Dinamo (U-17) Yaponiya klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi
03 apr 2019 14:56
Yangiliklar


Dinamo (U-17) Yaponiya klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi
Kutilganidek o'yin yuqori darajada tashkil etildi. O'yindan oldin minglab muxlislar qarshisida Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov va «Dinamo» klubi rahbarlari Yaponiyadan kelgan delegaciya rahbarlariga hurmat ko'rsatib, milliy liboslarimizni sovg'a qilishdi.
O'yin shiddatli boshlanib, «Dinamo» akademiyasi tarbiyalanuvchilari dastlabki taymdayoq hisobni 2:0 ga etkazdi.
Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar hujumkor to'p surib, dastlab muvozanatni tiklashdi. Keyin esa qarshi hujumlarda g'alabani ilib ketishdi, 2:4.
Do'stona tarzda kechgan o'yindan keyin Yaponiya klubi azolari mezbonlik uchun minnatdorchilik bildirib, yaponcha tazim bilan hurmat ko'rsatishdi.
3 aprel (chorshanba)
O'rtoqlik uchrashuvi.
«Dinamo» (U-17) - "Vanfore Kofu" (Yaponiya) - 2:4
Gollar: Diyor Bozorov 14, Avazbek Otaxonov 42 - Yoshida 66, Xono 68, Nakamura 78, 87.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar