHeran.

"Nasaf" endi rasmiy uchrashuvni 24 mart kuni Toshkentda "Lokomotiv BFK"ga qarshi o'tkazadi. Bu uchrashuv, jamoaning bu yilgi O'zbekiston kubogi bahslaridagi dastlabki uchrashuvi bo'ladi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика