So’nggi yangiliklar

15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  0 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  2 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  5 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4

"Dinamo" Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Dinamo" Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub etdi

Teglar :  Dinamo Bunyodkor
Yangi mavsumda o'z oldiga Superligaga chiqishni maqsad qilgan “Dinamo” jamoasi Toshkentda boshlagan 4-yig'ini doirasida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.

“Bunyodkor” futbol akademiyasi o'yingohida kechgan uchrashuvda “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev singari, “Bunyodkor” bosh murabbiyi Vadim Abramov ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. Uchrashuvni hujumkor boshlagan mezbonlar 8-daqiqada Vladislav Nurievning goli evaziga hisobni ochishdi, 1:0.

Bu goldan keyin hujumkorlikni oshirgan samarqandliklar 15-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishdi. “Buxoro” jamoasidan “Dinamo”ga kelib qo'shilgan Nozim Umurov o'z goli bilan muvozanatni tikladi, 1:1.

Ikkinchi bo'lim ham tengkurashlar ostida o'tgan bo'lsa-da, Davron Fayziev tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan futbolchilar “Dinamo”ning o'yindagi g'alabasini taminlashdi. 72-daqiqada tajribali yarimhimoyachi Dilmurod Karimovning yo'llagan zarbasi hisobni 1:2 ko'rinishga olib keldi.

Ushbu hisob o'yin yakunigacha o'zgarmadi va “Dinamo” yangi mavsum doirasidagi 4-yig'in g'alaba bilan boshlandi.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 10 fevral kuni Qozog'istonning “Qiron” klubiga qarshi o'tkazadi.

8 fevral (juma)

Nazorat uchrashuvi. Toshkent

«BUNYODKOR» - «DINAMO» - 1:2 (1:1)

Gollar
: Vladislav Nuriev 8 - Nozim Umurov 15, Dilmurod Karimov 72.

«Bunyodkor»: Murod Zuhurov, Ergash Ismoilov, Anvar G'ofurov, Nodir Mavlonov, Dilshod Ahmadaliev, Suhrob Izzatov, Luftulla To'raev, Sanjar Rixsiboev, Jasur Jaloliddinov, SHavkat Salomov, Vladislav Nuriev.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Abdumavlon Abdujalilov, Bahriddin Muydinov, Bobur Farhodov, Sahob Jo'raev, Sardor Azimov, I.Sultonov, Doniyor Abdumannonov.

«Dinamo»: SHohruh Eshbo'taev, Akmal Xolmurodov, Hakimxon Alamxonov, Otabek Narzullaev, Avaz Agaliev, Damir Temirov, Nozim Umurov, Sardor Eminov, Komil SHarofutdinov, Amirjon Safarov, Vohid SHodiev.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: SHohruh Raimov, Jasur Urinov, Mirkomil Lokaev, SHerzod Jalilov, Obid Hakimov, Dilmurod Karimov, Qadamboy Nurmetov, Sanjar Barotov, Temur SHaripov, Sunnatilla Abdullajonov, Jasur Ashurov.




Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика